Tashkil etish



Yüklə 22,41 Kb.
səhifə1/5
tarix04.06.2022
ölçüsü22,41 Kb.
#88815
  1   2   3   4   5
8-Mashg'ulot.


8-mashg’ulot. FAVQULADDA VAZIYATLARDA SHIKASTLANGAN O’CHOQLARDA QUTQARUV VA BIRLAMCHI TIKLOV ISHLARINI
TASHKIL ETISH
Ishdan maqsad :
-Tabiiy ofatlar yuz berganda olib boriladigan qutqaruv va tiklov ishlari o’tkazishni o’rganish
-Zilzila oqibatlarini bartaraf etish ishlarini tashkil etishni o’rganish
-Suv toshqini, ko’chki va sel ofati oqibatlarini bartaraf etish tadbirlarini o’rganish
-Avariya va xalokat oqibatlarini bartaraf etish qoidalarini o’rganish

Tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish avariyalari va halokatlar yuz berganda katta miqyosdagi kulfatlarga olib keladi hamda ko’plab insonlarning hayotiga zomin bo’ladi. Agar bu falokatlar o’z vaqtida bartaraf qilinmas ekan ularning qamrovi milliy, hatto, transchegaraviy darajadagi favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish – favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda o’tkaziladigan chora-tadbirlar, jumladan, insonlarning sog’lig’ini va hayotini saqlash, atrof-muhitga yetkaziladigan zarar va moddiy yo’qotishlar miqdorini kamaytirish, favqulodda vaziyatlar yuz bergan hududlarni halqaga olish, xavf xususida aholini o’z vaqtida ogohlantirish, iqtisodyot tarmoqlarining barqaror ishlashini ta’minlash, yuzaga keladigan xavfli omillar ta’sirini tugatishga qaratilgan avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmas tiklov ishlarining majmuasidan iborat. Mazkur majmuani tashkil qiluvchi omillarning eng asosiy turi – bu favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda o’tkaziladigan avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmas ishlar (QBTI) hisoblanadi. Chunki tabiiy ofatlar, ishlab chiqarish avariyalari va halokatlar o’zining to’satdan yuzaga kelishi bilan hamda keltiradigan zararlari bilan xavfli. Bu halokatlarning oldini oluvchi va boshqa zaruriy chora-tadbirlar qanchalik tez bajarilsa, ularning talafotga olib keluvchi ta’sirlarini bartaraf etish shunchalik oson kechadi. Buning uchun avariya-qutqaruv va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlarni olib boruvchi kuchlar va vositalar tayyor bo’lishi lozim. QBTI ishlarini olib borishda rahbarlar tarkibi, ishlarni olib boruvchi mutaxassislar ham mazkur ishlarni tashkillashtirish va olib borish, yuz bergan favqulodda vaziyatlarning mohiyatini, mazmunini yaxshi bilishlari va bajariladigan tadbirlar bo’yicha amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishlari shart. Tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda quyidagi avariya-qutqaruv ishlari bajariladi:


– tizimlarning harakatlanish yo’nalishi va bajariladigan ishlar ko’lamini aniqlash;
– tizimlarning harakat yo’nalishida va bajariladigan ish hududlaridagi yong’inni halqaga olish va o’chirish;
– jabrlanuvchilarni qidirib topish va ularni qutqarish;
– vayron bo’lgan, buzilgan, yong’inli, suv bosgan, gazga, tutunga to’lgan obyektlarda qolgan fuqarolarni qutqarish;
– jabrlanganlarga birinchi tibbiy va birinchi shifokor yordamini ko’rsatish va ularni davolash muassasalariga evakuatsiya qilish;
– aholini xavfli hududlardan xavfsiz hududlarga ko’chirish;
– shikastlangan o’choqlarda zaruriy sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish;
aholini suv, oziq-ovqat va boshqa birinchi ehtiyoj buyumlari bilan ta’minlash.
Boshqa kechiktirib bo’lmaydigan ishlar (tiklov ishlari) quyidagilardan tashkil topgan:
– yuk tashish yo’llari va vayronalardan o’tish joylarini tozalash;
– qutqaruv ishlarini olib borishda gazli, elektrli, suvli kanalizatsiya va texnologik tizimlardagi avariyalarni to’sish va tiklash ishlari;
– harakat xavfsizligiga va qutqaruv ishlarini olib borishga to’sqinlik qiluvchi inshootlarni buzish yoki uni mustahkamlash;
– aloqa va kommunal-energetik tarmoqlardagi falokatlarni tuzatish hamda tiklash va boshqa ishlar.
Demak, tiklov ishlarini olib borishdan maqsad – tizimlar harakatlanadigan yo’llarni tozalash, aloqa, transport, kommunal-energetik, texnologik tizimlardagi buzilishlarni va falokat oqibatlarini to’sish va ularni tiklash yo’li bilan qutqaruv ishlarini o’tkazish uchun shart-sharoitlar yaratishdan hamda shikastlangan hududlarda aholini xavfsiz yashash sharoitini tashkil etishdan iborat.

Yüklə 22,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə