«tasdiqlayman»


NSD va YuIK etiologiyasi va patogenezi



Yüklə 1,7 Mb.
səhifə2/17
tarix17.09.2017
ölçüsü1,7 Mb.
#45
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17

NSD va YuIK etiologiyasi va patogenezi.

NSD tansifi va tashxiz mezonlari.

NSDli bemorlarni ambulator davolash va xar hil NSD turlarida UASh tktikasi.

Stabil zo‘riqish stenokardiya va NSD differensial tashxizi.

Stenokardiya tansifi va stenokardiya kechishining xar hil variantlarida UASh tktikasi

ShVP va QVP statsionari sharoitida stenokardiyaining xar hil variantlarini davolash standatlari.

YuIKni bilamachi va ikkilamchi profilaktikasi.

YuIK stenokardiyasili bemorlarni dispanser kuzatuvi va monitoringi tamoyillari.



8. Tavsiya etilgan adabiyotlar

Asosiy

  1. Ichki kasalliklar, Sharapov U.F. T: Ibn Sino, 2003

  2. Ichki kasalliklar, Bobojanov S. T: Yangi asr avlod, 2008

  3. Vnutrennie bolezni, tom 1 Muxin N.A. M.: GEOTAR - Media,2009

  4. Textbook of Internal Medicine Editor-in-Chief William N. Kelley 1997

Qo‘shimcha

  1. Umumiy amaliyot vrachlar uchun ma’ruzalar tuplami , Gadaev A.G., T., 2012

  2. Obщaya vrachebnaya praktika, Pod red.F.G.Nazirova, A.G.Gadaeva. M.: GEOTAR-Media, 2009.

  3. Spravochnik vracha obщey praktiki. Dj.Myorta. M.: Praktika, 1998.

  4. Sbornik prakticheskix navыkov dlya vrachey obщey praktiki. Gadaev A., Axmedov X.S. T., 2010.

  5. Umumiy amaliyot vrachlar uchun amaliy kunikmalar tuplami Gadaev A.G., Axmedov X.S., 2010. T.

  6. Terapevticheskiy spravochnik Vashingtonskogo Pod red. M.Vudli M.: Praktika, 2000.

  7. Umumiy amaliyot shifokori uchun kullanma F.G.Nazirov, A.G.Gadaev taxr. M.: GEOTAR-Media, 2007.

  8. Diagnostika bolezney vnutrennix organov. Okorokov A.N.2005.

  9. Lechenie bolezney vnutrennix organov. Okorokov A.N.2005.

  10. Differensialnыy diagnoz vnutrennix bolezney. Vinogradov A.V. M.: Meditsinskoe informatsionnoe agenstvo, 2009.

  11. Vnutrennie bolezni: uchebnik.- v 2-x t. (1t) Pod red. Martыnova i dr. M.: GEOTAR - Media, 2005:

Internet manbalar:

http://www.lib.uiowa.edu/hardin/md/index.html,http://dir.rusmedserv.c,http://www.medlinks.ru/,

http://elibrary.ru http://www.freebooks4doctors.com/ http://www.medscape.com/ http://www.meducation.net/ http://www.thecochranelibrary.com

www.medlook.ru, www.medbok.ru, www.medicum.ru, www.medtext.ru.

Amaliy mashg‘ulot№2

Mavzu: «Ko‘krak qafasida og‘riq. YuIK, miokardit va miokardiodistrofiyani qiyosiy tashhislash. UASh taktikasi. Tor mutaxassis maslaxati yoki tor bo‘limga gospitalizatsiya qilishga ko‘rsatmalar. QVP va OP sharoitida davolash tamoyillari, dispanser ko‘rik, nazorat va reabilitatsiya qilish. Ishga layoqatsizlikni aniqlash. Mavzuni o‘qitish tamoyillari.»

O‘qitish texnologiyasi

O‘qish vaqti: 6 soat

Darsning tuzilishi

  1. O‘quv tematik xona.

  2. EKG xonasi

  3. UASh xonasi.

  4. O‘quv qo‘llanmalar, fantomlar, mulyajlar, tarqatma materiallar, vaziyatli masalalar to‘plami va testlar.

  5. Televizor, video apparatura, multimedia

O‘quv darsining maqsadi: UAShni “Umumiy amaliyot shifokorining kvalifikatsion xarakteristikasi”da nazarda tutilgan talablarga mos ravishda stenokardiya, miokarditlar va miokardiodistrofiyalarning turli ko‘rinishlari bilan kasallangan bemorlarni tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inida o‘z vaqtida erta tashhislash va qiyosiy tashhislash, davolash, xamda olib borish tamoyillariga o‘rgatish.

Pedagogik vazifalar:

  1. Miokardiodistrofiya, miokardit va stenokardiyaning turli xil klinik ko‘rinishlarini tashxislash xususiyatlari

  2. Miokardiodistrofiya, miokardit va stenokardiyaning turli xil kechishidagi tashhislash masalalarini ko‘rib chiqish.

  3. Miokardiodistrofiya, miokardit va stenokardiyaning turli xil ko‘rinishlaridagi laborator instrumental tekshiruvlar natijalarini muhokama qilish

  4. Miokardiodistrofiya, miokardit va stenokardiyada qiyosiy tashhislash o‘tkazish

  5. Miokardiodistrofiya, miokardit va stenokardiyaning diagnostik kriteriylarini aniqlash

  6. Miokardiodistrofiya, miokardit va stenokardiyaning olib borish tamoyillarini muxokama qilish.

  7. Davolash tamoyillarini muxokama qilish (nomedikamentoz va medikamentoz).

  8. Olib borish tamoyillarini, kuzatuvni va bemorlar monitoringi QVP va OP sharoitida muxokama qilish.

  9. Yuqoridagi kasalliklarda birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktika chora tadbirlarini muxokama qilish.

  10. Miokardiodistrofiya, miokardit va stenokardiya bilan og‘rigan bemorlarni namoyish qilish.

O‘qitish faoliyatining natijalari:

UASh bilishi shart:

  1. Miokardiodistrofiya, miokardit va stenokardiyaning etiologiyasi, tasnifi va patogenezi.

  2. Miokardiodistrofiya, miokardit va stenokardiyaning klinik belgilari

  3. Miokardiodistrofiya, miokardit va stenokardiyaning qiyosiy tashhislanishi

  4. Miokardiodistrofiya, miokardit va stenokardiyani davolashda ishlatiladigan dori moddalar ro‘yxati

  5. Miokardiodistrofiya, miokardit va stenokardiya bilan og‘rigan bemorlarni dispanser kuzatuvi va monitoringi tamoyillari

  6. Yuqoridagi kasalliklarda birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi profilaktika tamoyillari.

UASh qila olishi kerak:

  1. Shikoyatlar va anamnez axborotlarini miokardiodistrofiya, miokardit va stenokardiyaning turli xil shakllariga mos ravishda taxlil qila olishi.

  2. Miokardiodistrofiya, miokardit va stenokardiyaning laborator-instrumental tekshiruvlar natijalariga monand tashhislash va qiyosiy tashxislashi lozim.

  3. EKG olish texnikasini namoyish qilish va uni taxlil qila olish.

  4. Isbotlangan ta’sirga ega preparatlarni tanlay olish.

  1. Nomedikamentoz davo usullari bo‘yicha maslaxat bera olish.

  2. QVP va OP sharoitida monitoring o‘tkaza olish.

O‘qitish uslublari

usul «ari ini», namoyish qilish, grafikli organayzer- kaskad, videotasvir tomosha qilish, baxs, suxbat, testlar va vaziyatli masalalar yechish.

O‘qitish faoliyatini tashkil qilish shakllari

Individual tarzda ish yuritish,guruxlarda ishlash, auditor, auditoriyadan tashqari vazifalar bajarish.

O‘qitish uskunalari

Tarqatma vizual o‘quv materiallar, videofilmlar, mulyajlar, grafikli organayzerlar, tibbiy xaritalar majmuasi, jadvallar va stendlar.

Qayta aloqa uslub va uskunalari

Blis-so‘rov, test, o‘quv vazifasini bajarilish natijalarini namoyon qilish, tibbiy xaritalarni to‘ldirish va “mutaxassis so‘rovi” amaliy ko‘nikmasini bajarish.


Mashg‘ulotning texnologik xaritasi

Mavzu: «Ko‘krak qafasida og‘riq. YuIK, miokardit va miokardiodistrofiyani qiyosiy tashhislash. UASh taktikasi. Tor mutaxassis maslaxati yoki tor bo‘limga gospitalizatsiya qilishga ko‘rsatmalar. QVP va OP sharoitida davolash tamoyillari, dispanser ko‘rik, nazorat va reabilitatsiya qilish. Ishga layoqatsizlikni aniqlash. Mavzuni o‘qitish tamoyillari.»



Amaliy dars bosqichlari

Dars shakli
O‘tkazilish joyi

Dars davomiyligi

225

1

Kirish qismi (mavzuni asoslash)




10

2

Mavzuni yangi pedagogik interfaol uslublarni qo‘llagan holda muhokama qilish (usul «ari ini»), hamda demonstratsion materiallarni taqdim qilish (tibbiy xaritalar komplektlari, plakatlar, rentgenogrammalar), boshlang‘ich bilim darajasini aniqlash.

So‘rov, muxokama

Dars xonasi, UASh xonasi

40

3

Muxokama natijasini chiqazish




10

4

Amaliy qismni amalga oshirish uchun vazifa aniqlash- mutaxassis so‘rovi.

Tibbiy xaritalarni to‘ldirish bo‘yicha qoidalar va maslahatlarni tushuntirish.



Muxokama
UASh xonasi

20

5

Amaliy qismni o‘qituvchi nazorati ostida o‘zlashtirish.

Mutaxx. So‘rovi. Bemorlar bilan muloqot va tibbiy xaritalarni to‘ldirish, muammoli masalalar.

Bemorlarni poliklinikada qabul qilish, uyga chaqiriq vaqtida bemorlarni ko‘rigi.

20

6

Bemor haqidagi axborotlar interpretatsiyasi: shikoyatlar, ko‘rik, perkussiya, auskultatsiya, hamda UQT, UST va biokimyoviy tahlillar va tashhisni shakllantirish.

Kasallik tarixi, laborator taxlillar, muammoli masalalar.

25

7

Talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini muhokama qilish, materialni o‘zlashtirish, o‘zlashtirish ko‘rsatkichini baholash.

Og‘zaki so‘rov, testlar, muxokama, amaliy ko‘nikmalarni aniqlash.
Poliklinikadagi o‘quv xonasi

75

8

Amaliy dars mavzusi bo‘yicha xulosa qilish, 100 balli tizimda baho qo‘yish va bahoni e’lon qilish. Keyingi darsni uy vazifasi sifatida berish(savollar to‘plami).

Axborot, mustaqil ish uchun savollar.

Poliklinikadagi o‘quv xonasi

25


2. Motivatsiya

Ko‘krak qafasida og‘riq shikoyati bilan bemorlar birlamchi sog‘liqni saqlash amaliyotida ko‘p uchraydi.Bunday xolatlarda UASh vazifasi ko‘krak qafasida og‘riq diagnostikasi va qiyosiy tashxisga qaratilgan bo‘lishi kerak.Bu simptom turli kasalliklarda shuningdek stenokardiyalar,miokarditlar va miokardiodistrofiyalarda uchraydi.Bu kasalliklar ko‘proq nevrozlarda,gipodinamiyalarda,pubertat va klimakterik davrdagi endokrin disgarmoniyalarda,shuningdek asab ruxiy yoki jismoniy zo‘riqish,infeksiyalar,zaxarlanishlar,toksikomanlardagi abstinensiya bilan bog‘liq nevrozsimon xolatlar va boshqa sabablarda uchraydi.Oxirgi yillarda yuqoridagi bemorlar soni ko‘payib bormoqda.UAShdan tashxislash,tibbiy yordam ko‘rsatish va bunday gurux bemorlarni yo‘naltirish joyini aniqlash,QVP yoki OP sharoitida davolash yoki ixtisoslashtirilgan shifoxonalarga yo‘naltirishga qaratilgan chora tadbirlar talab etiladi.Bunday xolatlar UASh tayyorlash programmasi tematikasining asosiga kiradi.



3. Fanlararo va fanlar ichidagi aloqalar

Ushbu mavzuni o‘qitilishida talabalar bilimini asosi bo‘lib xisoblanadi anatomiya, Gistologiya embriologiya va sitologiya, Biologiya, Normal fiziologiya, Bioximiya, Patologik anatomiya, Patologik fiziologiya, Topografik anatomiya va operativ xirurgiya, Ichki kasalliklar propedevtikasi, Tuberkulez, Onkologiya, Rentgenologiya i tibbiy radiologiya, Fizioterapiya, Endokrinologiya, Fakultet terapiya, Gospital terapiya, Ortopediya



4. Mashg‘ulot tarkibi

4.1. Nazariy qism

Nazariy qismda quyidagi savollar ko‘rib chiqiladi :



Miokarditlar - yurak mushaklarini yallig‘lanish kasalligi.Miokarditlar birlamchi va ikkilamchiga farqlanadi.Birlamchi miokarditlarni ko‘proq turli qo‘zg‘atuvchilar (bakteriyalar,viruslar,zamburug‘lar,sodda xayvonlar,gelmintlar) chaqiradi.Qo‘zg‘atuvchi turiga qarab miokarditlar spesifik va nospesifik bo‘ladi.Yurak mushaklarini jaroxatlanishi kamroq radiatsiya,toksik moddalar,travmalar ta’sirida yuzaga keladi. Bundan tashqari miokarditlar kollagenozlarda (tizimli qizil volchanka,revmatoid artrit,dermatomiozit),revmatizmlarda,o‘tkir pnevmoniyalarda,dori vositalar kasalliklarida rivojlanadi.Ko‘rsatilgan kasalliklarda yoki jaroxatlanishlarda miokardit rivojlanishi kasallikni asosiy belgisi bo‘lmaydi.

Miokarditlarning etiologik klassifikatsiyasi.

  1. Virusli miokarditlar.

Etiofaktorlar viruslar: Koksaki A va B, poliomielitning, epidemik parotitning, qizamiqning, qizilchaning, gripp (AvaB), Denge isitmasi, suvchechak, o‘rab oluvchi temiratki, oddiy gerpesning, Epshteyn -Barr, VICh, sitomegalovirus.

  1. Bakterial miokarditlar.

Spesifik va nospesifik kasallik qo‘zg‘atuvchilari etiofaktorlari : revmatizmning, skarlatinaning, toshmali va qorin tifining, salmonellezning, meningokokkli infeksiya, tuberkulez, zaxm, brusellezning va boshqalar.

  1. Zamburug‘li miokarditlar (qo‘zg‘atuvchisi Cryptococcus neoformans).

  2. Miokarditlar, sodda xayvonlar chaqirgan: Laym kasalligi, toksoplazmoz, xlamidiaz.

  3. Gelmintlar chaqirgan miokarditlar (trixinellez, exinokokkoz).

  4. Nurli miokarditlar.

  5. Toksik miokardit.

  6. Posttravmatik miokardit.

  7. Allergik miokardit (dorili va parazitar genezli).

  8. Kollagenozlarda miokarditlar .

Og‘ir miokarditlarning aloxida shakli farqlanadi - Abramov-Fidler idiopatik miokarditi (miokarditning psevdokoronar varianti).

Miokarditlarning diagnostikasi. Osnovana na nalichii klinicheskix simptomov porajeniya serdsa i rezultatov dopolnitelnыx metodov issledovaniya.Yurak jaroxatlanish klinik belgilari va qo‘shimcha tekshirish usullari natijalariga asoslangan.

  1. Periferik simptomlar: rangparlik, lab sianozi, temperatura ko‘tarilishi.

  2. Yurak qon tomir tizimi jaroxatlanish simptomlari:

  1. Og‘riq simptomlari (davomiy to‘mtoq, nitratlar samara bermaydigan yurakdagi sanchuvchi og‘riqlar);

  2. Yurak turtkisini susayishi,yurak chegarasini kengayishi,diastolik ot dupuri ritmi yoki sistolik shovqin,yurak tonlarini bo‘g‘iqlashishi,arterial bosim pasayishi,yurak xarakati ritmi va chastotasini buzilishi;

  3. Chap qorincha tipidagi yoki o‘ng qorincha tipidagi yurak qon tomir yetishmovchiligi belgilari (xansirash,bo‘yin venalarini bo‘rtishi,o‘pkada nam xirillash eshitilishi,jigar kattalashishi,oyoqlarda shishlar);

Prodromal davrda etiofaktor bilan bog‘liq kasalliklar.

Yurak jaroxatlanishini tasdiqlovchi quyidagi qo‘shimcha tekshirish usullari:

-EKG: ST segmentida o‘tuvchi o‘zgarishlar va T tishida o‘zgarishlar;

-ExoKG va yurak rentgenografiyasi - yurak o‘lchamlarini kattalashishi;

-O‘tkir faza ko‘rsatkichlari: SOE oshishi, eozinofiliya, neytrofil leykotsitoz, sial kislotalari, fibrinogen oshishi, S-reaktiv oqsil musbat, disproteinemiya globulin fraksiyalari oshishi bilan, yurak izofermentlarini miqdorini oshishi.

-Miokarditlarning kechishini klinik shakllari:

-O‘tkir,o‘tkir osti,surunkali kechishi.

Miokarditlarning diagnostik me’zonlari.

( Kardiologlarning Nyu-York assotsiatsiyasi 1973)



  1. Sinusli taxikardiya.

  2. I ton susayishi.

  3. Ritm buzilishi, bedana ritmi bilan birga.

  4. EKG o‘zgarishi: bo‘lmacha-qorincha o‘tkazuvchanligini sekinlashishi, (ST-T) repolyarizatsiya buzilishi.

  5. Kardiomegaliya.

  6. Aspartataminotransferazalar (AsAT) oshishi.

  7. Yurak yetishmovchiligi.

Miokarditlarning asoratlari:

  • O‘tkir yurak yetishmovchiligi (yurak astmasi, o‘pka shishi);

  • Paroksizmal ritm buzilishi yurak yetishmovchiligi bilan;

  • atrioventrikulyar blokada yurak to‘xtashi bilan;

  • perikardit;

  • dilyatatsion kardiomiopatiyalar rivojlanishi;

Asorat ko‘proq idiopatik miokardit Abramov-Fidlerda kuzatiladi (mersal aritmiya, tromboembolik sindrom, progressirlanuvchi yurak yetishmovchiligi).

Miokarditlarni qiyosiy tashxislash.

Miokarditlarni qiyosiy tashxislash yurakni organik va funksional jaroxatlanishi bilan o‘tkaziladi:

1.revmatik miokardit;

2.allergik miokardit;

3. kollagenozlardagi miokardit;

4.kardiomiopatiyalar;

5.perikardit;

6. miokard distrofiyalari (endokrinopatiyalar, anemiyalar, alkogolli va klimakterik kardiomiopatiyalar);

7.infarkt miokard yoki stenokardiyalar;

8.kardionevrozlar;

9.chap bo‘lmacha yoki qorincha miksomasi;

10.Turli etiologiyali endokarditlar;

11.Qorincha anevrizmasi;

12.Tug‘ma yurak nuqsonlari.



Miokarditlarni davolash. Parxez stol №10 Pevzner bo‘yicha, og‘riq sindromi va yurak yetishmovchiligi belgilari yo‘qolguncha yotoq rejimi.Aniq etiologiyada etiotrop davo ishlatiladi. Primenyaetsya etiotropnoe lechenie pri izvestnoy etiologii. Revmatik miokarditda qo‘llaniladi- salitsilatlar, ba’zida prednizolon; allergik miokarditning opistorxozning erta fazalari fonida prazikvantel patogenetik davodan so‘ng, tizimli qizil volchankada - prednizolon yoki prednizolon bilan siklofosfan (metatreksat). Nurli miokardit prednizolon bilan davolanadi. Simptomatik terapiya yurak qon tomir yetishmovchiligini davolashda, aritmiyani profilaktikasi va davolashda, metabolik terapiya,o‘choqli infeksiyasini sanatsiyasida qo‘llaniladi.

Oqibati: tuzalish; miokarditik kardioskleroz ritm buzilishi bilan yoki yurak yetishmovchiligi, dilyatatsion kardiomiopatiya rivojlanishi.

Dispanserizatsiya. Miokardit o‘tkazgan bemorlar kardiolog yoki terapevt kuzatuvida bo‘ladi,kuzatuv soni kasallik og‘irligiga,yondosh kasalliklarga bog‘liq.Tekshiruv o‘z ichiga oladi:Umumiy qon analizi, ExoKG va EKG,qolgan tekshirishlar va maslaxatlar ko‘rsatmaga ko‘ra o‘tkaziladi.Miokarditlarda birlamchi va ikkilamchi profilaktika o‘tkaziladi.

Yüklə 1,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə