«tasdiqlayman»



Yüklə 55,12 Kb.
səhifə1/3
tarix08.09.2018
ölçüsü55,12 Kb.
#67296
  1   2   3


OLIY VA O’RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASh VAZIRLIGI

TOShKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI

1-IJTIMOIY FANLAR KAFEDRASI


«TASDIQLAYMAN»

o’quv ishlari buyicha prorektor,

professor O.R.Teshaev

"______"_____________2012 yil

O’ZBEKISTONDA DEMOKRATIK JAMIYaT QURISh NAZARIYaSI VA AMALIYoTI FANIDAN

IShChI O’QUV DASTURI

Bilimlar sohasi- 510000 «Sog’liqni saqlash»

Bilim yo’nalishi:

5510100 – Davolash ishi

5510300 – Tibbiy profilaktika ishi

5510700 – Oliy ma'lumotli hamshira ishi

Umimiy o’quv soati –116soat

Shu jumladan:

Ma'ruza – 28 soat

Seminar –36 soat

Mustaqil ta'lim –52soat

Toshkent – 2012y.


Tuzuvchi:

o’qituvchi Razzoqov Alisher Axmatovich ____________

(imzo)


Taqrizchilar:

F.f.d.prof. Norqulov Do’stmurod Toshpulatovich ____________

(imzo)
Kat.o’qit.,f.f.n. Mahmudov Yuldash Atamuratovich ____________

(imzo)


Fanning ishchio’quv dasturi namunaviy dastur va o’quv rejasi asosida tuzildi, TTA OMX fakulteti ___________ilmiy kengashida muhokama qilindi va tasdiqlandi, Bayonnoma №_____ «____»______________2012 y.

Fakultet ilmiy kengash raisi _____________ ________________

Imzo F.I.Sh.

«_____»_____________2012y.


TTA ijtimoiy –gumanitar fanlar bo’yicha

tsiklopredmet sektsiyasi raisi dots. Abdullaeva R.M.


Kirish


O’ZBEKISTONda demokratik jamiyat nazariyasi va amaliyoti, Politologiya fanlarining asosiy maqsadi O’ZBEKISTONda ijtimoiy hayotning har tomonlama taraqqiyotini taminlaydigan (demokratik jamiyat qurishning nazariy asoslari hamda ularni hayotga tadbiq etish yo’llarini ilmiy asosda tushuntirish, fuqarolar ongiga, qalbiga singdirib, ularning yaratuvchilik faoliyatlarini mamlakatimiz ravnaqi uchun safarbar etishdir.

Fan bo’yicha talabalar bilimiga, malaka ko’nikmasiga quyiladigantalablar.

Talabalar mazkur fanni o’qish jarayonida uning mazmunini mukammal o’zlashtirib olishda eng avval O’ZBEKISTON Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari, ma'ruza va nutqlari asoslab berilgan g’oyalarni o’rganishlari zarur. Negaki, yangi jamiyatning ilmiy asoslari, amaliy yo’llari ularda real voqelikni umumlashtirgan holda ko’rsatib berilgan.

Shu bilan birga O’ZBEKISTON Respublikasi Konstitutsiyasi, Oliy Majlisimiz qabul qilgan qonun va qarorlar, Vazirlar Mahkamasining qarorlari fanni o’rganishda muhim manbalardir. Talabalar ularni atroflicha o’zlashtirishlari lozim bo’ladi.

Shuningdek, O’ZBEKISTONda kechayotgan jarayonlar bilan tanishish, qo’shimcha, yangi adabiyotlar va Ommaviy axborot vositalari axborotlarini o’rganib borish, ular asosida referat yozishlari lozim. Talabalarning mustaqil ishini baholash ko’nikmalarini mustahkamlaydi.

Mazkur fan boshqa ijtimoiy fanlarga tayansa-da, ulardan farqli ravishda O’ZBEKISTONni yagona, ko’p qirrali sifatida olib, uni chuqur va har tomonlama tahlil qilib, umumiy, o’ziga xos qonuniyat va tendentsiyalarini o’rganadi va boshqa ijtimoiy - gumanitar fanlarga ijodiy ta'sir ko’rsatdi.


1. Fanning maqsadi va vazifalari
Fanning asosiy maqsadi, respublikamizda amalga oshirilayotgan barcha sohadagi o’zgarishlarning nazariyalari va amaliy usullarini tushunib etish, ularni chuqur o’zlashtirish, taxmin qilish va ilmiy xulosalar chiqarish layoqatini tarbiyalab bo’lg’usi mutaxassislarning fidoyi vatanparvar, ijtimoiy faol, butun kuchlarini vatanimiz ravnaqiga safarbar etadigan fuqarolar qilib shakllantirishdir.

Bu maqsadni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun kursni o’rganishda asosiy manbalar bo’lgan O’ZBEKISTON Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlari, farmonlari, O’ZBEKISTON Respublikasi Oliy Majlisi qaror va qonunlari, xukumat qarorlari o’rganiladi. Tarixiy, iqtisodiy, siyosiy fakt va materiallarga asoslanib, O’ZBEKISTONda kechayotgan jarayonlar va yosh avlod oldida turgan muqaddas vazifalarning mohiyati chuqur tushunib olinadi.


1.1. Bilim, ko’nikma vamalakaga qo’yiladigan talablar

O’ZBEKISTONda demokratik jamiyat nazariyasi va amaliyoti, Politologiyafanibo’yicha talaba qo’yilgan maqsad va vazifalarga muvofiq bilishi lozim:

- Demokratik jamiyat to’g’risidagi dastlabki qarashlarni,

- Demokratiya so’zining asl ma'nosini,

- o’rta Osiyolik allomalarning jamiyat haqidagi qarashlarini,

- “o’zbek modeli” ning mazmun-mohiyatini,

- o’tish davri va uning jamiyat ijtimoiy – siyosiy hayotidagi o’rnini

- siyosiy institutlarning jamiyat hayotiga ta'sirini

- ayniqsa, I.A.Karimov asarlarini, ma'ruza, nutq, suxbatlarini o’rganish talabaning mazkur kurs bo’yicha nazariy saviyasini belgilaydi, chunki ularda isloxotlarning moxiyati va istikboli ichki va tashqi siyosatlarning maqsad va yo’nalishlari ko’rsatib berilgan, milliy qadriyatlarni tiklash va rivojlantirish, jarayoni tsivilizatsiyasini o’rganish muammolari tahlil qilinadi.

- davlatimiz qabul qilgan muhim hujjatlar ko’rsatmasining mazmunini chuqur tushunishda katta ahamiyatga ega.


Talaba ko’nikmaga ega bo’lishi kerak:
-talaba O’ZBEKISTONda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, Politologiya fanini mustaqil ijtimoiy fan sifatidashakllanishining tarixiy-siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy-falsafiyasoslarini;

- O’ZBEKISTONda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti, Politologiya fani ob'ekti va predmeti, uning strukturasi vafanlar tizimidagi o’rnini;

-Sharq va g’arb mutafakkirlarining demokratik jamiyat haqidagi ta'limotlari mazmunini; ijtimoiy taraqqiyot va uning asosiy shakllarini;

- O’ZBEKISTONda “o’tish davri” ning qanday kechganligini, evolyutsion o’tish yo’li tanlanganligining ahamiyatini:

- “o’zbek modeli” milliy modellar qatoriga kirib, jamiyat ijtimoiy – siyosiy hayotida qanday o’ziga xos o’ringa ega bo’lib borganligi falsafiy asoslari:

- demokratik mezonlar ma'lum birqonuniyatlar asosida kechishini;

-jamiyatda sodir bo’layotgan ijtimoiy-siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy jarayonlarning o’zaro bog’liqlikda ekanligini yaxlit idrok etishni;

-jamiyatijtimoiy-iqtisodiy rivojining asosiy omillarini tasniflay olish.


Talabamalakaga ega bo’lishi kerak:
-talaba zamonaviy jamiyatda ro’y berayotgan ijtimoiy-siyosiy, mma'naviy-ma'rifiy jarayonlarni to’g’ri tavsiflay olishi;

-jamiyat ijtimoiy-falsafiy, ma'naviy-ma'rifiy hayotida kechayotgan hodisalarni xolis qiyosiy taqqoslay olish;

-zamonaviy jamiyatdagi mavjud ijtimoiy muammolardan ustuvorlarini aniqlash va ularni ob'ektiv tahlil qila olishi;

-muayyan hodisa va voqealarga kishilarning shaxsiy munosabatlarini o’rganishga qaratilgan tadqiqotlarda ishtirok etishi;

-ijtimoiy-siyosiy va ma'naviy sohalarda o’tkazilgan barcha amaliy jarayonlardan foydalana olish.
Talaba amalga oshirishi shart:
- Talabalar muntazam ravishda ma'ruza matnlarini yozib borishi

- seminarlarga puxta tayyorgarlik ko’rishi

- Xar bir talaba bitta o’zi tanlagan mavzuda referat yozish va yodlashi

- OAV materiallari bilan chuqur tanishishni taqozo etadi.


2. o’quv yuklamasi

Umumiy o’quv soati

Auditoriya mashg’ulotlari turlari bo’yicha o’quv yuklamasining taqsimoti

(soatda)



Mustaqil ta'lim

Jami Ma'ruzalar Seminarlar


3. Ma'ruzalar
3.1. Ma'ruza mashg’ulotlarining mavzulari

Mavzular Soatlar hajmi

1. O’ZBEKISTONdademokratikjamiyatqurish

nazariyasivaamaliyoti fanipredmeti,

maqsadi va vazifalari 2

2. Demokratik jamiyat haqidagi qarashlar

va ularning bosqichlari 2

3. O’ZBEKISTONda demokratik jamiyat barpo etishdao’tish davrining zarurligi va uning xususiyatlari 2

4. Mustaqillik va demokratik jamiyatqurishning o’zbek modeli 2

5. Milliy-ma'naviy negizlarga tayanish

demokratik jamiyat qurishning muhimsharti 2

6. Fuqaro erkinligi va faolligini ta'minlash-demokratik jamiyat qurish omili 2

7. Jamiyat iqtisodiy hayotini erkinlash-

tirish va demokratlashtirish 2

8. Oila-demokratik jamiyat qurishning

asosiy bo’g’ini 2

9. Demokratik jamiyat barpo etishda mahalla,nodavlat va jamoat tashkilotlariningo’rni 2

10. O’ZBEKISTONning jahon hamjamiyati bilanhamkorligida demokratik tamoyillargaasoslanishi 2

Politologiya

11. Politologiya fanining predmeti 2

12. Siyosiy qarashlar va ta'limotlarning vujudga kelishi va rivojlanishi 2

13. Siyosiy institutlar va siyosiy jarayonlar 2

14. Siyosiy ong va madaniyat 2

Ja'mi:28


3.2. Ma'ruza matnining mazmuni


1 - Mavzu:O’ZBEKISTONda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyotifanining predmeti, maqsad va vazifalari

“O’ZBEKISTONda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti" fanining predmeti. O’ZBEKISTONda demokratik, faollik jamiyatining shakllanishi, bunyod etilishi va amal qilish qonuniyatlari. Uslublari. Ob'ekti. O’ZBEKISTONda jamiyat xayoti soxasinio’rganish, tajriba, qiyosiy, emperik - sotsiologik taxlil.

O’ZBEKISTONda demokratik jamiyat qurish fanining maqsadi va vazifalari. Bilish, nazariy umumlashtirish, dunyoqarash, tarbiya aksiologik, yo’naltirish v.b. Fuqarolarning erkinligi, xuquqlarining tan olinishi va ximoya qilinishi. Burchlariga rioya etilishi va bajarilishi. "Fuqaro - jamiyat-davlat" o’rtasidagi o’zaro munosabat.

Fanning asoiy tushunchalari va uning qonuniyatlari. Ijtimoiy - gumanitar fanlarga tegishli bo’lgan umumiy tushunchalar. O’ZBEKISTONda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining siyosiy - xuqukiy fanlar bilan bevosita tenglik tushunchalari.


Ularni xisobga olish va farqlashning zarurligi. O’ZBEKISTONda demokratik jamiyat qurishning asosiy tushunchalari. "O’ZBEKISTONning o’ziga xos va moyoriy taraqqiyot yuli", "demokratiya", "dunyoviy davlat", "demokratik jamiyat", "demokratik ong", "demokratik tafakkur", "demokratik jamiyatning milliy - ma'naviy negizlari", "milliy davlatchilik" "demokratik jamiyatgao’tish davri" va "o’zbek modeli", "demokratik jamiyatning umumbashariy qadriyatlari va tamoyillari", "O’ZBEKISTONda fuqarolik jamiyati qurilishining ustuvor yo’nalishlari".

O’ZBEKISTONda demokratik jamiyat qurishning umumjaxon e'tirof etgan qonuniyatlari va uning o’ziga xos taraqqiyot yo’lining mavjudligi. Uning amaliy jixatlari. Mamlakatimizdademokratik jamiyatni barpo etishda siyosiy institutlar, nazariyalar xilma - xilligiga asoslanishi. O’ZBEKISTONda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanini o’rganishning axamiyati.

Adabiyotlar

Asosiy - 1,3,5,9,14

qo’shimcha – 4,9,11,18,20
2 - Mavzu: Demokratik jamiyathaqidagiqarashlar va ularning bosqichlari

O’ZBEKISTON zaminida adolatli jamiyat to’g’risidagi dastlabki qarashlar. Uning manbalari va rivojlanishi. “Avesto”da xalqchil, insoniy va adolatli jamiyatda yashashga doir qadriyatlar

O’ZBEKISTON xududida dunyoga kelgan ilkdavlatchilikda boshqaruv negizlari. IX-XIIasrlarda o’rta Osiyo mutafakkirlarining qarashlarida davlatni boshqarish va adolatli jamiyat qurishga doir g’oyalar. Amir Temurning davlat va jamiyat ishlarini tahlil etish tuzuklari. Uning adolatli saltanat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligiga doir qarashlari. M.Ulug’bek, Z.M.Bobur, A.Navoiy,V.Koshifiy, J.Davoniy va boshqalarning adolatli davlat, odil jamiyat inson erkinligi, ezgulik, ma'rifat to’g’risidagi g’oyalari.

XV - XIX asrlarda davlat va jamiyat qurilishining ijtimoiy - siyosiy xolati. Milliy davlatchilik negizlaridan maxrum bo’lish sabablari. Uni tiklashga bo’lgan urinishlar. Jadidlarning milliy davlatchilik va adolatli jamiyat qurilishiga doir ma'rifatpavarlik g’oyalari.

O’ZBEKISTONda davlat va jamiyat qurishning "sovet"cha ko’rinishi. Yagona partiya xukumronligi. Markazlashgan ma'muriy boshqaruv. Demokratiyani sinfiy tushunish. Totalitarizm va uning oqibatlari. Uning demokratik jamiyatga zidligi.

Milliy mustaqillik va demokratik o’zgarishlar sari yo’l tutilishi.

I.A.Karimov - yangi, mustaqil O’ZBEKISTONning birinchi Prezidenti. Uning asarlarida O’ZBEKISTONda demokratik jamiyat qurishning metodologik asoslari ishlab chiqilishining axamiyati.

Adabiyotlar

Asosiy – 3,8,12,16,20

qo’shimcha –1,2,3,4,5,6,


3 - mavzu: O’ZBEKISTONda demokratik jamiyatni barpo etishda "o’tish davri"ning zarurligi vauning xususiyatlari

o’tish davri tushunchasi. Uning mustaqillikni qo’lga kiritgan barcha mamlakatlar uchun zarurligi va mohiyati xamda umumiy qonuniyatlari. Uning xar bir davlat uchun xos bo’lgan xususiyatlarining mavjudligi. o’tish davrining: "klassik", "inqilobiy", "evolyutsion" yo’llari. Demokratik jamiyat qurishda o’tish davrini "an'anaviy" va "inqilobiy" tushunishning bir tomonlama talqin etilishi va uning cheklanganligi. O’ZBEKISTONda «o’tish davriga»ga yondashishning o’ziga xos jixatlari. Evolyutsion, tadrijiy rivojlanish yo’lining moxiyati. Unda xar bip mamlakat va xalqlarning o’ziga xos mentaliteti, turmush tarzini xisobga olish zarurligi. Demokratik jamiyat qurish vazifalarinish bosqicha - bosqich amalga oshirilishi.

I.A.Karimov tomonidan O’ZBEKISTONning - "evolyutsion tadrijiylik" asosida demokratik jamiyatga o’tishga doir nazariy metodologiyasining ishlab chiqilishi. O’ZBEKISTONning totalitar mustamlaka mamlakatdan demokratik jamiyatga o’tishda o’zbek xalqining o’ziga xos xususiyatlari, urf - odat, an'ana va qadriyatlari. Demografik jarayonlar, milliy tarkibi, geostrategik xususiyatlariga asoslanishi va hisobga olish zarurligi.

O’ZBEKISTONda "evolyutsion - tadrijiy pivojlanish"ning real xayotga tatbiqqilinishi. Bugungi kunda "evolyutsion tadrijiy" yo’l bilan o’tish afzalliklarining jamiyatimiz xayotida ko’rinishlari. "o’tish davri"ning muammolarini xal etishning o’ziga xos yo’llari.

Adabiyotlar

Asosiy – 1,9,13,17,19,21

qo’shimcha – 8,9,10,14,23
4-mavzu: Mustaqillik va demokratik jamiyat qurishning "o’zbek modeli"
Demokratik jamiyat qurilishining turlixil milliy modellarining mavjudligi. O’ZBEKISTONda demokratik jamiyatqurilishining o’ziga xos xususiyatlari va "o’zbek modeli". Uning moxiyatan mushtarakligi. I.A.Karimov tomonidan "o’zbek modeli"da demokratik jamiyat qurishga doir tamoyillar: Iqtisodning siyosatdan ustuvorligi. Davlat bosh isloxotchi. qonun ustuvorligi. Kuchli ijtimoiy ximoya va bosqichma - bosqich rivojlanish.

“Dunyoviy davlat” va “milliy davlatchilik” tushunchalari.

"o’zbek modeli"ning jamiyat ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy hayot sohalarida namoyon bo’lishi. Uning O’ZBEKISTONda demokratik jamiyat qurilishi jarayonida inson erkinligi, huquqlari va manfaatlari ustuvorligi.

Adabiyotlar

Asosiy – 1,2,7,9,14,16

qo’shimcha –6,7,9,15,23


5 - Mavzu: Milliy - ma'naviy negizlarga tayanish - demokratik jamiyatqurishning zaruriy sharti.

Mustaqillik va O’ZBEKISTON jamiyati ma'naviy negizlarining o’zgarishi. Ma'naviy yangilanish tushunchasining zarurligi va sabablari. Unga yangicha munosabat. Mustaqillik va demokratik jamiyat qurilishida milliy - ma'naviy merosning yangicha ma'no va mazmun kasb etishi.

Milliy - ma'naviy negizlar tushunchasi. Uning mazmun va moxiyati. Milliy - ma'naviy negizlarga tayanish va ularni tiklashga bo’lgan zaruratning sabablari. Demokratik jamiyat qurilishida xalqimizning ko’p asrlik davlatchilik va jamiyat qurilishidagi an'analarining xisobga olinishi.

Agressiv millatchilik shovinizm va estremizm va terrorizmning demokratiya va milliy - ma'naviy negizlarga zidligi. Ma'naviyat va ilm - ma'rifatning bosh mezoni – insoniylik uning asosiy maqsadi - Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish. Milliy ma'naviy negizlarning demokratik jamiyat, ozod va obod Vatan, erkin va farovon xayot kurilishidagi urni. Demokratiya, milliy - ma'naviy negizlar va b fkarorlik.

Ma'naviy yangilanishning demokratik jamiyat qurilishidagi axamiyati. Barkamol demokratik jamiyat mezoni.

Milliy - ma'naviy o’zgarishlarning davlat va jamiyat qurilishida aks etishi.O’ZBEKISTONda barpo etilayotgan demokratik, fuqarolik jamiyati qurilishining ma'naviy yangilanish bilan bog’liqligi. Uning demokratik jamiyat qurilishidagi axamiyati va istiqbollari.

Adabiyotlar

Asosiy – 1,6,9,14,18,21

qo’shimcha – 2,7,8,1119
6-Mavzu: Fuqaro erkinligi va faolligini ta'minlash - demokratik jamiyat qurish omili

Inson faolligining asosiy mezonlari. Inson saloxiyati demokratik o’zgarishlarning eng faol va bunyodkor omili ekanligi. Inson va jamiyat. Xozirgi davr demokratiyasida inson, jamiyat va davlatning o’zaro munosabatlari.

Prezident I.A.Karimov demokratik jamiyat qurishda inson erkinligi va faolligini yuksaltirish to’g’risida. O’ZBEKISTONda inson faolligini oshirish demokratik jamiyat qurishning asosiy omili. Fuqarolar faolligi va mas'uliyatini oshirishning barqaror jamiyat va farovon xayot barpo etishdagi xarakati. Fuqarolar erkinligi va faolligini ta'minlash - demokratik jamiyat qurishning bosh maqsadi. Yoshlarning demokratik jamiyat qurilishida ishtiroki va ularning faolligin oshirish.

Fuqarolar ijtimoiy faolligini oshirish erkin va farovon xayotni barpo etishning zaruriy sharti. Insonning ijtimoiylashuvi va faollashuvi

jarayonlari. O’ZBEKISTONda demokratik jamiyatni shakllantirishda fuqarolarning qonun va qarorlar qabul qilishdagi faol ishtiroki. Uning fuqaro erkinligi va folligini oshirishdagi axmiyati.

Adabiyotlar

Asosiy – 1,5,9,12,16,18,20

qo’shimcha – 6,8,15,20,23,


7-Mavzu: Jamiyat iqtisodiy xayotini erkinlashtirish va demokratlashtirish.

Demokratik jamiyatda iqtisodiy xayotni erkinlashtirish tushunchasi va mazmuni. Totalitar, ma'muriy – buyruqbozlik tuzumi iqtisodiyotdan ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o’tish. Erkin bozor iqtisodiyoti va demokratik jamiyat tamoyillarining o’zaro bog’liqligi.

Iktisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlat boshruvini, vakolatlarini cheklash va vazifalarini markazlashtirish. Ma'muriy isloxotlar va iqtisodiy taraqqiyot.

O’ZBEKISTONda demokratik jamiyat qurishning ijtimoiy - iqtisodiy negizi. Mulkchilikning xilma - xil shakllari. Xususiy mulk va mulkdor. Iste'molchilar xuquqlari va tanlagan erkinligining ustunligi. Tadbirkorlik va mexnat qilish erkinligi. Raqobatning demokratik jamiyat barpo etishdagi o’rni.

O’ZBEKISTONda iqtisodiy xayotni erkinlashtirish bosqichlari va ularning o’ziga xos xususiyatlari. Bozor isloxotlarini yanada chuqurlashtirish. Erkin iqtisodiyot tamoyillarini joriy etish. Davlat xujalik boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish.

Bozor infratuzilmasini shakllantirish. Xususiy sektor miqyoslarini kengaytirish. Kichik biznes va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish. Tashqi iqtisodiy faoliyatni va valyuta bozori. Xuquqiy mulkdorlar qatlamini shakllantirish. Tadbirkorlik va iqtisodiy faoliyat erkinligini ta'minlash - demokratik jamiyat rivojining xuquriy sharti.

Adabiyotlar

Asosiy – 1,8,10,15,19,21

qo’shimcha – 5,9,10,11,20,21

Internet – 2,5


8 - Mavzu: Oila demokratik jamiyat qurilishining asosiy bo’g’ini.
Demokratik jamiyatda oila institutining o’ziga xosligi. Istiqlol

davrida O’ZBEKISTON oilalaridagi o’zgarishlap. Oilada demokratik ong, tafakkur va xayotning dastlabki shakllarining qaror topishi. O’ZBEKISTON Respublikasi Konstitutsiyasida oila masalalari. Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov oilaning demokratik jamiyatda o’rni va roli xaqida. Oilaga davlat va jamiyat e'tiborining kuchayishi. O’ZBEKISTONdagi oilalarning tarkibiy tuzilishi. Rivojlangan davlatlarda oilalarning tarkibiy jixatlari va uning oila farovonligining demokratik jamiyat barpo etishdagi ta'siri.

O’ZBEKISTON oilalarida mexr - muruvvat masalasi. o’zbek oilalarining o’ziga xos jixatlari. Oila institutining barkamol shaxs va demokratik qadriyatlar shakllanishidagi o’rni. Oilada totolistik. Oilada ota - ona, aka - uka, opa - singillarning ijtimoiy mavqei. Oiladagi o’zaro munosabatlarda sharqona va umuminsoniy tamoyillar uyg’unligini ta'minlashdagi shart - sharoitlar va omillar. Demokratiya tamoyillarini tushunishda o’zbek oilalariga xos qadriyatlarning xisobga olinishi. Oilaning jamoa, maxalla, jamiyat va davlat barqarorligiga ta'siri. Oilada onaning roli. Farzandlar tarbiyasiga nisbatan turlicha yondashuvlar. Oilada farzandlarning o’z insoniy va fuqaroviy xaq – xuquqlarining o’rganishdagi axvoli. Oila muxitida fikrlar birligi va boshqalar. Oilada kollegiallik ko’rinishlarining demokratik jamiyat xayotida aks etishi. O’ZBEKISTONda demokratik jamiyat qurishda oila rolining ortib borishi.

Adabiyotlar

Asosiy – 1,7,11,17,19,23

qo’shimcha – 2,7,8,11,19,22


9- Mavzu: Demokratik jamiyat barpo etishda mahalla, nodavlat va jamoat tashkilotlarining o’rni.

O’ZBEKISTONda demokratik jamiyat shakllanishida maxalla va fuqarolarning o’zini - o’zi boshqarish organlarining o’rni. Maxalliy davlat xokimiyati asoslari. Mamlakatimizda maxalliy o’zini - o’zi boshqarishning shakllari. Ularning fuqarolik jamiyatiqurilishidagi roli. Maxalla - fuqarolarning o’zini - o’zi boshqarish organi sifatida.

Mustaqillik yillarida O’ZBEKISTONd demokratik tamoyillar asosidagi o’zini - o’zi boshqarish tizimining tiklanishi. Prezident I.A.Karimov O’ZBEKISTONda fuqarolarning o’zini - o’zi boshqarish organlari va ularni islox qilishning asosiy yo’nalishlari to’g’risida. Maxallaning fuqarolarni demokratik qarorlar qabul qilishda ishtirokini ta'minlash va axolini ijtimoiy ximoya qilishdagi o’rni? Maxalliy davlat xokimiyati ayrim vakolatlarni o’zini - o’zi boshqarish organlariga bosqichma - bosqich berib borish maqsadlari. Uning demokratik fuqarolik jamiyatini barpo etishdagi axamiyati.Nodavlat, notijorat va jamoat birlashmalari tushunchasi. Uning ma'no va mazmuni.Prezident I.A.Karimov asarlarida, O’ZBEKISTONda huquqiy, demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini qurish jarayonida nodavlat, notijorat tashkilotlarining o’rni haqida. Fuqarolik jamiyati qurish O’ZBEKISTONning pirovard strategik maqsadi.O’ZBEKISTON Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlarida nodavlat, notijorat tashkilotlar faoliyatining huquqiy asoslari kafolatlanishining yaratilishi.O’ZBEKISTONdagi nodavlat, notijorat tashkilotlar, jamoat birlashmalari va siyosiy partiyalar faoliyatining asoslari. "Nodavlat, notijorat tashkilotlar to’g’risida"gi qonun.Ko’ppartiyaviylik - demokratik jamiyat barpo etishning muxim sharti.

O’ZBEKISTONdagi siyosiy partiyalarning jamiyatni demokratlashtirishdagi o’rni. O’ZBEKISTON Xalq demokratik partiyasi, O’ZBEKISTON «Adolat" sotsial - demokratik partiyasi, O’ZBEKISTON "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar xarakati - O’ZBEKISTON Liberal - demokratik partiyasi, "xalk birligi" xarakati. Mamlakatimizda xalkaro va xorijiy nodavlat tashkilotlar faoliyati. O’ZBEKISTONda «Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari" kontseptsiyasining amalga oshirilishi fuqarolik jamiyatini barpo etishning muxim sharti.

Adabiyotlar

Asosiy – 1,8,13,12,17,20

qo’shimcha – 3,8,12,1618

Internet – 1,3


10 - Mavzu: O’ZBEKISTONning jahon xamjamiyati bilan xamkorligida demokratiktamoyillarga asoslanishi.

O’ZBEKISTON va jaxon xamjamiyati Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov O’ZBEKISTONning Xalkaro hamjamiyatiga qo’shilishdagi demokratik tamoyillari haqida. Demokratik tartibotlar va uning asosiy yo’nalishlari. O’ZBEKISTON va jaxon xamjamiyati munosabatlarining huquqiy - siyosiy, ijtimoiy - iqtisodiy, ilmiy asoslari.

Jahon xamjamiyati va demokratik jarayonlar. BMT va O’ZBEKISTON Respublikasi. O’ZBEKISTON - AqSh strategik xamkorligi. O’ZBEKISTONning Evropa, Osiyo davlatlari bilan xamkorligi xalkaro tashkilotlar bilan aloqalarda demokratik institutlarning rivojlanishi. MDX, davlatlardagi demokratik islohotlar va davlatlararo munosabatlar. O’ZBEKISTON Rossiya munosabatlari. O’ZBEKISTON Respublikasining Shanxay xamkorlik tashkilotidagi o’rni. Uning xalkaro terrorizm, ekstremizm va spartizmga karshi kurashida o’zaro xamkorlikning ahamiyati. Markaziy Osiyodagi demokratik jarayonlar va davlatlararo xamkorlik. Markaziy Osiyo davlatlari xamjihatligi. Unga jaxon xamjamiyatining e'tibori. Fuqarolik jamiyati asoslarini rivojlanti ishda demokratik xamkorlik. Jaxon xamjamiyati bilan xamkorlikd milliy manfaatlarning ustuvorligi. Xalkaro teorrorizmning demokratiyaga va jaxon xamjamiyati xamkorligiga taxdid soluvchi kuch ekanligi. Mustakil O’ZBEKISTONning jaxon xamjamiyati bilan o’zaro manfaatli xamkorligining istikbollari.


Yüklə 55,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə