«tasdiqlayman»



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə9/10
tarix02.06.2018
ölçüsü1,07 Mb.
#47258
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10


4.2.Taxlil qismi

4.2.1. Vaziyatli masalalar:

Vaziyatli masalalar:

1. Xozirda shikoyatlari bo‘lmagan 18 yoshli bemor dispanser ko‘rikdan o‘tish uchun UAShga murojaat qildi. Anamnezida tez-tez angina, revmatizm, poliartrit bilan og‘rigan. Revmatolog nazoratida bo‘lgan va davolanib turgan. Ob’ektiv ko‘rikda: bemor xolati qoniqarli. Teri qoplamalari rangpar, bo‘g‘imlari o‘zgarishsiz. O‘pkada vezikulyar nafas. Ps - bir daqiqada 86ta ritmik (celler et altus), Myusse simptomi musbat. AQB 140/20 mm.sim.ust. Cho‘qqi turtkisi gumbazsimon, 6 qovurg‘a oralig‘ida, o‘rta umrov chizig‘idan tashqarida. Yurak chegaralari: o‘ng chegarasi – to‘shning o‘ng qirrasida, chap chegarasi - axillaris anterior chizig‘ida, yuqori chegarasi 3 qovurg‘a oralig‘ida. Aortada II ton susaygan, yaxshi eshitilish markazi Botkin-Erb nuqtasida bo‘lgan diastolik shovqin. Jigar va taloq paypaslanmaydi. UQT: Hb-116g/l, leyk 9,8, EChT-18mm/s. DFA-0,22, Seromukoid-180, S-reaktiv oqsil, timol sinamasi manfiy, fibrinogen 550%.




  1. Diastolik shovqin bilan namoyon bo‘ladigan kamida 3 ta kasallikni sanab o‘ting va bu kasalliklarda shovqinning yaxshiroq eshitilish nuqtasini ko‘rsating;

  2. Dastlabki to‘liq tashhisni yozing;

  3. Tashhisni aniqlashda qanday qo‘shimcha instrumental tekshirish usullari o‘tkazish lozim;

Ushbu patologiya uchun xos bo‘lgan kamida to‘rtta asoratlarni ayting

2. 35 yoshli erkakda 4 oy davomida proksimal mushaklarida xolsizlik paydo bo‘lib qonida mushak fermentlari miqdori oshishi kuzatildi. Biopsiyada dermatomiozit tashxisi aniqlangan va kuniga 60 mg prednizolon tavsiya etilgan. 6 xafta o‘tgan enzimlar miqdori meyoriga yaqinlashdi, mushaklarda kuch paydo bo‘ldi, lekin 2 oy o‘tgach prednizolon qabul qilishiga qaramasdan axvoli yomonlashdi. Ob’ektiv ko‘rganda: bemorning yuzi oysimon, qorinning usti va yonbosh terilarida xoshiyalar mavjud, oyoqlarida xolsizlik.


1. Yuqorida keltirilgan simptomlar kuzatiladigan beshtadan kam bo‘lmagan kasalliklarni sanab

o‘ting;


2. Sizning taxminiy tashhisingiz;

3. Ushbu kasallikni kelib chiqishi sabablari va yana qanday asoratlar kuzatilishi mumkin;

4. UASh taktikasi va davolash tamoyillari;

________________________________________________________________________

3. 28 yoshli yigit bosh og‘rig‘i, vaqti- vaqti bilan yurak urib ketishi, tez charchash, yurganda oyoqlarida og‘riq shikoyatlari bilan UAShga murojaat qildi. Bemor yuk tashuvchi bo‘lib ishlaydi va yuqoridagi shikoyatlar so‘ngi 3 yilda bezovta qilishi aniqlandi. Bemor tanasining yuqori qismi mushaklari yaxshi rivojlangan, oyoqlarida esa aksincha mushaklar atrofiyasi. Yurak chap chegarasi chap o‘rta o‘mrov chizig‘idan 2 sm tashqarida. Yurak turtkisi kuchaygan. Tonlari o‘rtacha jarangli, uyqu arteriyasi ustida va markazi Botkin nuqtasida joylashgan sistolik shovqin eshitiladi. Qo‘llarida AQB 180/110 mm.sim.ust. Pulsi bir daqiqada 82ta, ritmik, kuchaygan.

O‘pkada vezikular nafas, xirillashlar yo‘k. Jigar qovurg‘a ravog‘i bo‘ylab, oyog‘ida shishlar. Oyoq panjalar arteriyalarini pulsatsiyasi ikki tomondan susaygan.


1. Yuqorida keltirilgan simptomlar kuzatiladigan uchtadan kam bo‘lmagan kasalliklarni sanab

o‘ting;


2. Sizning taxminiy tashhisingiz;

3. Bunday bemorda qanday asoratlar (uchtadan kam bo‘lmagan) rivojlanishi mumkin;

4. UASh taktikasi va davolash tamoyillari;
4. 45 yoshli bemorda yog‘li go‘shtdan tayorlangan ovqat va alkogol iste’mol qilinganidan keyin kechasi chap oyog‘ining bosh barmog‘ida kuchli og‘riq paydo bo‘ldi. Bo‘g‘imi shishgan, bo‘g‘im usti terisi qizargan, tana xarorati 40oS gacha ko‘tarilgan, qaltirash kuzatilgan. Bo‘g‘imidagi og‘riq ozgina xarakatda, xattoki bemorni yoping‘ichi tegib ketsa xam og‘riq kuchaygan. UQT: L-15 x109 EChT-36mm/soat.
1. Yuqorida keltirilgan simptomlar kuzatiladigan beshtadan kam bo‘lmagan kasalliklarni sanab

o‘ting;


2. Sizning taxminiy tashhisingiz;

3. Ikkilamchi podagra kelib chiqishiga sabab bo‘ladigan 4tadan kam bo‘lmagan kasalliklar va xolatlarni sanab o‘ting;

4. UASh taktikasi va davolash tamoyillari;

5. Bemor 68 yoshda, UAVga tana xararatining qaltiroq bilan ko‘tarilishiga, kurak soxasida doimiy og‘riq, tunlari kuchayishi, tana vaznining kamayishi, bir necha oy mobaynida noxushlik xissiga shikoyatlar bilan murojaat qildi. Kasallik tarixidan: surunkali bronxit bilan og‘riyda va uzoq yillar tamaki chekadi. So‘nggi yillar ichida tekshiruvdan o‘tmagan. Tana vazni 10 kg ga kamaygan. Ko‘zdan kechiraganda: bemor oriq, teri qoplamlari rangpar, zaxil (yersimon rangda), tinch xolatda xansirash. O‘pkalarida sustlashgan vezikulyar nafas asosida tarqoq quruq xirillashlar, chap kurak osti soxasida nafas eshitilmaydi. Yurak tonlari bir oz bo‘g‘iqlashgan. Jigar qovurg‘a yoyi ravog‘idan 5 sm turtib chiqqan, paypaslaganda sezgir, qattiq.

UQT: Nv-83 g/l, erit.-3,2*10-12, leyk.-9,7*10-9, t/ya-7%, s/ya-49%, eoz.-4%, limf.-39%, mon.-1%, EChT-43mm/s. Ko‘krak qafasi rentgenografiyasi: bronx-o‘pka surati deformatsiyasi, ildiz oldi limfa tugunlari kattalashgan, limfangait, chap o‘pka quyi bo‘lagi atelektazi, uning yuqorisida noaniq chegarali soyalanish, o‘ng o‘pka surati o‘tkazuvchanligi yuqori darajada.
1. Yuqoridagi shikoyatlar va belgilar uchrashi mumkin bo‘lgan to‘rtta kasallikni sanab bering;

2. Birlamchi diagnoz;

3. Yukori axborotli tekshirish usullari;

4. Diagnozni aniqlash uchun Siz bemorni qaysi yuqori axborotli qo‘shimcha tekshirishga yuborasiz;

5. Umumiy amaliyot vrachi taktikasi;

6. Bemor 30 yoshda, kasalxonaga tana xaroratining 39 S gacha ko‘tarilishi, titroq, yurak urishi, ishtaxa yo‘qolishi, xolsizlikka shikoyatlar bilan keldi. Kasallik bir oy ilgari tana xarorati ko‘tarilishi bilan boshlangan. Anamnezida yoshligida yurak porogi diagnozi qo‘yilgan. Ushbu kasallik boshlanganda poliklinikaga murojaat qilgan, antibiotik, analgin bilan davolangan, lekin axvoli yaxshilanmagan. Umumiy axvoli o‘rta og‘irlikda. Teri qoplamlari rangpar, sarg‘imtir tusga ega, ko‘kragi, qo‘l va oyoq kaftlarida mayda gemorragik toshmalar. Barmoqlarining so‘nggi bo‘g‘imlari kengaygan. Lukin belgisi. O‘pkalarida vezikulyar nafas. Tomir urishi bir daqiqada 100 marta. AQB 110/50 mm.sim.ust. Yurak chegaralari chapga siljigan. Aorta ustida II ton sustlashgan, diastolik shovqin. Jigar va taloq paypaslaganda kattalashgan va og‘riqli.

UQT: Nv-47g/l, erit.-2,8*10-12, leyk-1,9*10-9, t/ya-3%, s/ya -70%, limf.-13%, mon.-14%, EChT-52mm/s. Fibrinogen 700 mg%, sial sinamasi-320 birlik, formol sinamasi –musbat. Disproteinemiya, globulinlar 9,4% ortgan. Qon bakteriologik tekshiruvida penitsillinga sezgir yashil rangli streptokokk aniqlangan. UPT: oqsil izlari. Ko‘krak qafasi rentgenografiyasi: o‘pka yuzasi toza, yurak chegarasi chapga kattalashgan. EKG: chap qorincha gipertrofiyasi, qorincha ichi o‘tkazuvchanligi sustlashgan.
1. Yuqoridagi shikoyatlar va belgilar uchrashi mumkin bo‘lgan to‘rtta kasallikni sanab bering;

2. Birlamchi diagnoz;

3. Yukori axborotli tekshirish usullari;

4. Ushbu kasallik diagnostikasida qaysi tekshirish usuli xal qiluvchi axamiyatga zga;

5. Umumiy amaliyot vrachi taktikasi;

7. 15 yoshli maktab o‘quvchisini oyoqda angina o‘tkazganidan so‘ng bir oz jismoniy zo‘riqishda xansirash, yurak urib ketishi, yurak soxasidagi sanchuvchi og‘riq va tez charchash bezovta qila boshladi. Ob’ektiv ko‘rikda: tana xarorati 37,4ºS. Bodomsimon bezlari kattalashgan, qizargan. Lablari bir oz ko‘kargan. Yurak soxasida o‘zgarishlar yo‘q. Chegaralari kattalashmagan. Yurak cho‘qqisida I ton sustlashgan, vertikal xolatda va bir oz jismoniy zo‘riqishdan keyin (5 ta o‘tirib turish) kuchayuvchi dag‘al sistolik shovqin. Pulsi bir daqiqada 96 ta, to‘liqligi past, ekstrasistoliya xisobiga aritmik. AQB 100/60 mm sim.ust.


1. Sizning to‘liq taxminiy diagnozingiz;

2. Ushbu kasallikni asosiy diagnostik mezonlarini sanab o‘ting;

3. Tekshirish rejasi;

4. UASh taktikasi va rejali davo.

8. 23 yoshli erkak bir necha yillardan beri allergik rinit bilan og‘riydi. Navbatdagi xurujdan so‘ng, to‘satdan terida toshmalar toshib, tana harorati oshgan, bo‘g‘imlarda og‘riq va shish, qornida og‘riq paydo bo‘lgan. Ob’ektiv ko‘rikda: tirsak bo‘g‘imini yoziluvchi yuzasi terisida qichishuvchi eritematoz toshmalar. O‘ng bilakkaft, chap boldir-tovon bo‘g‘imida shish bor. Qorin yumshoq, epigastral va kindik atrofi sohasi og‘riqli. Umumiy qon tahlili: Hb 110g/l; leyk. – 11,0 x 109/l; eozinofiliya, EChT – 30 mm/s.
1. Yuqoridagi shikoyatlar bilan o‘tuvchi kamida 3 ta kasallikni ayting;

2. Sizning dastlabki tashhisingiz;

3. Kasallikka olib keluvchi uchta omilni keltiring;

4. UASh taktikasi;

9. 25 yoshli yigitning to‘satdan tana harorati 39,0oS gacha ko‘tarildi va mushaklarda kuchli og‘riq, qo‘llarining proksimal qismi mushaklarida holsizlik, artralgiya, erkin o‘tirib-tura olmasligiga shikoyat qilib keldi. Ob’ektiv ko‘rikda: teri qoplamida papulez, petexial, ayrim joylarida yarali toshmalar, teleangioektaziyalar, pigmentatsiya va depigmentatsiya o‘choqlari bor. Yuzida, bo‘ynida, bo‘g‘imlar ustida yaqqol eritema, bilak va yelka terisi ko‘kargan va qichiydi. Teri quruq, tirnoqlar bo‘ylama yo‘l-yo‘l va sinuvchan, soch to‘kilishi kuzatiladi. Shikastlangan mushaklar zichlashgan, paypaslaganda og‘riqli. Bemor deyarli harakatsiz, lekin oyoq va qo‘l kaftlarida harakat saqlangan. Oxirgi kunlarda disfagiya, tomog‘ining qirilishi, tovushning o‘zgarishi kuzatilgan. Siydikda: mioglobinuriya, kreatininuriya. Qonda: KFK-4,3 mkkat/l, AST-1,2ml/l, ALT-2,3mm/l, Fibrinogen-7g/l, S-reaktiv oksil++++, L2 globulinlar-15%,L-globulinlar-22%.
1. Terida o‘zgarishlar bilan kechuvchi kamida 3 kasallikni ayting;

2. Sizning dastlabki tashhisingiz;

3. Ushbu kasallikda yurak shikastlanishi qanday namoyon bo‘ladi;

4. Ushbu kasallikni avj olishini oldini olish uchun UASh maslaxati (kamida 4 ta profilaktik chorani ko‘rsating);





Baho

a’lo

yaxshi

qoniqarli

qoniqarlisiz

yomon




O‘zlashtirish%

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% undan kam

2

Vaziyatli masala

50-43 ball

42,5- 35,5 ball

35- 27,5 ball

27-18,5

ball

18 ball


Testlar

1. 18 yoshli bemor, tana xaroratini subfebril ko‘rsatkichlargacha ko‘tarilishiga, bo‘g‘imlarda og‘riqqa, xolsizlikka, jismoniy zo‘riqishda xansirashga shikoyat qilib UAShga murojat qildi. O‘zoq yillardan buyon surunkali tonzilit bilan kasal. Oxirgi marta kasallik qo‘zg‘algandan 2 xafta o‘tgach yuqoridagi shikoyatlar paydo bo‘ldi. Ob’ektiv ko‘rikda: Yurak chegaralari o‘zgarmagan, tonlari bo‘g‘iqlashgan, chap tomonga yonboshlatib eshitilganda nozik sistolik shovqin aniqlandi. Puls bir daqiqada 92 ta. Ichki a’zolarda boshqa o‘zgarishlar topilmadi. UQT: L- 9,5 x109, EChT – 29 mm/s, SRO +++, ASL-O 1:600, EKG da PQ -0,28 sek.

18 yoshli bemor, tana xaroratini subfebril ko‘rsatkichlargacha ko‘tarilishiga, bo‘g‘imlarda og‘riqqa, xolsizlikka, jismoniy zo‘riqishda xansirashga shikoyat qilib UAShga murojat qildi. O‘zoq yillardan buyon surunkali tonzilit bilan kasal. Oxirgi marta kasallik qo‘zg‘algandan 2 xafta o‘tgach yuqoridagi shikoyatlar paydo bo‘ldi. Ob’ektiv ko‘rikda: Yurak chegaralari o‘zgarmagan, tonlari bo‘g‘iqlashgan, chap tomonga yonboshlatib eshitilganda nozik sistolik shovqin aniqlandi. Puls bir daqiqada 92 ta. Ichki a’zolarda boshqa o‘zgarishlar topilmadi. UQT: L- 9,5 x109, EChT – 29 mm/s, SRO +++, ASL-O 1:600, EKG da PQ -0,28 sek.

. Sizning taxminiy tashxisingiz:

a) sistemali sklerodermiya

b) revmatizm

v) sistemali qizil volchanka

g) revmatoid artrit

d) dermatomiozit
2. Ushbu kasallikning rivojlanish sababi:

a) o‘tkazilgan virusli kasallik

b) xlamidiya chaqirgan kasallik

v) purin almashinuvini bo‘zilishi

g) bo‘g‘im tog‘ayi degeneratsiyasi

d) A guruxdagi B - gemolitik streptokokk


3. Qaysi kasallik bilan differensial diagnoz o‘tkazilmaydi:

a) infeksion endokardit

b) sistemali qizil volchanka

v) revmatoid artrit

g) infeksion miokardit

d) gipotireoz

Yozda janubda dam olgan ayol yuzida eritema, poliartrit, soch to‘kilishi, yurak urib ketishi paydo bo‘ldi, tana xarorati 390S gacha ko‘tarildi

Sizning taxminiy tashxisingiz:

a) dermatomiozit

b) sistemali sklerodermiya

v) sistemali qizil volchanka

g) tugunli periarteriit

d) revmatizm
Qaysi laborator tekshirish usuli ushbu kasallikni aniqlashda axamiyatli?

a) musbat Vasserman sinamasi

b) qonda siydik kislotasini oshishi

v) HLAB -27 ni aniqlash

g) streptokokkga qarshi antitelni aniqlash

d) qonda LE – xujayrani aniqlash


Ushbu kasalni davolashda qo‘llaniladigan bazis preparatni tanlang:

a) prednizalon

b) kolxitsin

v) sulfasalazin

g) etamid

d) kurantil

4. 16 yoshli bemor tana xaroratini ko‘tarilishiga, bo‘g‘imlarda og‘riqqa, yuzida qizil toshmalar paydo bo‘lganiga shikoyat qilib umumiy amaliyot vrachiga murojat qildi. Ko‘rikda tarqalgan shishlar, siydigi tekshirilganda yuqori proteinuriya aniqlandi.
1. Sizning taxminiy tashxisingiz:

a) tugunchali periarteriit

b) sistemali sklerodermiya

v) dermatomiozit

g) sistemali qizil volchanka

d) Takayasu kasalligi


2. Ushbu bemor buyragi biopsiyasida qanday gistologik o‘zgarish aniqlanadi:

a) gemotoksil tanachalari

b) koptokchalar sklerozi

v) «simli ilmoq» ko‘rinishidagi kapillyar membranasi

g) naychalarda amiloid o‘tirib qolishi

d) koptokchalar membranasiga immunoglobulin kompleklari o‘tirib qolgani

5. 25 yoshli erkakni umurtqa pog‘onasining bel qismida, yelka bo‘g‘imlarida, xamda nafas olganda ko‘krak qafasida og‘riq bezovta qiladi. Ob’ektiv ko‘rikda yelkalari va orqasidagi mushaklar qotib qolishi, umurtqa pog‘onasi bel soxasida xarakatni qiyinlashgani aniqlandi.
1. Tashxisni aniqlang:

a) revmatoid artrit

b) bexterev kasalligi

v) deformatsiyalovchi osteoartroz

g) reaktiv artrit

d) revmatik poliartrit


2. Ushbu kasallik turini ko‘rsating:

a) skandinav

b) periferik

v) markaziy

g) rizomelik

d) visseral

25 yoshli erkak to‘satdan tana xarorati 39°S gacha ko‘tarilib, yelka, tos, son mushaklarida kuchli xolsizlik, og‘riq, artralgiya xisobiga xarakatlana olmay qoldi. Yuzi, bo‘ynida yaqqol namoyon bo‘lgan eritema mavjud. Qon taxlili: KFK – 4,3 mkkat/l, AST – 1,2 mm/l, ALT – 2,3 mm/l, fibrinogen – 7 g/l, SRO+++, α2 globulin 15%, β-globulin – 22%.
1. Sizning tashxisingiz:

a) revmatoid artrit

b) sistemali sklerodermiya

v) sistemali qizil volchanka

g) dermatomiozit

d) revmatizm


2. Ushbu bemorga aniq tashxis qo‘yish uchun qaysi tekshirish usulini o‘tkazish lozim:

a) siydikni ekish

b) miografiya

v) bo‘g‘imlar rentgenografiyasi

g) qonni ekish

d) teri-mushak biopsiyasi

58 yoshdagi bemor. Qo‘l panjasining distal bo‘g‘imlarida og‘riq va harakatning chegaralanishiga, tana haroratini ko‘tarilishi, qon bosimini oshishiga shikoyat qiladi. Palpatsiyada teri ostida qattiq, diametri 0,5 sm. li tugunlar aniqlandi. Rentgenografiyada bo‘g‘im oralig‘i toraygan, osteoporoz belgilari bor.

UKA: EChT- 35 mm/soat. UST: nisbiy zichligi 1012, oksil- 4,8 g/l, o‘zgargan eritrotsitlar- 6-8/1, silindrlar mumsimon- 2-3/1


1. Sizning taxminiy tashhisingiz:

a) tugunchali periarteriit

b) revmatoid artrit

v) osteoartroz

g) gemorragik vaskulit

d) SKV
2. Diagnozni tasdiqlovchi asosiy qo‘shimcha tekshirish usulini ko‘rsating:

a) qonni biokiyoviy tahlili

b) bo‘g‘imlar rentgenografiyasi

v) teri – mushakdan biopsiya

g) ekskritor urografiya

d) koagulogramma
3. Kasallikni davolashda samarali dori vositasini ko‘rsating:

a) azoteoprin

b) struktum

v) prednizolon

g) krizanol

d) allapurinol

8. 37 yoshli bemorda kul panja barmoklarida kattik zich shishlar va periartikulyar kalsinoz aniqlandi. Qo‘l terisi marmarsimon rangda, sovuq, tanasida teleangioektaziyalar, barmoq uchlarida yaralar, yutishning qiyinlashuvi mavjud.
1. Sizning dastlabki tashhisingiz:

a) revmatoidli artrit

b) sistemali sklerodermiya

g) DOA


d) tugunli periartrit

ye) podagra


2. Ushbu kasallikni tasdiqlash uchun eng ishonchli tekshirish usulini ko‘rsating:

a) qonning umumiy tahlili

b) rentgen

v) teri biopsiyasi

g) qonning biokimyoviy tahlili

d) bo‘g‘imlar punksiyasi


3. Ushbu bemorni davolashda qaysi gurux dori vositalarni qo‘llash lozim:

a) plakvenil

b) oltin preparatlari

v) prednizalon

g) Struktum

d) Butamid

. Bemor 40 yosh, shikoyatlari: qo‘l barmoqlarini muzlash, yuz mushaklarini tortilishi, yutishni qiyinlashishi, bug‘imlarni shishi, isitma ko‘tarilishiga.
1. Bemorni ob’ektiv ko‘rganda qanday patologik o‘zgarishlar topilishi mumkin:

a) teleangioektaziyalar, paraorbital shish, mushaklar atrofiyasi

b) yuzda mimikani bo‘lmasligi, teri induratsiyasi, «kisetsimon» og‘iz, distal falangalar ingichkalashishi

v) yirik bo‘g‘imlarni kattalashishi va deformatsiyasi, bo‘g‘im ustida terini qizarishi va u yerda mahalliy temperatura

g) qo‘l bo‘g‘imlarida «sosiskasimon» o‘zgarishlar

d) burun qirrasida eritematoz toshmalar


2. Yuqoridagilar asosida taxminiy diagnoz qo‘yildi: sistemali sklerodermiya. Diagnozni tasdiqlash uchun quyidagilardan qaysilari axborotli hisoblanadi:

a) qonda EChT va leykotsitlar sonini oshishi, anemiya

b) EChT oshishi, anemiya, HLA B 27 antigenni topilishi

v) teri biopsiyasida: to‘qimalar fibroz transformatsiyasi

g) qonda LE hujayralar topilishi

d) disproteinemiya, seromukoidlar oshishi

ye) revmatoid omilni topilishi
3. Qaysi kasalliklar bilan differensial diagnoz o‘tkaziladi:

a) SQV


b) brusellyoz

v) dermatomiozit

g) reaktiv artrit

d) Shenleyn-Genox kasalligi

ye) tugunchali periarteriit

d) brusellez





Baho

a’lo

yaxshi

qoniqarli

qoniqarlisiz

yomon




O‘zlashtirish%

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% undan kam

3

Test

15-12,9ball

12,7-10,6 ball

10,5-8,25 ball

8,1-5,5 ball

5,4 ball


4.2.2 organayzer grafigi: KLASTER.

Klaster ( klaster – o‘ram, bog‘lam) – axborotlarni yig‘ish saqlash xaritasi – birorta omil yoki fikr atrofida shunga yaqinlarini yig‘ib taxlash bilim olish faoliyatini kuchaytirib, erkin va ochiqchasiga mavzuga mos fikrlar berishga undaydi.

Klaster tuzish qoidalari bilan tanishtiriladi. Markazdagi doskaga mavzu va 1-2 ta kalit so‘zlari yoziladi.

Ushbu kalit so‘z atrofiga mavzuga bog‘liq aylana ichiga olingan “yo‘ldosh” deb ataluvchi kichik yozuvlar yoki takliflar yoziladi. Ular markaziy kalit bilan bog‘lanadi. Bunday xolatlarda kichik yo‘ldoshlarning yana bir necha mitti yo‘ldoshchalari bo‘lishi mumkin bo‘lib yozish to ular tugaguncha olib boriladi.






Baho

a’lo

yaxshi

qoniqarli

qoniqarlisiz

yomon




O‘zlashtirish%

100%-86%

85%-71%

70-55%

54%-37%

36% undan kam

3

Test

15-12,9ball

12,7-10,6 ball

10,5-8,25 ball

8,1-5,5 ball

5,4 ball

KLASTER “ GULDASTA









Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə