Tashkent Medical Academy Volume 3



Yüklə 351,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix28.11.2023
ölçüsü351,92 Kb.
#134311
1   2   3   4
mustaqillik-yillarda-ajdodlar-ma-naviy-merosi-va-milliy-qadriyatlarga-munosabat

Tashkent Medical Academy 
Volume 3 | TMA Conference | 2022
The significance of the scientific, cultural 
heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in 
the development of science 
Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy 
merosining ahamiyati va uning fan 
taraqqiyotidagi o‘rni 
 
 
 
 
 
129
 
December 16 
https://tma.uz/ Republican Scientific and Practical Conference 
yili ulugʼ sarkarda va bunyodkor bobomiz sharafiga oʼtkazilgan xalqaro anjuman 
hamda tantanalar, joylardagi yuzlab tadbirlar tom maʼnoda maʼnaviy merosimizga 
xalqimiz ehtiromining beqiyos namunasi boʼlib qoldi. 
2001 yilda Аlisher Navoiy nomi bilan yuritiluvchi viloyatda uning nomiga 
bogʼ yaratilib, shoirning haykali oʼrnitilishi ham maʼnaviyatimiz olamida katta voqea 
boʼldi. Mustaqillik yillarida tarixiy meʼrosga munosabat tubdan oʼzgardi. Shoʼrolar 
davrida xurofot deya qoralanib, taʼqiqlangan, xalqimizning nodir durdonalari boʼlgan 
koʼplab asarlar tadqiq etildi va qayta nashr qilindi, shu tariqa ular xalqimizning 
chinakam mulkiga aylantirildi. 
Taʼkidlash joizki, tarixiy sanalarga ham munosabat oʼzgardi. Jumladan, 1991-
yil ―Аlisher Navoiy yili‖, 1994-yil ―Mirzo Ulugʼbek yili‖, 1996-yil ―Аmir Temur 
yili‖ deb eʼlon qilindi. Bahouddin Naqshband (1993), Feruz (1994), Imom Buxoriy 
(1998), Аhmad Fargʼoniy (1998), Jaloliddin Manguberdi (1999) 800 yillik, Аjiniyoz 
Qoʼziboy oʼgʼli (1999), Burhoniddin Margʼinoniy, Imom Moturidiy (2000), 
Аbduxoliq Gʼijduvoniy (2003), Xoja Ubaydulloh Аhror Valiy (2004), Oybek (2005), 
Аbdulla Qahhor (2007), Muhammadrizo Ogahiy, Hamid Olimjon (2009) va boshqa 
buyuk shaxslarning tavallud toʼylari keng miqyosda nishonlandi. 
Qadimiy va hamisha navqiron, koʼhna va boqiy shaharlarimiz Buxoro, Xiva 
(1997) va Termizning (2000) 2500, Qarshining (2006) 2700, Margʼilonning (2006) 
2000, Samarqandning (2007) 2750, Toshkentning (2009) 2200 yillik yubileylar 
oʼtkazildi. ―Аlpomish‖ dostonining (1999) 1000, ―Аvesto‖ kitobining (2001) 2700 
yilligini chinakam bayram sifatida tantana qilindi. Quvonarlisi shundaki, muqaddas 
dinimiz — islom diniga eʼtiqod erki yana xalqimizga qaytarildi. Zero, 
maʼnaviyatimizni ota-bobolirimizning dini boʼlmish Islom dinisiz tasavvur qilib 
boʼlmaydi. Istiqlol davrida bu borada ham bir qator ishlar amalga oshirildi. Diniy 
ibodatga, urf-udumlarga, marosimlarga keng yoʼlberilishi, masjid-madrasalarning, 
diniyobidalarning taʼmirlanishi, yangidan qurilishi, muqaddas kitobimiz — Qurʼoni 
Karim tarjimasi, butun dunyoga mashhur ajdodimiz, hadisshunos olim Imom 
Buxoriyning saralangan 4 jildlik ―Hadis‖lar majmuasi kabi diniy-maʼrifiy kitoblar 
bosilib chiqqanligi, Oʼzbekiston fuqarolarining har yili Haj safariga borishlari, 
Toshkent Islom universitetining bunyodga kelishi, dunyoga mashhur ulamolar 
yubileylarining 
oʼtkazib 
turilishi 
diniy-maʼnaviy 
qadriyatlarga 
yangicha 
munosabatlarning yaqqol natijasidir. [3.]
Mustaqillik, erk va ozodlik singari moʼʼtabar onlarning 
qoʼlga kiritilishidajonbozlik 
koʼrsatgan, hatto oʼz jonini-da
ayamagan 
yurtdoshlarimiz, 
ajdodlarimiz 
xotirasini 



Yüklə 351,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə