Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti


Sotuvchining majburiyatlari



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə27/138
tarix22.03.2024
ölçüsü0,82 Mb.
#181802
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   138
Tashqi iqtisodiy faoliyat va raqobat menejmenti-www.hozir.org

2.2. Sotuvchining majburiyatlari:
- sotib oluvchi talab qilgan hollarda tovar to‘g‘risida unga zarur va to‘g‘ri axborotni qonun hujjatlarida belgilangan yoki chakana savdoda qo‘yiladigan talablarga muvofiq holda berish;
- tovarni sotib oluvchiga mulk qilib topshirish;
- shartnomada nazarda tutilgan tovarni topshirish;
- shartnomada ko‘rsatilgan miqdordagi tovarni topshirish;
- shartnomada ko‘rsatilgan sifatdagi tovarni topshirish;
- uchinchi shaxslarning har qanday huquqlaridan holi bo‘lgan tovarni topshirish;
- tovarni shartnomada ko‘rsatilgan assortimentda topshirish;
- tovarni mansub ashyolari va tegishli hujjatlari bilan birga topshirish;
- shartnomada ko‘rsatilgan but tovarni topshirish;
- shartnomada nazarda tutilgan tovarni sotib oluvchiga idishda yoki o‘ralgan holda topshirish;
- tovarni sotib oluvchiga topshirgunga qadar saqlash.


2.3. Sotib oluvchining huquqlari:
- tovar to‘g‘risida zarur va to‘g‘ri axborotni qonun hujjatlarida belgilangan yoki chakana savdoda qo‘yiladigan talablarga muvofiq holda berishni;
- shartnoma tuzilgunga qadar tovarni ko‘zdan kechirish, o‘z oldida tovarning xossalarini tekshirishni yoki tovardan qanday foydalanishni ko‘rsatishni;
- sotib olayotgan tovarni o‘ziga mulk qilib topshirishni;
- shartnomada ko‘rsatilgan miqdordagi tovarni topshirishni;
- shartnomada ko‘rsatilgan sifatdagi tovarni topshirishni;
- uchinchi shaxslarning huquqlaridan holi bo‘lgan tovarni topshirishni;
- tovarni shartnomada ko‘rsatilgan assortimentda topshirishni;
- tovarni mansub ashyolari va tegishli hujjatlari bilan birga topshirishni talab qilish.
2.4. Sotib oluvchining majburiyatlari:
- sotib olgan tovar haqini o‘z vaqtida to‘lash;
- tovarni o‘z vaqtida qabul qilib olish;
- shartnoma shartlariga to‘liq rioya etish;
- sotuvchiga yetkazilgan zararni qoplash;
- sotuvchi tomonidan tovarni saqlash uchun qilingan zarur harajatlarni to‘lash.
Sotib oluvchi shartnomaning tovarlar miqdori, assortimenti, sifati, butligi, idishi va o‘ralishi to‘g‘risidagi shartlari buzilganligi haqida sotuvchiga o‘n kun muddat ichida ma'lum qilishi shart.

Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   138




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə