Ташқи иқтисодий фаолиятни ривожлантиришда суғурта бозорининг роли



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə1/6
tarix27.03.2018
ölçüsü0,49 Mb.
#34833
  1   2   3   4   5   6


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT” FAKULTETI




Bitiruv malakaviy ishi

himoyaga tavsiya etildi

“Xalqaro iqtisodiyot” kafedrasi mudiri v.v.b. dots. I.A.Axmedov


____________________________

«_____»___________2011 yil



BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Mavzu: Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda

sug`urta bozorining roli


Bajardi: “Tashqi iqtisodiy faoliyat” fakultetining “Jahon iqtisodiyoti va XIM” ta’lim yo’nalishi 4-kurs talabasi


XOLIQOV XUSANJON G`ULOMOVICh ______________________________________

__________________________


Ilmiy rahbar: «Xalqaro iqtisodiyot» kafedrasi kat.o’q. N.A.Sultanova

_____________



TOSHKENT – 2011

Mundarija

Kirish

3

I.Bob.Tashqi iqtisodiy faoliyatning ilmiy-nazariy asoslari




1.1.Tashqi iqtisodiy faoliyat tushunchasining mohiyati va asosiy shakllari.

7

1.2.Tashqi iqtisodiy aloqalar va ularning amalga oshirilish yo’llari

10

1.3.O’zekiston tashqi iqtisodiy faoliyatida bo’lgan asosiy o’zgarishlar

18


II.Bob.Sug`urta bozorining shakllanishi va rivojlanish dinamikasi




2.1. Sug`urta bozori va uning tarkibiy tuzilishi

26

2.2.Sug`urta bozorini boshqarish mexanizmlari va uning elementlari.

30

2.3.Halqaro va milliy tajriba: qiyosiy tahlil

37

III.Bob.O’zbekiston tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlanishida sug`urta siyosatining ahamiyati






3.1.O’zbekiston Respublikasida sug`urta biznesi taraqqiyotining moliyaviy masalalari

52

3.2.O’zekiston import va eksport salohiyatini oshirishda sug`urta siyosati va «O’zbekinvest»ning ahamiyati

59

3.3.O’zekiston sug`urta siyosati investitsion loyihalarning himoya omili sifatida shakllanishi

68

Xulosa va takliflar


73


Foydalanilgan adabiyotlar

75

Ilovalar

79



KIRISh
Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti o’zining ma’no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat – milliy iqtisodiyotlarning tobora integrastiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro maydondagi raqobatning ham keskinlashuviga, har bir mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi o’z mavqeini mustahkamlash uchun kurashining kuchayishiga ham ta’sir ko’rsatadi.

Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda sug`urta bozorining ahamiyati va roli har bir mamlakat uchun nihoyatda muhim masala sanaladi. Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish vazifasi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda doimo diqqatimiz markazida bo’lib, iqtisodiy rivojlanish borasida erishgan yutuqlarimizning muhim omili hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida kechayotgan murakkab jarayonlar iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, raqobatbardoshligini oshirish uchun uning tarkibiy tuzilishini muttasil takomillashtirib borish zaruratini yanada kuchaytirdi. Mamlakatning raqobatbardoshligi eng avvalo uning iqtisodiyoti raqobatbardoshligi orqali ifodalanadi.1 Bu esa bevosita tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi siyosat instrumentlariga taqaladi.

Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek,” Bu yil barchamiz ona yurtimiz, O’zbekistonimizning yangi tarixidagi eng buyuk va qutlug` sanalardan biri – Vatanimiz mustaqilligining 20 yillik shonli bayramini keng nishonlaymiz. Tabiiyki, bu bizdan barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirayotgan keng ko’lamli islohotlarimizni atroflicha tahlil etib, kelgusi rejalarimizni aniq-ravshan belgilab olishni talab etadi.”2

Shunga ko’ra, biz mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va tashqi iqtisodiy faoliyat sohasini rivojlanishida sug`urta bozorining o’rni va joriy va istiqboldagi chora-tadbirlarini belgilashda jahon moliyaviy inqirozi oqibatlarining ta’sirini har tomonlama hisobga olishimiz, iqtisodiy rivojlanish dasturlarini ushbu jarayonlar ta’siri nuqtai-nazaridan shakllantirishimiz va ularni izchil amalga oshirishimiz taqozo etiladi.

Shu bilan birga hozirgi murakkab sharoitda O’zbekiston iqtisodiyotini erkinlashtirish va modernizastiyalash asosida tashqi iqtisodiy faoliyat tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini oshirish eng dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Respublikamizning jahon iqtisodiyoti va unda ro’y berayotgan jarayonlarda faol ishtirok etishi iqtisodiyotimizga qo’shimcha imkoniyatlar ochib beradi, tashqi iqtisodiy aloqalarning qayta qurilishi yurtimizda ijtimoiy yunaltirilgan bozor iqtisodiyotining shakllanishini tezlashtiradi.

Bitiruv malakaviy ishning maqsadi va vazifalari. Tadqiqotning asosiy maqsadi jahon bozoriga integrastiyalashuv sharoitida tashqi iqtisodiy faoliyat rivojlantirishdagi sug`urta siyosatining islohotlar natijalarini tahlil qilish asosida uni rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini aniqlash, inqirozdan chiqish sharoitida O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish va rag`batlantirishni takomillashtirishda sug`urta siyosati yuzasidan amaliy takliflar va tavsiyalar berishdan iboratdir. Maqsadga erishish yo’lida ilmiy izlanish oldiga quyidagi vazifalar qo’yildi


* Tashqi iqtisodiy faoliyat tushunchasining mohiyati va asosiy shakllari.

* Tashqi iqtisodiy aloqalar va ularning amalga oshirilish yo’llari

* O’zekiston tashqi iqtisodiy faoliyatida bo’lgan asosiy o’zgarishlar

* Sug`urta bozorining va uning tarkibiy tuzilishi

* Sug`urta bozorini boshqarish mexanizmlari va uning elementlari.

* Halqaro va milliy tajriba: qiyosiy tahlil

* O’zRda sug`urta biznesi taraqqiyotining moliyaviy masalalari

* O’zekiston import va eksport salohiyatini oshirishda sug`urta siyosati va «O’zbekinvest»ning ahamiyati

* O’zekiston sug`urta siyosati investistion loyihalarning himoya omili sifatida shakllanishi


Bitiruv malakaviy ish mavzusining tadqiq etilganlik darajasi. Tashqi iqtisodiy faoliyatning nazariy-uslubiy asoslari A. Elyanov, Ann Xarrison, Piter N. Lindert, A.P. Kireev, N.A. Miklashevskaya, A.V. Xolopov va boshqa bir qator chet ellik olimlarning asarlarida batafsil o’rganilgan. O’zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni, jumladan sug`urta siyomatini boshqarish va rivojlantirish masalalari o’zbek iqtisodchi olimlari: A.O’lmasov, N. To’xliev, S.S. G`ulomov, J.Jalolov, A.Alimov, Bekmurodov A.Sh., G.G. Nazarova, N. Sirojiddinov va boshqalar tomonidan ham o’rganilgan.

Tadqiqot ob’ekti va predmeti. Tadqiqotning ob’ekti bo’lib O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyati, uni rivojlantirish sohasidagi islohotlar jarayoni, sug`urta siyosati va ustuvor yo’nalishlar bilan bog`liq bo’lgan iqtisodiy munosabatlar tadqiqotning predmeti hisoblanadi.

Tadqiqot uslubiyati va uslublari bo’lib, O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatga tegishli qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Prezident I.A.Karimov asarlari, jahon tajribasida qo’llanilayotgan ilmiy yondashuvlar, iqtisodchi olimlar hamda mutaxassislarning tadqiq etilayotgan muammo yuzasidan amalga oshirgan ilmiy tadqiqotlari xizmat qildi.

Tadqiqotning axborot bazasi sifatida O’zbekiston Respublikasi Statistika Davlat qo’mitasi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investistiyalar va savdo vazirligi ma’lumotlaridan foydalanildi.



Tadqiqotning ilmiy yangiliklari. Ushbu bitiruv malakaviy ishida

- O’zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari;

- Eksport-import operatsiyalarini sug‘urtalashda O’zbekinvestning faoliyati yo’nalishlari ;

- tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishda sug`urta bozorini boshqarish mexanizmlarining usullari ko’rib chiqilgan.



Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Ushbu bitiruv malakaviy ishi natijalaridan mamlakatimizning jahon xo’jalik tizimiga integrastiyasida, tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishda va mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishda, shuningdek “Xalqaro iqtisodiy munosabatlar”, “Jahon iqtisodiyoti”, “Xalqaro savdo” kabi maxsus fanlardan ma’ruza matnlarini tayyorlashda foydalanish mumkin.

Tadqiqotning tarkibiy tuzilishi. Bitiruv malakaviy ish tarkiban kirish, uchta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilovalardan iborat.

I.BOB. Tashqi iqtisodiy faoliyatning nazariy-uslubiy asoslari

1.1. Tashqi iqtisodiy faoliyat tushunchasining mohiyati va asosiy shakllari.

«Biz tashqi aloqalarni xalqaro

munosabatlarning turli yo’nalishlari

bo’yicha muvaffaqiyatli rivojlantirishni

xavfsizlik va barqarorlikni kafolati

deb bilamiz». I.Karimov

Цivilizastiyaning rivojlanishi alohida olingan davlatlarni xalqaro xo’jalik aloqalariga muntazam ravishda jalb etishga olib keladi, bu esa yagona global jahon iqtisodiyotini barpo etishga imkon yaratadi. Dunyodagi barcha mamlakatlar umumiy iqtisodiy qonunlarga ko’ra rivojlanadi, bu qonunlar xalqaro munosabatlar iqtisodiy xarakterining ustuvor bo’lishini kafolatlaydi.

Ehtiyojlarning doimo murakkablashib boradigan tarkibi, resurslar taqchilligi va olisligi nafaqat alohida olingan davlat ichidagi hududlar o’rtasida, balki turli davlatlar va jahon mintaqalari o’rtasida ham yanada samaraliroq ayirboshlash vositalarini talab etadi.

Dunyoning turli mintaqalarida iqtisodiy rivojlanish va aholining o’sishi notekis yuz beradi, bu ham xalqaro ayirboshlashni kengaytirish zaruratini yuzaga keltiradi; ushbu jarayonlar yangi bozorlar (tovarlar, xizmatlar, mehnat, axborot, moliya va boshqa bozorlar)ni rivojlantirishga, xomashyoni olib kirishga, texnologiya va axborotlarni ayirboshlashga, ilmiy, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, madaniy va boshqa tashqi iqtisodiy aloqalarga imkon yaratadi.

O’zbekistonda ko’plab korxona va birlashmalar, korporastiya va kompaniyalar, firma va boshqa tashkilotlar xorijlik sheriklar bilan tashqi savdo aloqalarini muvaffaqiyat bilan rivojlantirmoqdalar, xorijlik investorlar ishtirokida yirik investistiya loyihalarini amalga oshirmoqdalar, xalqaro ishlab chiqarish hamkorligini butun choralar bilan kengaytirmoqdalar va chuqurlashtirmoqdalar. Tashqi iqtisodiy aloqalarning ushbu shakllari milliy iqtisodiyotni rivojlantirishga ta’sir ko’rsatadi. Ana shu ta’sir natijalarining tahlili va xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etishni hisobga olgan holda iqtisodiyotni rivojlantirish istiqbollarini belgilash tashqi iqtisodiy aloqalar va tashqi iqtisodiy faoliyat tushunchalarining mazmuni to’g`risidagi aniq tasavvurga asoslanishi kerak.



Tashqi iqtisodiy aloqalar - iqtisodiyotning barcha tarmoqlari va faoliyatning boshqa sohalarida davlat va uning sub’ektlari xalqaro hamkorligining xilma-xil shakllari tizimidir.3

Davlat sub’ekti tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) tashqi iqtisodiy aloqalarni ro’yobga chiqarish jarayonidir. Bu tushuncha O’zbekistonda mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng keng qo’llanila boshladi, chunki biz sovet xukumati davrida xorijiy davlatlar bilan tashqi iqtisodiy aloqalarda mustaqil ishtirok etish imkoniyatidan maxrum edik.

Hozirgi vaqtda O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish 1991 yil 14 iyundagi O’zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g`risida” qonuni bilan tartibga solinadi, qonunning yangi tahriri 2000 yil 26 mayda e’lon qilingan edi, va unga ko’ra tashqi iqtisodiy faoliyat deganda, O’zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o’rnatish va rivojlantirishga ?aratilgan faoliyati tushuniladiariga ular zimmasiga davlat tomomnidan yuklangan huquq va majburiyatlarning tasarrufchilari kiradi. Bular o’zini-o’zi boshqaradigan hududlar, ularning mulkchilik shaklidan qat’i nazar xo’jalik yurituvchi sub’ektlar (akstiyadorlik jamiyatlari, davlat korxonalari, kichik va o’rta korxonalar, xorijiy investistiyalar ishtirokidagi korxonalar, xususiy tadbirkorlar va hokazolar)dir.

Binobarin, tashqi iqtisodiy aloqalar bir aniq mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan xalqaro mehnat taqsimoti, fan va ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish hamda boshqa omillarga asoslangan ishlab chiqarish, savdo, siyosiy va boshqa xil munosabatlaridir. Tashqi iqtisodiy faoliyat tashqi iqtisodiy aloqalarni ro’yobga chiqarish jarayonidir.

Tashqi iqtisodiy aloqalar xalqaro mehnat taqsimoti, ishlab chiqarish va fanni ixtisoslashtirish, xo’jalik hayotini baynalmillashtirish jarayonidan ob’ektiv ravishda kelib chiqadi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning shakllanishi va rivojlanishi aalohida olingan mamlakatlarning o’zaro aloqalari va bir-biriga bog`liqligining kuchayishi bilan belgilanadi.

Shunday qilib, davlatning tashqi iqtisodiy aloqalari turli sohalarda: tashqi savdo, faoliyatining ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, investistiya, valyuta-moliya va kredit, axborot, madaniy va sport turlari, mehnat resurslarini olib o’tishda o’rnatiladi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning ana shu barcha turlarini quyidagi shakllarga birlashtirish mumkin: savdo (tovarlarni ayirboshlash, xizmatlar ko’rsatish), qo’shma tadbirkorlik, hamkorlikning boshqa turlari. Ular xalqaro iqtisodiy munosabatlar amaliyotida, ayniqsa, keng tarqalgan.

Tashqi iqtisodiy aloqalar tarixiy va iqtisodiy toifa hisoblanadi. Tarixiy toifa sifatida tashqi iqtisodiy aloqalar stivilizastiya mahsulotidir. Ular davlatlar paydo bo’lishi bilan yuzaga keladi va ular bilan birga rivojlanadi. Ushbu aloqalarning rivojlanishiga, ayniqsa, feodalizmning tanazzuli kuchli turtki berdi. Natural xo’jalikdan tovar-pul munosabatlariga o’tilishi alohida davlatlarning milliy bozorlarini rivojlantirishga va ushbu milliy bozorlarning tovar ayirboshlashida keskin sakrashni tug`diradi, bu esa davlat munosabatlarining iqtisodiy sohasida baynalmila aloqalar va xalqaro ayirboshlash kengayishi va chuqurlashishiga olib keldi.

Iqtisodiy toifa sifatida tashqi iqtisodiy aloqalar barcha turdagi resurslarning davlatlar va turli davlatlarning iqtisodiy sub’ektlari o’rtasidagi harakati paytida yuzaga keladigan ishlab chiqarish – iqtisodiy munosabatlar tizimini tashkil qiladi. Ushbu ikki taraflama munosabatlar davlat iqtisodiy hayotining barcha sohalarini, avvalo, uning ishlab chiqarish, savdo, investistiyaga oid va moliyaviy faoliyatini qamrab oladi.

Tashqi iqtisodiy aloqalar orqali jahon bozorining tovar va xizmatlarga talabi muayyan davlatning ichki bozoriga o’tkaziladi, bu esa ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirishga imkon yaratadi, bu, o’z navbatida, sanoat, qishloq xo’jaligi, savdo, moliya muassasalari va xizmatlar sohasini rivojlantirishga olib keladi.

Mamlakat ichki bozorining rivojlanishi natijasida davlat ichida taklif hajmi talab hajmidan o’sib keta boshladi, bu hol tashqi savdo operastiyalarining kengayishi, sarmoya qiymatining arzonlashishi va ishlab chiqarish hamda muomala chiqimlarining kamayishiga olib keladi.

O’zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyatning asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:

1. Xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik;

2. Tashqi savdo faoliyati;

3. Xorijiy investistiyalarni jalb qilish;

4. O’zbekiston Respublikasidan tashqarida investistiya faoliyati.

Xalqaro iqtisodiy va moliyaviy hamkorlik - ishlab chiqarish, moliya, bank va sug`urta faoliyati, ta’lim va kadrlarni tayyorlash, turizm, sog`qliqni saqlash, ilmiy-texnikaviy, madaniy, ekologiya, gumanitar va boshqa soqalarda qonun qujjatlarida belgilangan tartibda O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro manfaatli aloqalarni o’rnatishi va kengaytirishga qaratilgan tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdir.

Tashqi savdo faoliyati xalqaro tovarlar, xizmatlar (ishlar) va intellektual mulk savdosi soqasidagi bitimlarni amalga oshirish bo’yicha tadbirkorlik faoliyatidir.

Tashqi savdo faoliyati tovarlarni, ishlarni (xizmatlarni) eksport va import qilish yo’li bilan amalga oshiriladi.


1.2.Tashqi iqtisodiy aloqalar va ularning amalga oshirilish yo’llari
Har qanday davlatning tashqi iqtisodiy faoliyati jahon xo’jaligining faoliyat ko’rsatishi bilan bog`langan va muqarrar ravishda nafaqat milliy huquqiy me’yorlar, balki xalqaro huquq standartlari bilan ham tartibga solinadi. Tabiiyki, milliy huquq reglamentastiyalari bilan xalqaro iqtisodiy huquq o’rtasida muayyan ziddiyatlar mavjud. Bir tomondan, davlatlarning huquq sohasidagi suverenitetini e’tirof etmaslik mumkin emas, boshqa tomondan esa xalqaro qoidalar ustuvorigini tan olish zarurati u yoki bu mamlakatlar suvereniteti sohasiga kattagina cheklovchi ta’sir ko’rsatadi.

Milliy huquqiy hujjatlarni davlatlararo shartnomalarga muvofiq tarzda muayyan darajada birxillashtirish hozirgi bosqichda ushbu muammoning eng maqbul echimi hisoblanadi, ya’ni xalqaro huquqning qoida va me’yorlari amaliyotda milliy qonun hujjatlari orqali ro’yobga chiqariladi.

O’zgartirish jarayonlarining keskinligi O’zbekiston milliy qonun hujjatlarini xalqaro stnadartlarga keltirish jarayonida muayyan murakkabliklarni yuzaga keltirdi. Ushbu vazifa izchillik bilan bir necha bosqichlarda hal etib borildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasiga taalluqli qonun hujjatlari va me’yoriy hujjatlarning ko’pligini e’tiborga olib, O’zbekistonning jahon iqtisodiy tizimiga kirishi xususiyatlarini ko’rib chiqamiz.

Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlarni erkinlashtirish va chuqurlashtirish jarayoni tashqi iqtisodiy faoliyatni huquqiy boshqarish strategiyasining o’ziga xosliklarini va ham mintaqaviy miqyosda, ham alohida mamlakatlar darajasida savdo-iqtisodiy hamkorliginining tegishli ustuvorliklarini belgilab berdi.

2000 yil boshida mamlakatimiz dunyoning 38 davlati bilan savdo-iqtisodiy hamkorlik to’g`risidagi, 35 davlat bilan esa sarmoya kiritishni rag`batlantirish va himoyalash to’g`risidagi kelishuvlarni imzoladi.4 Bu o’rinda ham huquqiy-shartnomaviy bazani shakllantirishda songa emas, balki sifatga e’tibor qaratildi, ya’ni har bir kelishuv O’zbekistonning milliy manfaatlaridan va sherik davlatning o’ziga xosliklaridan kelib chiqib tayyorlandi.

O’zbekistonning AQSh bilan ko’p qirrali hamkorligining huquiy bazasini takomillashtirish jarayoni jadal olib borildi, hozir 20 dan ortiq o’zaro kelishuv va shartnomalar amal qilmoqda, ular qatorida kapital qo’yilmalarni rag`batlantirish va himoya qilish haqidagi kelishuv ham bor. Amerika qit’asi davlatlari ichida AQShdan tashqari katta sarmoya resurslariga va texnologik imkoniyatlariga ega bo’lgan Kanada bilan shartnomaviy-huquqiy munosabatlarning rivojlanayotganligini alohida ta’kidlash kerak.

Evropa Ittifoqi mamlakatlari bilan munosabatlarni rivojlantirish O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy strategiyasining ajralmas qismi hisoblanadi.

Uzoq muddatli, barqaror va umum tan olingan tamoyillar asosiga qurilgan o’zaro xo’jalik hamkorligini ta’minlovchi Evropa Ittifoqi bilan iqtisodiy aloqalarni huquqiy ta’minlash orqali o’z strategik manfaatlariga erishish maqsadida O’zbekiston qator ikki tomonlama shartnomalardan tashqari, Sherikchilik va hamkorlik to’g`risida kelishuv shaklida savdo-iqtisodiy hamkorlik to’g`risidagi umumiy kelishuvni ham imzolagan, u 1998 yil iyunida kuchga kirgan. Uni amalga oshirish uchun O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori va O’zbekiston Respublikasi bilan Evropa hamjamiyati va unga a’zo davlatlar o’rtasidagi Sherikchilik va hamkorlik to’g`risidagi kelishuvni amalga oshirish bo’yicha 2000-2005 yillarga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasi hukumatining asosiy tashkiliy chora-tadbirlari umumiy dasturi qabul qilindi.

MDH mamlakatlari bilan munosabatlar ham jadal rivojlanmoqda. Hamdo’stlik mamlakatlari bilan munosabatlar ilgari mavjud bo’lgan iqtisodiy aloqalarning tabiiy davomi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda MDH mamlakatlari bilan aloqalar madaniy savdo-sotiq olib borishga to’siq bo’layotgan moliyaviy imkoniyatlarning cheklanganligi tufayli murakkablashmoqda.

O’zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasini ishlab chiqishda va takomillashtirishda jahonning boshqa mintaqalari mamlakatlari bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga ham muhim ahamiyat berish kerak.

Xalqaro moliya-iqtisodiy tashkilotlarga a’zolik ko’ptomonlama hamkorlik darajasida shartnomaviy-huquqiy bazani shakllantirish siyosati doirasida O’zbekiston Respublikasi uchun dolzarblik kasb etmoqda. 1994 yildan boshlab O’zbekistonning Umumjahon savdo tashkilotiga kirishi bo’yicha huquqiy tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda, bu tashkilotga a’zolik O’zbekiston uchun yangi imkoniyatlarni ochishi mumkin.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik milliy qonunchilik asosida ham huquqiy tartibga solinadi. “O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g`risida”gi Qonun bu jarayonning samaradorligini ta’minlayda, unda O’zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarini tuzish, uzaytirish va bekor qilish huquqiy vositalarining amal qilishida tegishli vazirliklar va idorlarning vakolatlari, ixtisoslashuvlari aniq belgilangan. Bu qonun mamlakat bo’yicha umuman tashqi aloqalarning shartnomaviy-huquqiy bazasini rasmiylashtirish sohasini rivojlantirishga olib keldi.

90-yillardayoq qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g`risida”gi Qonuni mamlakatda tashqi iqtisodiy faoliyatni har tomonlama muvofiqlashtirishda muhim o’rin egallaydi.

1.2.1-rasm



Manba:5

Amaliyotning ko’rsatishicha, bu qonun iqtisodiyotni boshqarishning ma’muriy-buyruqbozlik usullaridan bozor usullariga bosqichma-bosqich o’tish, tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarish sharoitlarida iqtisodiy islohotlarning dastlabki bosqichlarida muhim rol o’ynadi. Biroq 90-yillarning ohirlarida boshlangan mamlakat iqtisodiyotini erkinlashtirish jarayonlari tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish va boshqarish oldiga yangi-yangi talablarni qo’ya boshladi. Bundan tashqari, respublikada ushbu qonunga u yoki bu darajada daxldor bo’lgan qator qonunlar qabul qilindi. “Valyuta boshqaruvi to’g`risida”, “Xorijiy investistiyalar to’g`risida”, “Bojxona tarifi to’g`risida”, “Investistiya faoliyati to’g`risida”, “Tadbirkorlik va tadbirkorlar faoliyatining kafolatlari to’g`risida”gi Qonunlar shular jumlasidandir. Shu munosabat bilan 2000 yilning may oyida mamlakat parlamenti tomonidan O’zbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g`risida”gi Qonuni yangi tahrirda qabul qilindi, unda bu sohada keyinchalik qonun yaratish faoliyati uchun asos bo’ladigan tashqi iqtisodiy faoliyatning konsteptual asoslari aniq belgilab berildi. Ushbu qonunning 3-moddasiga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyat deganda O’zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslarining xorijiy davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o’zaro foydali iqtisodiy aloqalarni o’rnatish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyati tushuniladi6.

Qonunning yangi tahririda tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning ma’muriy usullaridan iqtisodiy usullarini ustuvorligi metodologik tamoyil sifatida aniq belgilandi hamda davlat va uning organlarining tashqi iqtisodiy faoliyat sub’ektlari ishiga noqonuniy aralashishlari man qilindi. Qonunning yangi tahriri moddalari mamlakat qonunchiligida yuz bergan o’zgarishlarni, tashqi savdo rejimini erkinlashtirish vazifalarini hamda boshqa tahririy tuzatishlar va qo’shimchalarni hisobga olib yangilandi.

Keyingi yillarda O’zbekiston milliy iqtisodiyoti sub’ektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatini erkinlashtirishga qaratilgan, shu jumladan, eksport va import operastiyalarini tariflar vositasida va notarif boshqarishni tartibga solish, eksport mahsuloti ishlab chiqarishni rag`batlantirishga doir chora-tadbirlar ko’rildi.

1.2.2-rasm



Manba:7


Mazkur choralarning hammasi imtiyozli tusda bo’lib, amaldagi huquqiy me’yorlardan ba’zi istisnolarni taqozo etadi. Biroq ular shunchaki imtiyozlar tizimi emas, barcha ko’rsatilgan imtiyozlar tizimi aniq yo’nalishga ega: ular yuqori darajada qayta ishlangan eksport mahsulotini ishlab chiqaradaigan korxonalardagina tatbiq etiladi, shu sababli undan savdo-vositachi tashkilotlar, xom ashyo resurslarini eksport qiluvchi va shu kabi boshqa tashkilotlar foydalana olmaydilar.

Tabiiyki, o’z mahsulotining faol eksportini ta’minlash bozorning xorijiy qatnashchilari bilan hamkorlik qilishda yanada real bo’lib bormoqda. Shu sababli mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari va ularning xorijlik sheriklari uchun qonun hujjatlarini muvozanatlashtirish maqsadida O’zbekiston Respublikasining mamlakatimizga chet el investistiyalari oqimini tartibga soluvchi maxsus qonunlari qabul qilindi, 1994 yilda qabul qilingan ana shunday yo’nalishdagi dastlabki qonun (“Chet el investistiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari to’g`risida”) so’zsiz, chet el investistiyalarini jalb etishda ijobiy rol o’ynadi, lekin xo’jalik amaliyotining real holati uni yanada takomillashtirishni taqozo etdi, shuning uchun unga muayyan o’zgartirish va qo’shimchalar kiritib borildi (1994, 1995, 1997 yillarda). 1998 yilda O’zbekiston Respublikasida “Chet el investistiyalari to’g`risida”gi yangi Qonun amalga kiritildi, u iqtisodiy rivojlanishning o’zgarib borayotgan sharoitlariga javob beradi, jahon hamjamiyatida chet ellik investorlar va chet el investistiyalariga nisbatan qabul qilingan barcha talablar va qoidalarni e’tiborga oladi.

Jahon hamjamiyatida allaqachon tadbirkorlikning milliy rejimini xorijiy qatnashchilarga tatbiq etish belgilovchi qoidaga aylangan. U bir qator xalqaro hujjatlar: Xalqaro savdo palatasining “Xalqaro investistiyalar uchun amal qiluvchi qoidalar”, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “Sarmoya harakatini erkinlashtirish kodeksi” va “Xalqaro sarmoya qo’yilmalari va ko’p millatli korxonalar to’g`risida”gi dekalarastiyasida mustahkamlangan. Bundan tashqari, Jahon banki va Xalqaro Valyuta Fondi chet el investistiyalari rejimi to’g`risida amal qiluvchi qoidalar”ni qabul qildi, unda chet el sarmoyasini biror-bir mamlakatga kiritish qoidalari, rejimni qo’llashga doir standartlar, sarmoya va foydalarni o’tkazish tartibi, nizolarni bartaraf etishning qoida va mexanizmlari, bir qancha boshqa jihatlar ta’riflangan.

Milliy rejim qoidasi dunyoda borgan sari kenga tarqalmoqda. Investistiya chorlarining savdo jihatlariga doir kelishuvga muvofiq, Umumjahon savdo tashkiloti ishtirokchisi bo’lgan mamlakatlar uchun investistiya choralariga tariflar va savdo bo’yicha bosh kelishuv doirasidayoq qabul qilingan tadbirkorlikning milliy rejimi qoidasi tatbiq etiladi. Bundan tashqari, xalqaro savdoda miqdoriy cheklashlardan voz kechish qoidasi qayd etilgan.

“Chet el investistiyalari to’g`risida”gi Qonunga muvofiq va o’z institutlari bilan davlat chet ellik investorlarga O’zbekiston Respublikasi hududida investistiya faoliyatini amalga oshirishlari paytida ularning huquqlari himoya qilinishini kafolatlaydi. Moddalarning birida shunday deyiladi: “Chet ellik investorlar va chet el investistiyalari uchun adolatli va teng huquqli rejim, ularning to’liq va doimiy himoyasi hamda xavfsizligi ta’minlanadi. Bunday rejim O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilab qo’yilgan rejimga qaraganda noqulayroq bo’lishi mumkin emas.

Chet el investistiyalarini huquqiy rejimi O’zbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan aalga oshirilayotgan investistiyalarning tegishli rejimiga qaraganda noqulayroq bo’lishi mumkin emas”.8

Shu bilan birga chet ellik investorlarga xalqaro huquq qoidalariga muvofiq g`oyatda keng huquqlar, jumladan, investistiyalashni amalga oshirishning hajmlari, turlari va yo’nalishlarini mustaqil belgilash, investistiya faoliyatini amalga oshirish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish, o’zining investistiyalariga va investistiya faoliyatining natijalariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish erkinligi berilgan.

Chet ellik investorlar investistiya faoliyati natijasida olingan o’ziga qarashli ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalarini patentlashtirish to’g`risida mustaqil ravishda qaror qabul qiladilar, olingan daromadni mustaqil tasarruf etadilar, respublikaga kerditlar va qarzlar tariqasida pul mablag`larini jalb qilish, o’zlaridagi milliy valyuta mablag`laridan ichki valyuta bozorida chet el valyutasini sotib olish uchun foydalanish huquqiga va O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquqlarga egadirlar.

Chet ellik investorlar uchun investistiya faoliyatini amalga oshirish maqsadida har qanday xorijiy davlatning fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar bilan mehnat shartnomalarini erkin tuzish imkoniyatlari yaratilgan. Ular butun O’zbekiston hududi bo’ylab erkin harakatlana oladilar, mamlakatimiz investorlari bilan teng holda sug`urta himoyasiga bo’lgan huquqdan foydalanadilar.

“Chet el investistiyalari to’g`risida”gi Qonunning asosiy qoidalari xalqaro amaliyotda qabul qilingan talablarga to’la muvofiq keladi, zero, chet ellik investorlar respublika ichki bozorida mamlakatimiz investorlari bilan teng sharoitlarga qo’yilgan. Biroq shuni e’tiborga olish joizki, ushbu qonunga ko’ra, chet ellik investorlar O’zbekiston hududida chet el investistiyalari ishtirokidagi korxonalarni barpo etishlari va ularga respublika qonun hujjatlariga binoan taqdim etiladigan imtiyozlar tizimidan foydalanishlari mumkin. Ushbu imtiyozlar, xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 20 martda qabul qilingan “Eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag`batlantirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g`risida”gi, 1996 yil 31 mayda qabul qilingan “Chet el investistiyalari ishtirokidagi korxonalarni barpo etish va ular faoliyatini rag`batlantirishning qo’shimcha chora-tadbirlari to’g`risida”gi, 2005 yil 11 aprelda qabul qilingan “To’g`ridan-to’g`ri xususiy xorijiy investistiyalarni jalb etishni rag`batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g`risida”gi farmonlarida va bir qator boshqa qonun hujjatlarida ta’kidlangan.

Shunday qilib, O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyati borgan sari xalqaro huquq me’yorlariga yaqinlashtirilayotgan mustahkam qonunchilikka asoslanadi.


Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə