«tasdiqlayman»



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə1/10
tarix02.06.2018
ölçüsü1,07 Mb.
#47258
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi

ToshkentTibbiyot Akademiyasi

Tibbiy-pedagogika fakulteti

3-sonli ichki kasalliklar kafedrasi




«TASDIQLAYMAN»

TTA o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, professor Teshaev O.R.

«_____» ______________2016 yil


Dissiplina: IChKI KASALLIKLAR
7 kurs

O‘QITISh TEXNOLOGIYaSI

Sikl: REVMATOLOGIYa

«Bo‘g‘im sindromi»

«Isitma»

Mavzular 1-5

___________________________________________________________________________



(tibbiyot oliygohlari o‘qituvchi va talabalari uchun o‘quv uslubiy qo‘llanma)

Tashkent-2016

Bo‘g‘im sindromli bemorlar muammolarini Yechishda, talabalarni o‘qitishda bilim va ko‘nikmalarga talablar
Maqsad:UASh kvalifikatsion xarakteristikasi doirasida sog‘liqni saqlashni birlamchi bo‘g‘insida Bo‘g‘im sindromli bemorlar muammolarini yechishga talabalarni sindromlar bo‘yicha o‘rgatish
O‘qitishning asosiy vazifalari:


  • Bo‘g‘im sindromi bilan bog‘liq muammolarni yechishga talabalarni o‘rgatish.

  • Bo‘g‘im sindromi bilan bog‘liq muammolarni yechishdatalabalarni o‘z vaqtidagi tashhisga o‘rgatish.

  • Bo‘g‘im sindromi bilan bog‘liq kasalliklar qiyosiy tashhisiga talabalarni o‘rgatish.

  • Bo‘g‘im sindromili bemorlarni muammolarini yechishda bilim va ko‘nikmalarni jamlash. (ma’lumotlarni to‘plash, muammoni aniqlab fizikal ko‘rik , laborator-instrumental tekshiruvlarni aniq belgilashni bilish);

  • Bemorlarni olib borish taktikasiga talabalarni o‘rgatish;

  • QVP va OP sharoitlarida kuzatuv va davolash-profilaktika choralarini bilish.


Bemorlar muammosini hal qilishda talabalarni baholashning kaliti bo‘lishi kerak:

  • Bemorlar xayotiga xavf solayotgan asosiy muammolarni ajratish.

  • Ratsional anamnezning yordamchi savollarini berishni bilish.

  • Xavf omillarini ajratishni bilish.

  • Bu muammoga sabab bo‘lgan holatni va kasallikni tahlil qilishni bilish.

  • Fizikal ko‘rik o‘tkazishni bilish.

  • QVP va OP sharoitlarida , laborator-instrumental tekshiruvlarni aniq belgilashni bilish;

  • QVP va OP qo‘shimcha tekshiruvlarni ajratishni bilish.

  • Nomedikamentoz maslahatlar berishni bilish.

  • Olingan ma’lumotlar asosida muammoning asosiy sababini(tashhis) asoslash.

  • UASh kvalifikatsion xarakteristikasi asosida taktikani aniqlash.

  • Isbotlangan meditsina asosida medikamentoz davolashni aniqlashni bilish.

  • Sog‘liqni saqlashni birlamchi bo‘g‘insi darajasida profilaktik choralarni qo‘llashni bilish.

  • QVP va OP sharoitlarida dispanserizatsiya va reabilitatsiya usullarini aniqlashni bilish.


Bo‘g‘im sindromli bemorlar muammolarini yechishda talaba nimani bilishi kerak:




Bilimlar ketma ketligi

Bazis daraja

1

Bo‘g‘im sindromi bilan kechuvchi kasalliklar soni

Minimum 10ta tez tez uchrovchi kasalliklarni talaba bilishi kerak

2

Bo‘g‘im sindrom bilan kechuvchi xavfli kasalliklar soni

Minimum 5 kasallikni talaba bilishi kerak

3

QVP va OP sharoitlarida olib boriladigan holatlar soni (1-kategoriya)

UASh kvalifikatsion xarakteristikasi

4

Tor mutaxassislar konsultatsiyasi va gospitalizatsiya talab qiladigan holatlar. (2-kategoriya)

UASh kvalifikatsion xarakteristikasi

5

QVP va OP sharoitlarida tekshiruvlar talab qiladigan holatlar. (3.1-kategoriya)

UASh kvalifikatsion xarakteristikasi

6

QVP va OP darajasida yo‘llanma talab qiladigan tekshiruvlar. (3.2-kategoriya)

UASh kvalifikatsion xarakteristikasi

7

Bo‘g‘im sindromi belgilarini

Talaba ajralib turuvchi belgilar va har bir kasallikni paydo bo‘lishi mezon va diagnostikasini bilishi kerak.

8

Ichki a’zolar shikastlanish simptomlari

Talaba yurak, o‘pka, jigar, taloq, oshqozon, 12 barmoqli ichak, ichaklar,bo‘yraklar shikastlanishi belgilarini bilish

7

Laborator-instrumental tekshiruvlar natijalari ko‘rsatkichlari


Talaba bilishi kerak:

- ma’yor ko‘rsatkichlar, patologiyada ularning o‘zgarishi.



8

Davolash taktikasi

Talaba davolash usullari va prinsiplarini bilishi kerak ( nomedikamentozni ham).

9

Birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi profilaktik prinsiplari

Talaba birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktika uchun asosiy tadbirlarni bilishi kerak.

10

QVP va OP sharoitlarida dispanserizatsiya va reabilitatsiya usullari (4-kategoriya)

Talaba dispanserizatsiya i reabilitatsiya tadbirlarini tahlil qilishni bilishi kerak.

Bo‘g‘im sindromli bemorlar muammolarini yechishda talaba nimani qila olishi kerak:






Ko‘nikmalar ketma ketligi

Bazis daraja

1

Bemor va uning qarindoshlarini so‘rab surishtirish

  • Talaba bilishi kerak-aniq tashhis qo‘yishga yordam beradigan ratsional savollarni berish.

  • Talaba bilishi kerak-bemorning maqsadga o‘o‘nalgan shikoyatlarini baholash.

  • Talaba bilishi kerak-kasallik anamnezini analiz qilish: kasallik boshlanishi, birinchi simptomlar, sababli bog‘liqlik va rivojlanish dinamikasi.

  • Talaba bilishi kerak-hayot anamnezini analiz qilish: xavf omillarini aniqlash,ota onasi va qarindoshlar sog‘ligi.

2

Xavf omllarini aniqlash

Talaba bilishi kerak-

3

Asosiy muammoni aniqlash ya’ni bo‘g‘im sindromi

Talaba bo‘g‘im sindromini takidlashi lozim

13

Tana vazni indeksini hisoblash massa/tana

Talaba bilishi kerak- belgilarni aniqlash:

- tana vazni yetishmovchiligi

- ortiqcha tana vazni.


9

Teri ko‘rigini o‘tkazish

Talaba bilishi kerak-aniqlash

- psoriaz

- keratodermiiya

- aylanasimon eritema

- kapalaksimon o‘zgarishi

- teri induratsiyasi va kattiklashishi



4

Umumiy va Bo‘g‘im ko‘rigini o‘tkazish

Talaba Bo‘g‘imlarni ko‘rigi va palpatsiya texnikasin bilishi kerak.

Talaba bilishi kerak bulgan belgilar:

- defiguratsiya

- deformatsiya

- shish

- giperemiya



-gipertermiya

- kontraktura

- krepitatsiya

- ankiloz

-Bo‘g‘imlar funksional buzilishi

- undagi erkin suyuqlik

3. Talaba borligini bilishi kerak

- artralgiya

- monoartrit

- oligoartrit

-poliartrit


5

Umurtqa pog‘anasini xolatini Baholash (ko‘rik va palpatsiya, hamda funksional sinamalarni o‘tkazishi) (qadamma- qadam)

  1. Talaba umurtqa pog‘anasini xolatini qadamma- qadam Baholashi(ko‘rik va palpatsiya, hamda funksional sinamalarni o‘tkazishi) kerak.

  2. Talaba bilishi kerak bo‘lgan belgilar:

- patologik lordoz va kifoz

- umurtqa pog‘anasining egriliklari

- funksional buzilishlar

- Shobera

- Otto

- «iyak -to‘sh sinamasi»



- Foreste

- Kushelevskiy

- umurtqa pog‘anasini osteoxondroz va churrasi


6

Mushak kuchini baholash

Talaba bilishi kerak bo‘lgan belgilar - regionar mushaklar atorfiyasi

- mushaklar gipo- yoki giperkineziyasi



12

a’zolarini palpatsiya, perkussiya va auskultatsiyasini o‘tkazish

  1. Talaba zararlangan a’zolardagi belgilar bilishi kerak:

  1. Ob’ektiv tekshiruvlar asosida talaba tayanch xarakat tizimidagi klinik simptomokomplekslarni aniqlashi lozim,

7

Og‘iz bo‘shlig‘i ko‘rigi

Talaba bilishi kerak-

8

Bakteriologik tekshiruv uchun tanglaydan surtma olish

Talaba bilishi kerak

10

Jinsiy a’zolarni tekshirish

Talaba zararlangan a’zolardagi yallig‘lanish belgilar bilishi kerak - qattiq shankra

- uretradagi patologik ajralmalar

- balanit


11

anorektal tekshirish

Talaba zararlangan a’zolardagi yallig‘lanish belgilarni bilishi kerak

- prostatit



14

Klinik, instrumental va bioximik analizlar interpretatsiyasi

Talaba qila olishi kerak :

-ko‘rsatkichlarni normadan oshgani yoki kamaygani.



15

Bo‘g‘im va o‘pkaning rentgen manzarasini aniqlay olishi kerak

Talaba zararlangan a’zolardagi yallig‘lanish belgilarni bilishi kerak:

- osteoporoz

- bo‘g‘imni kengligi kamayishi

- uzuratsiya (erozii)

- osteofitoz

- o‘pkani sili yallig‘lanishi



16

Bo‘g‘im sindromi bilan kechadigan kasalliklarni qiyosiy taqqoslash

Talaba qila olishi kerak qiyosiy tashhis qilish (anamnez, ob’ektiv ko‘rik va laborator-instrumental tekshiruvlar)

17

Bo‘g‘im sindromi bilan kechadigan kasalliklarni davolashda ratsionaldori vositalarini qo‘llash

Talaba qila olishi kerak samaradorligi isbotlangan preparatlarni tanlash . Preparat tanlovida talaba baholashi kerak:

- samaradorlik

- xavfsizlik

- qabul qilinishi

- tan narhi arzonligi.


18

Bemorlar kuzatuvi va monitoring o‘tkazish

Talaba qila olishi kerak


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə