Tashqi iqtisodiy faoliyat. Tovar nomenklaturasi va uning qoidalari


TASHQI SAVDO FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA



Yüklə 60,53 Kb.
səhifə2/6
tarix15.05.2022
ölçüsü60,53 Kb.
#87049
1   2   3   4   5   6
TASHQI IQTISODIY FAOLIYAT

TASHQI SAVDO FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA

“Boj tarifi to‘g‘risida” va “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi qatnashchi hisoblangan xalqaro konvensiyalar va shartnomalarga muvofiq, shuningdek, tarif bilan boshqarish usullarini takomillashtirish va ulardan ustuvor foydalanish asosida tashqi savdo faoliyatini izchil erkinlashtirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

1. 2001-yil 1-martdan boshlab O‘zbekiston Respublikasida Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning Uyg‘unlashtirilgan tizimiga (1996-yilda yaratilgan) asoslangan Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi (TIF TN) qo‘llaniladi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan birgalikda 2001-yilning birinchi yarim yilligi mobaynida zarur tashkiliy chora-tadbirlar bajarilishini va tashqi iqtisodiy faoliyatning ko‘rsatib o‘tilgan tovar nomenklaturasi joriy etilishi va qo‘llanilishi bilan bog‘liq metodik masalalar hal etilishini ta’minlasin.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va Davlat bojxona qo‘mitasi 2001-yilning birinchi choragida O‘zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi nashr etilishini va keyinchalik uning vaqti-vaqti bilan yangilanishini ta’minlasinlar.

2. Import boj stavkalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va ular 2001-yil 1-martdan boshlab joriy etilsin.



Keyingi tahrirga qarang.

3. Idoralararo boj-tarif Kengashi 2-ilovaga* muvofiq tarkibda tuzilsin.

*2-ilova berilmaydi.

Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari etib belgilansin:

tashqi iqtisodiy faoliyatni tariflar bilan tartibga solish chora-tadbirlarining chet el tajribasini o‘rganish va ularni yanada takomillashtirish, bojlar va yig‘imlar stavkalarini belgilash va o‘zgartirish yuzasidan takliflar tayyorlash;

O‘zbekiston Respublikasining Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasiga (TIF TN) o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida takliflar tayyorlash;

respublikaning bojxona chegarasidan olib o‘tiladigan tovarlarga nisbatan tarifsiz tartibga solish chora-tadbirlarini qo‘llash yuzasidan tavsiyalarni ishlab chiqish;

boj-tarif imtiyozlari va preferensiyalarning amaldagi tizimini tahlil etish va unga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish yuzasidan takliflar kiritish.



Keyingi tahrirga qarang.

4. Belgilansinki, 2001-yil 1-martdan boshlab umumiy qiymati 10 ming AQSh dollaridan ortiq bo‘lgan kontraktlar bo‘yicha 3-ilovaga muvofiq tovarlar “Erkin muomala uchun chiqarish (import)” rejimida jo‘natishdan oldin majburiy ravishda nazoratdan o‘tkazilgan taqdirda bojxonada rasmiylashtiriladi.



Keyingi tahrirga qarang.

2001-yil 1-martgacha tuzilgan va O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlarida hisobga qo‘yilgan hamda ular bo‘yicha tovarlar keltirilayotgan va/yoki to‘lov amalga oshirilayotgan import kontraktlar ilgari belgilangan tartibga muvofiq bajariladi.

5. Vazirlar Mahkamasining 4-ilovaga muvofiq qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.

6. Quyidagilar 2001-yil 1-martdan boshlab o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Importni tariflar bilan boshqarish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1998-yil 24-fevraldagi 80-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil yonilg‘isi quyish shoxobchalari faoliyatini va avtobenzin bilan ta’minlashni yaxshilash masalalari to‘g‘risida” 1999-yil 7-avgustdagi 380-son qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi.

7. Vazirliklar va idoralar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.

8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. T. Sultonov zimmasiga yuklansin.




Yüklə 60,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə