«tasdiqlayman»



Yüklə 1,7 Mb.
səhifə12/17
tarix17.09.2017
ölçüsü1,7 Mb.
#45
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17

Mavzu: «Bosh og‘rig‘i. Bosh og‘rig‘i bilan kechadigan kasalliklar. Bosh og‘rig‘i bilan kechadigan o‘ta havfli kasalliklar. Gipertonik kasallik va sklerotik arterial gipertenziyaning taqqosiy tashxisi. UASh taktikasi. Tor mutaxassiss yoki shifoxonaga yuborishga ko‘rsatma. Mavzuni o‘tish tamoyillari»
O‘qitish texnologiyasi

O‘quv vaqti: 6,4 soat

O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi

  1. Oilaviy poliklinika.

  2. O‘quv tematik xona.

  3. EKG xonasi

  4. UASh xonasi.

  5. O‘quv qo‘llanmalar, fantomlar, mulyajlar, tarqatma materiallar, vaziyatli masalalr va testlar to‘plami

  6. Televizor, video apparatura, multimedia

O‘quv mashg‘ulot maqsadi:

UASh ni Gipertonik kasallik va sklerotik arterial gipertenziyani zamonaviy tashxislash va taqqosiy tashxislashga o‘rgatish.



Pedagogik vazifalar:

  1. Arterial gipertoniyaning xar xil variantlar savollarini ko‘rib chiqish

  2. Gipertonik kasallikgini tashxislash savollarini ko‘rib chiqishni

  3. Sklerotik AG tashxislash savollarini ko‘rib chiqishni

  4. AG gabuyurilgan ambulator davoni va umumiy amaliyot vrachi taktikasini taxlil qilish

  5. Gipertonik kasallik va sklerotik arterial gipertenziyasi bor bemorlarni ko‘rsatish.




O‘quv faoliyati natijasi:

Talaba bilishi kerak:

1.Arterial gipertoniya paydo bo‘lish mexanizmi.

2.Gipertenzion sindrom klinik belgilari.

3.Gipertonik kasallik va sklerotik AG taqqosiy tashxislash.

4.Gipertonik kasallik va sklerotik AG si bor bemorlarni shifoxonaga ko‘rsatma.

5.Gipertonik kasallik va va sklerotik AG davolashda dori vositalari.

6.Gipertonik kasallik va sklerotik AG bor bemorlarga ambulator davo.

7.Gipertonik kasallik va sklerotik AG si bor bemorlarni dispanserizatsiyasi.

8.Gipertonik kasallik va sklerotik AG profilaktikasi.

9.Gipertonik kasallik va va sklerotik AG si bor bemorlarni ishga layoqatligini aniqlash.



Talaba bajara olishi kerak:

  1. Gipertonik kasallik va va sklerotik AG si bor bemorlar shikoyati va anamnezini taxlil qila olishi.

  2. Xar xil variantli arterial gipertenziya shuningdek gipertonik kasallik va sklerotik AG ni EKG va klinik belgilari bilan tashxislash va taqqosiy tashxislash.

  3. Arterial gipertenziya bilan kechuvchi, shuningdek gipertonik kasallik va sklerotik AG kasalligida medikamentoz davoni to‘g‘ri tanlash.

  4. Gipertonik kasallik va sklerotik AG da to‘g‘ri taktikani tanlash.

O‘qitish usullari

“ Stol o‘rtasida ruchka ”, grafikali organayzer – konseptual jadval, demonstratsiya, video ko‘rish, diskussiya, suhbat, vaziyatli masalalar va testlarni yechish usullari.

O‘quv faoliyatini tashkillashtirish shakllari

Individual ishlash, kichik guruhlarda, kollektivli, auditorli, auditorlidan tashqari ishlash.

O‘qitish manbalari

Tarqatma o‘quv materiallari, vizual materiallar, videofilmlar, mulyajlar, grafik organayzerlar, tibbiy xaritalar komplekti, jadvallar, stendlar, o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv materiallar, Bemorlar EKG si.

Qayta aloqa usullari va manbalari

Blis-so‘rovlar, testdan o‘tkazish, o‘quv topshiriqlarni bajarilgan natijalarini prezentatsiyasi, tibbiy xarita to‘ldirilishi, amalaiy ko‘nikmalarni «professional darajada» bajarilishi.



Mashg‘ulotlarning texnologik xaritasi

Mavzu: «Bosh og‘rig‘i. Bosh og‘rig‘i bilan kechadigan kasalliklar. Bosh og‘rig‘i bilan kechadigan o‘ta havfli kasalliklar. Gipertonik kasallik va sklerotik arterial gipertenziyaning taqqosiy tashxisi. UASh taktikasi. Tor mutaxassiss yoki shifoxonaga yuborishga ko‘rsatma. Mavzuni o‘tish tamoyillari»




Amaliy dars bosqichlari

Dars shakli
O‘tkazilish joyi

Dars davomiyligi

225

1

Kirish qismi (mavzuni asoslash)




10

2

Mavzuni yangi pedagogik interfaol uslublarni qo‘llagan holda muhokama qilish (usul «ari ini»), hamda demonstratsion materiallarni taqdim qilish (tibbiy xaritalar komplektlari, plakatlar, rentgenogrammalar), boshlang‘ich bilim darajasini aniqlash.

So‘rov, muxokama

Dars xonasi, UASh xonasi

40

3

Muxokama natijasini chiqazish




10

4

Amaliy qismni amalga oshirish uchun vazifa aniqlash- mutaxassis so‘rovi.

Tibbiy xaritalarni to‘ldirish bo‘yicha qoidalar va maslahatlarni tushuntirish.



Muxokama
UASh xonasi

20

5

Amaliy qismni o‘qituvchi nazorati ostida o‘zlashtirish.

Mutaxx. So‘rovi. Bemorlar bilan muloqot va tibbiy xaritalarni to‘ldirish, muammoli masalalar.

Bemorlarni poliklinikada qabul qilish, uyga chaqiriq vaqtida bemorlarni ko‘rigi.

20

6

Bemor haqidagi axborotlar interpretatsiyasi: shikoyatlar, ko‘rik, perkussiya, auskultatsiya, hamda UQT, UST va biokimyoviy tahlillar va tashhisni shakllantirish.

Kasallik tarixi, laborator taxlillar, muammoli masalalar.


25

7

Talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini muhokama qilish, materialni o‘zlashtirish, o‘zlashtirish ko‘rsatkichini baholash.

Og‘zaki so‘rov, testlar, muxokama, amaliy ko‘nikmalarni aniqlash.
Poliklinikadagi o‘quv xonasi

75

8

Amaliy dars mavzusi bo‘yicha xulosa qilish, 100 balli tizimda baho qo‘yish va bahoni e’lon qilish. Keyingi darsni uy vazifasi sifatida berish(savollar to‘plami).

Axborot, mustaqil ish uchun savollar.

Poliklinikadagi o‘quv xonasi

25


2. Motivatsiya

Bosh og‘rig‘i- bu klinik amaliyotda ko‘p uchraydigan simptomlardan biri. “Bosh og‘rig‘i” termini o‘ziga og‘riq turlari va diskomfortini, boshdagi og‘riq lokalizatsiyasini (lekin hayotda uni bosh sog‘asida noxushlik sezish deb ham yuritiladi) o‘z ichiga oladi.

Hech ikkilanmay, tibbiy professional bilim va tajriba, bu xolatni tashxislash va davolashda kritik baholashga undaydi. Jiddiy ekspertli taxlil shuni ko‘rsatadiki, tashxislash chora tadbirlar va terapevtik usullar, bemorlarni parvarishlar va tavsiyalar berish, yaxshi natijalarga erishishda dars jarayonida talabalar e’tiborini to‘g‘ri yo‘naltirishga undaydi.
3. Fanlararo va fan ichi bog‘liqligi

Bosh og‘rig‘i – bu sindpom ko‘plab terapevtik, jarroxlik, infeksion, onkologik, nevrologik, travmatologik kasalliklar amaliyotida uchraydi. UASh amaliyotida tashxislash mezonlari, taqqosiy tashxislash, asoratlar paydo bo‘lishini oldini olish va axolini nogironlikdan asarashda UASh ning zamonaviy bilimlari katta rol o‘ynaydi.


4. O‘qish mazmuni

4.1. Nazariy qism

Ko‘plab arterial gipertenziyasi bor bemorlar tibbiy yordam uchun UASh ga murojaat qilishadi. Gipertonik kasalligi yurak-qon tomir kasalliklari ichida eng ko‘p tarqalgan kasalligi bo‘lib, o‘lim kuzatilishi yuqoridir. Aholining 60 yoshdan kattalari ichida simptomatik sklerotik arterial gipertenziya rivojlanishi kuzatiladi. AG si bor bemorlarni davolashning optimal tartibini tanlash jo‘ta murakkab bo‘lib, shuning uchun bemordagi havf omillar, ya’ni bu dorilarning nojo‘ya ta’siri yaqqol ko‘ringani uchun bu dorilarni aniq klinik vaziyatlarda qo‘llanilishiga qiyinchilik keltiradi. UASh ning say harakatlari nafaqat AG ni olib borish, balkim dorilarni to‘g‘ri tanlab, tibbiy yordam ko‘rsatishdan va ularning yashash joyi va ularning qay guruhga kirish dislokatsiyasini aniqlash, QVP va ShVP sharoitida davolash, o‘z vaqtida shifoxonaga yuborishdan iboratdir. Keng tarqalgan har xil patologiyalarni bartaraf qilishda UASh dan chuqur va zamonaviy bilimga ega bo‘lishlik bemorni davolash samaradorligini oshirishga va hayot tarzi sifatini oshirishga qaratilgan. Bu mavzu aktual bo‘lganligi uchun UASh tayyorlashda o‘quv dasturga kiritilgan.

Nazariy qismida quyidagi savollar ko‘rib chiqiladi:

AG ning arterial bosim ko‘rsatkichiga nisbatan (BJSST, 1992) va nishon a’zolarining shikastlanish darajasiga nisbatan quyidagicha tasniflanadi (BJSST, 1993).

AG ning kechishish og‘irligiga, simptomlar va asoratlar rivojlanish tezligiga, shuningdek BJSST tasnifidan tashqari yana yaxshi sifatli va yomon sifatli AG shakli mavjud. Undan tashqari “boshsizlantirilgan” gipertenziya bo‘lib, bu xolatda sistolik AB 140 - mm.sm.us, diastolik – 100 mm.sm. us va yuqori bo‘lishi kuzatiladi.

Arterial gipertenziyada arterial bosim kattaligiga nisbatan tasnifi

(ESH/ESC 2007).


Toifasi

SAB, mm sm. us.

Optimal

<120

<80

Me’yoriy

<130

<85

Yuqoriy me’yori

130-139

85-89

AG 1- daraja

140-159

90-99

AG 2- daraja

160-179

100-109

AG 3-daraja

>180

>110

ISAG

≥140

<90


Arterial gipertenziyaning etiologik belgilariga nisbatan tasnifi

A. Essensial yoki birlamchi gipertoniya (90-95%)

B. Neyrosirkulyator distoniya

V. Ikkilamchi gipertoniya (5-10%)

Sabablari:

1. Buyrak kasalliklari

Buyrakning parenximatoz kasalliklari

O‘tkir glomerulonefritlar

Surunkali nefritlar

Surunkali pielonefritlar

Obstruktivli nefropatiyalar

Buyrak polikistozi

Buyrakning biriktiruvchi to‘qima kasalliklari

Diabetik nefropatiya

Gidronefroz

Buyrakning tug‘ma gipoplaziya

Buyrak jarohatlari

Renovaskulyar gipertoniya

Reninsekretli o‘smalar

Renopriv gipertoniya

Tuzlarni birlamchi tutilishi (Liddl sindromi, Gordon sindromi)

Turlicha kelib chiqadan surunkali buyrak yetishmovchiligi.

2. Endokrin kasalliklari

Akromegaliya

Gipotireoz

Giperkalsiemiya

Gipertireoz

Buyrak usti kasalliklari:

A. po‘stloq qismi shikastlanishi:

(I) Kushing sindromi

(II) Birlamchi aldosteronizm


(III) tug‘ma buyrak usti giperplaziyasi

B. Miya moddasining shikastlanishi:

Feoxromotsitoma

Buyrak usti tashqarisida joylashgan xromaffin xujayrali o‘smalar

Yomon sifatli o‘smalar

3. Aorta koarktatsiyasi va aortitlar

4. Xomiladorlik asoratlari

5. Nevrologik kasalliklar

Miya ichi bosimining oshishi

Miya o‘smasi

Ensefalitlar

Respirator atsidoz

Uyqudagi apnoe

Oyoq – qo‘llarning total falaji

O‘tkir porfiriya

Rux bilan zaharlinish

Geyen-Barre sindromi

6. Dorilar va ekzogenli moddadalar:

Xomiladorlikdan saqlanish gormonlari

Kortikosteroidlar

Simpatomimetiklar

Kokain


Tiaminli yoki monoaminooksidaza ingibitorlari saqlaydigan oziq-ovqatlar

Nosteroidli yallig‘lanishga qarshi dorilar

Siklosporin

Eritropoetin

7. Jarrohlik asoratlari

Operatsiyadan keyingi gipertoniya



Gipertonik kasallik.

GK asta-sekin boshlanib, ko‘p xollarda to‘satdan birlamchi AB o‘lchanganda yoki diagnostik ko‘rikda aniqlanadi. Bunday AG shakli asosida birlamchi tomirlarni regulyatsiya qiluvsi markaz, keyinchalik bu neyrogumaral va buyrak mexanizmining destruktiv (nevroz) o‘zgarishi kuzatiladi. Kasallik boshlarida bu mexanizm funksional xarakterga ega bo‘lib, AG ning kuchayib borishi natijasida ularga buyrak, yurak, markaziy asab tizimi va boo‘qa a’zolarning organik shikastlanishi qo‘shiladi.

Simptomlar, nishon a’zolarini shikastlanishidan dalolat beradi:

- miya va ko‘z: bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘rishning buzilishi, tranzitor ishimik ataka, xarakat va sezuvchanlikning buzilishi;

- yurak: yurak urib ketishi, ko‘krak sohasida og‘riq bo‘lishi, hansirash;

- buyraklar: chanqash, poliuriya, nikturiya, gematuriya;

- periferike arteriyalar: oyoq-qo‘lning muzlashi, o‘tib ketuvchi maymoqliq.

GB ning II va III bosqichlarida elektrokardiogramma tekshiruvida (EKG), chap qorincha gipertrofiyasi (ChQ) kuzatiladi, ya’ni gipertenziyaning kardial asoratlariga xos o‘zgarishlar xarakterlanadi. Kasallikning II bosqichida exokrdiografik (ExoKG) tekshiruvda miokardning ChQ devori gipertrofiyasi natijasida, miokardning og‘irligi oshadi. Rentgenologik tekshiruvda ChQ gipertrofiyasi va aorta ateroskleroz belgilari kuzatiladi.

Gipertonik angioretinopatyaning 4 ta bosqichi ajratiladi.

-birlamchi – arteriya va arteriolalarni minimal segmentli yoki diffuzli torayishi;

-ikkilamchi – arteriya va arteriolalarni o‘ta aniq torayishi va ular devorining qalinlashi, qalinlashgan arteriolalar bilan venalar bosilishi (Salyus - Gun kesishuv fenomeni); venalar qiyshiqligi va kengayishi;

-uchlamchi – arteriolalarni notekis torayishi va yaqqol sklerozi, qizil rangli qon quyilish o‘choqlari va bo‘shliqlari; ekssudatli turi “ko‘pchitilgan paxta ko‘rinishi”.

-to‘rtlamchi – uchlamchi bosqich belgilari, shuningdek ikki tomonlama ko‘ruv nervi so‘rg‘ichlari shishishi; to‘r parda shishishi va uning ko‘chishi; aniq o‘choqli, so‘rg‘ich va sariq tana atrofida (yulduzli figura); bir tomonlama yoki ikki tomonlama kuchayib boruvchi ko‘rishning pasayishi yoki to‘satdan ko‘rishning buzilishi.

Amaliyotda GB ning uchta klinik variantga ajratilgan: kardial, buyrak va serebral.

Kardial variant IBS shaklli kuchayib boruvchi kardioskleroz, zo‘riqib boruvchi koronal patologiyali xolat.

Buyrakli variantda erta giperfiltratsiya, davriy proteinuriya, gematuriya va keyinchalik buyrak yetishmovchiligi kuzatiladi.

Serebral variant tipik serebral krizlar bilan, ba’zan ishimik va gemorragik insultlar bilan kechadi.

Ko‘p xolatlar bir vaqtning o‘zida yuqoridagi belgilar birgalikda uchrashi mumkin.

Kardial asoratlardan GK bor bemorlarning 50%, bosh miya qon tomirlar buzilishi bilan 30%, buyrak yetishmovchiligi bilan 5% o‘lim bilan tugaydi.

GK klinik kechishidao‘ziga xosligi – gipertonik krizlar paydo bo‘lishi. SAG bor bemorlarda kam xollarda uchrab, faqat AB yuqoriga ko‘tarilgan fonida rivojlanishi mumkin. GK gi bor qari yoshdagi bemorlarda, kriz xolati uchrashi, AB ning oshishi davrida kasallikning birinchi belgilaridan biri bo‘lib hisoblanadi.


Qariyalardagi arterial gipertenziya kechish xususiyati (sklerotik AG).

- yoshi 60 yoshdan >;

- AG aorta va uning asosiy shoxlari tomir elastligining pasayishida ateroskleroz rivojlanishi;

- sistolik bosimning izolyatsiyalangan yoki noproporsional oshishi;

- kasallik nisbatan yengil kechadi, yahshi sifatli keshishga ega;

- sistolik AD > 160 mm sm.us., diastolik < 90 mm sm.us.;



  • Aorta ustida II ton aksenti, qo‘pol metallik, sistolik shovqin, kuraklar oralig‘ida yaxshi eshitiladi.


DAVOLASh

AG ning ratsional farmakoterapiya muammosi bo‘lib, ya’ni antigipertenziv dori vositalarining ko‘pligiga qaramay bu kasallik dolzarbligicha qolmoqda. Zamonaviy dori vositalari AG si bor bemorlar uchun faqatgina samarali gipotenziv ta’sir ko‘rsatmasdan, asoratlar oldini olishda va a’zolar shikastlanishidan asraydi. AG kasalligida AB ni pasaytirishga qaratilgan asosiy maqsadlardan biri, kasallikning asoratlarini oldini olishdir. AB boshlang‘ich ko‘rsatkichga nisbatan 20-25% ga pasaytirish mumkin. AB optimal xolati ko‘rsatkichi deb sistolik 140 mm sm.us, diastolik - 90 mm sm.us dan past hisoblanadi. AB pasayish chegarasi gipertonik, ensefalopatiya, ko‘z tubi, buyrak perfuziyasi va boshqa hayot uchun muhim a’zolardagi o‘zgarishlar simptomlarini kuchsizlantiradi yoki butunlay yo‘qotadi.


Davolashning umumiy tamoyillari

  1. Bemorlar bilan ishonchli munosabat o‘rnatish.

  2. Davodan maqsad – bemor umrini uzaytirish va hayot tarzini o‘zgartirish.

  3. Davoning vazifalari- AB 140/90 mm sm.us. gacha pasaytirish yoki yoshga nisbatan (120-130/80 mm sm.us.- yoshlarda, <140/90 mm sm.us. –kariyalarda).

  4. Yurak qon tomir kasalliklarini keltirib chiqaradigan havf omillarini inobatga olish.

  5. Bemorga nomedikamentoz davo usullari va avzalliklari to‘g‘risida tushuntirib berish.

  6. Arterial gipertoniyaning yengil va o‘rtacha kechishida, hali nishon a’zolarini shikastlani kuzatilmaganda, davolash chora-tadbirlari ambulator sharoitda AB ni monitoring qilinadi.


Nomedikamentoz davo.

Agarda bemorlarda diastolik AB 90-100 mm sm. us. Bo‘lsa va nishon a’zolari shikastlanishi kuzatilmasa, nomedikamentoz davoni samaradorligi 3 oydan kam bo‘lgan vaqt ichida baholash mumkin emas. Davoni AB ni ko‘taradigan ayrim dori vositalarini to‘htatishdan boshlanadi (nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, kortikosteroidlar, kombinirlangan oral kontraseptivlar, estrogenlar). Nomedikamentoz davo tana vaznini me’yorlashtirish, jismoniy sport bilan shug‘illanish, chekishni tashlash, autotrening, tuz miqdorini va alkogolni chegaralashni o‘z ichiga oladi. Semizlik AB ni oshishiga olib kelishi aniq. Inson 1 kg ozganda sistolik AB 2,5 mm sm. us. O‘rtacha pasayadi, diastolik- esa 1,5 mm sm. us kamayadi. Tana vazni indeksi quyidagicha hisoblanadi:

H/W2, H- tana vazni (kg), W- bo‘yi (m). Agarda bu ko‘rsatkich 20-25 kg/m2 dan yuqori bo‘lsa, bemorga ozish tavsiya etiladi.
Jismoniy aktivlik

AB pasaytirish uchun regulyar jismoniy mashqlar bajarish lozim. Mashqlarni zo‘raytirishni asta-sekin olib borish kerak. Qisqa vaqtli izotonik zo‘riqishlarga ko‘rsatmalar bor, masalan piyoda yurish. Izometrik zo‘riqishlar qarshi ko‘rsatma xisoblanadi, chunki ularni bajarishda AB ko‘tarilishi kuzatiladi.


Autotrening

Bemor asabiylashishdan saqlanishi kerak. Agarda buni qila olmasa, autotrening tavsiya etiladi.


Parxezli terapiya

Ovqatlanishning asosiy davolash tamoyillariga quyidagilar kiradi:



  1. Organizmni energiya sarflanishiga nisbatan ratsiondagi energetik quvvatni jiddiy e’tiborga olish kerak, chunki semizligi bor bemorlarda – sutkalik kaloriya kamaytiriladi; parxezni antiaterosklerotik yo‘nalishi va uni eykozopentaenli kislotaga to‘yinganligi, trombotsitlar agregatsiyasini kamaytiradi;

  2. Sutkalik erkin suyuqlik miqdorini 1-1,5 l iste’mol qilinish miqdorini kamaytirish;

  3. Markaziy asab tizimi va yurak qon tomir tizimini qo‘zg‘atuvchi oziq-ovqatlar (go‘shtli va baliqli sho‘rvalar, achchiq choy, kofe), qorin dam bo‘lishiga va ichak quldirashiga olib keladigan oziq-ovqatlardan (dukkaklilar, no‘hat, gazli ichimliklar va b.) iste’mol qilmaslik kerak;

  4. Parxez taomlar lipotrop moddaga boy va hujayrali qobiqqa ega oziq-ovqatlar, shuningdek dengiz mahsulotlaridan iste’mol qilish tavsiya etiladi (dengiz baliqlari, qisqichbaqa, omarlar, krevetkalar, dengiz karami);

  5. Osh tuzini iste’mol qilish chegaralanadi. Nimtatir oziq-ovqatlar iste’mol qilish tavsiya etiladi. Sutkalik ratsionda osh tuzi iste’moli 6 gr dan oshmaslik kerak. Natijasida gipoxloremiya holati yuzaga kelmaslik uchun sutkalik osh tuziga 2 gr dan kam bo‘lmasligi kerak. Osh tuzi o‘rniga ovqatlarni tuzlash uchun sanasol -1,5-3,0 gr/sut qo‘llash mumkin, o‘z tami bilan osh tuziga yaqin, natriy xlor saqlamaydi.

  6. Alkolgol iste’mol qilishni chegaralash. Alkogol vazopressor ta’sir ko‘rsatadi. Kundalik toza spirtga nisbatan 20 ml dan ko‘p iste’mol qilinishi AB oshishiga olib kelib, AG ni davolashga qiyinchilik tug‘diradi. Shuning uchun alkogolni sutkalik iste’moli toza spirtga nisbatan 10-20 ml/sut oshmasligi kerak. Bunda AB ni 5-10 mm sm. us. Pasayishiga olib keladi.

  7. Sut va qatiq mahsulotlari va o‘simlik parxezlari, magniy tuzlariga boy bo‘lib, AB pasayishiga olib keladi.

  8. Oziq-ovqatlarning kalsiyga to‘yinganligi foydali bo‘lib, iloji borija yog‘ va kofeinlardan saqlanish kerak. Qizil miya ildizi saqlaydigan oziq-ovqatlar iste’mol qilinish taqiqlanadi.


Medikamentoz davo.

Zamonaviy tibbiyotda har xil ta’sir mexanizmga ega bo‘lgan gipotenziv dori vositalari keng qo‘llaniladi. (Jadv. 5-16).



Medikamentoz davoga ko‘rsatmalar:

- birlamchi topilgan turg‘un AG da diactolik AD> 95 mm sm.us.;

- nishon a’zolari shikastlanganda;

- nomedikamentoz davoning smarasizligida.

Gipotenziv dorilarni tanlashda, ularning nojo‘ya effektlarini rivojlanishiga olib keladigan havfni va ortostatik gipotoniyaga va AB judayam pasayib ketishiga olib kelmaslikni inobatga olish kerak. Davo samardorlgini pasaytiradigan havflarni yo‘qotish kerak.
Gipotenziv dori vositalarni qo‘llashdagi zamonaviy taktika.


  • AG ni davolashdan maqsadni quyidagicha izohlash mumkin: AB yuqori ko‘tarilganda kasallikni va o‘limni oldini olish (dorili profilaktika)

  • Kasallikni zo‘rayib ketishini olidni olish, asosan yurak gipertonik kasalligi (miokard gipertrofiyasining regressiyasi);

  • AB ni bemor uchun optimal bo‘lgan holatda ushlab turish;

  • Bemor hayot tarzi sifatini yaxshilash.


Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə