Tasviriy san’at haqida



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/20
tarix27.01.2022
ölçüsü1,19 Mb.
#83202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
tasviriy sanat

 

 

 

 

 

 

 

Муаллифлар жамоаси 

 


 



TASVIRIY SAN'AT NAZARIYASI, UNING TUR  VA  JANRLARI.

 

 

San'atning  turlari  juda  ko'p.  Ular  musiqa,  kino,  teatr,  xoreografiya,  tasviriy  san'at  va 



boshqalardir.  Odatda  borliqni  tasviriy  obrazlarda,  shakllarda,  fazoviy  kenglikda  yoki  tekislikda 

(qog'oz yuzasida, devor yuzasida va hokazolarda) aks ettiradigan san'at tasviriy san'at deb ataladi. 

San'atkor  real  borliqni  o'z  asarlarida  tasvirlar  ekan,  u  hech  vaqt  uni  mexanik  ravishda 

ko'chirmaydi. Aks holda, u yaratgan san'at asarlarining fotograf yaratgan rasmlardan farqi bo'lmay 

qoladi. San'atkorning vazifasi oliyroqdir. U hayotda mavjud bo'lgan voqea va hodisalarni tasvirlar 

ekan,  u  tasvir  orqali  o'zini  hayajonlantirgan  biron  bir  fikrni  ilgari  suradi,  ijtimoiy  hayotda  sodir 

bo'layotgan  voqca  va  hodisalarning  mohiyatini  ochib  berishga  intiladi,  ularga  o'z  munosabatini 

bildiradi, hukmini chiqaradi. Masalan, rassom biror shaxsning rasmini ishlar ekan, u hech vaqt uni 

faqat o'ziga o'xshatishga intilish bilan chegaralanmaydi.

 

 



Rassom  shu  ishlayotgan  tasviri  orqali,  avvalo,  o'zining  fikr  va  tuyg'ularini  tomoshabinga 

yetkazishga  harakat  qiladi.  Tomoshabin  rasmda  tasvirlangan  olijanob,  mard  kishilar  obrazini 

ko'rib, undan g'ururlanadi (chunki rassom ham g'ururlanib shu rasmni ishlagan) unga taqlid qiladi, 

undan  o'rnak  oladi.  Agar  asarda  pastkash,  razil  odam  tasvlrlangan  bo'lsa,  tomoshabin  undan 

nafratlanadi.  Tomoshabin  o'zlda  shunday  xususiyatlar  bo'lmasligi  uchun  harakat  qiladi.  Bundan 

ko'rinib  turibdiki,  tasviriy  san'at  asarlari  san'atning  boshqa  turlari  -  adabiyot,  kino,  teatr  va 

hokazolar kabi  insondagi ajoyib fazilat borliqni bilish, uni o'rganish va sirlarini ochishga bo'lgan 

ehtiyojlarni qondirishga faol ta’sir ko'rsatadi. Tasviriy san'at asarlari ko'rish uchun mo’ljallangan 

san’atdir.  Uni  ko'rish  orqaligina  zavq  olish  mumkin.   

Kuy  va  ashulaning  go'zalligini  so'z  bilan 

ta'riflab  bo’lmaganidek,  rassomning  asarlarini  ham  so'z  bilan  to'liq  ta'riflash  mumkin  emas. 

Tasviriy san'at asarlarini to'g'ri tushunishga oid ba'zi misollarga murojat qilaylik. 

 

A.Plastovning  «Peshin»  deb  nomlangan  asarining  sujeti  juda  sodda,  hatto  bir  qarashda 



san'atga loyiq mavzu yo'qqa ham o'xshaydi. Shu asarni so'z bilan ta'riflansa, eshitgan odam, xo'sh, 

nima bo'pti, deyishi va unga beparvo bo'lishi ham mumkin. Lekin asarga qaragan tomoshabin hech 

qachon shunday demaydi. Ko'rinishdan sodda bo'lib tuyulgan bu asar uni o'ylashga majbur qiladi, 

tevarak-atrofning  naqadar  go'zal  ekanligini  his  qilishga,  shu  go'zallikdan  hayajonlanishga  da'vat 

etadi.  Haqiqatdan  ham  beg'ubor,  kuchga  to'lgan  sokin  tabiat,  zilol  suv,  kishi  qalbiga  orom 

beruvchi  quyoshning  mayin  nurida  qanchadan-qancha  go'zallik,  latofat  bor.  Rassom  shulardan 

quvonadi,  shu  quvonchini  boshqalar  bilan  o'rtoqlashishga  intiladi.  Bunga  erishish  uchun  tasviriy 

san'atning  ifoda  vositalari  kompozitsiya,  kolorit,  yorug',  soya,  chiziq,  faktura  imkoniyatlaridan 

foydalanadi.  Rassom  shunday  kompozitsiya  tanlaganki,  bu  voqeaning  qachon  va  qayerda  sodir 

bo'layotganini ochib, rasm ishlangan  yuza (xolst)  - ning bir butun bo'lib ko'rinishini ta'minlagan. 

Shu  rasmdan  kompozitsiyadan  biron-bir  detalni,  aytaylik,  mototsiklni  olib  tashlaylik  yoki 



 

obrazlarning birortasining o'rnini o'zgartirib ko'raylik-chi, u holda tasvirning ta'sir kuchi yo'qoladi. 



Kompozitsiya yaxlitligi buziladi. Rassom yorug' va soya imkoniyatlaridan foydalanib, voqea sodir 

bo'layotgan  vaqtni  ko'rsatishga  erishgan.  Suv  ichayotganlarning  tagiga  tushayotgan  soya 

voqeaning  peshinda,  quyoshning  tikkaga  kelgan  paytida  sodir  bo'layotganligidan  dalolat  beradi. 

Asar uchun tanlangan rang gammasi - kolorit yozning issiq jaziramasini his etishga xizmat qilgan. 

Quyosh  nuriga  to'yingan  sarg'ish-yashil  ko'katlar  hamda  qizil  mototsikl,  quyosh  nurida  toblanib, 

qizargan  odamlar  gavdasining  ranglari  birgalikda  butun  asarning  rang  gammasini  tashkil  etadi. 

Shuning  uchun  ham  asarga  qaraganimizda  shu  issiq  rang  gamma  hisobiga  biz  yozning  jazirama 

issig'ini his qilgandek bo'lamiz. Kompozitsiya markazidagi buloq suvining salqini shu jaziramani 

yorib  atrofga  salqin  havo  taratayotgandek  va  hayotning  o'ziga  xos  kurashini  tomoshabinga  ko'z-

ko'z qilayotgandek tuyuladi. 

 

Rassom  asar  yaratganda  chiziqlarning  emotsional  imkoniyatlaridan  ham  foydalanadi. 



Ma'lumki, har xil chiziq kishida har xil taassurot qoldiradi. Silliq ehiziqlar ko'p hollarda sokinlik, 

xotirjamlik baxsh etsa, aksincha pala-partish, har tomonga yo'nalgan ehiziqlar notinchlik, hayajon  

tug'diradi. 

 

Tasviriy  san'at  asarlarini  kuzatganda  undagi  har  bir  obrazning  psixologik  kechinmalari 



qanday  yechilganligini,  ularning  tevarak-atrofga  bo’lgan  munosabatini  to'g'ri  ko'rsatib  bera  olish 

ham  muhim  o'rinni  cgallaydi.  Shuning  uchun  rassom  ishlatgan  ranglar  jilosiga  ham,  bo'layotgan 

voqeaning  kompozitsiyasiga  ham,  rassomning  ishlash  mahoratiga,  tanlangan  har  bir  shakl 

xarakteriga, umumiy  rang  gammasi  -  koloritiga,  yuzaning xarakteriga (masalan,  rassom ishlagan 

holat  yuzasining  silliqligi  yoki  g'adir-budurligiga)  ham  e'tibor  berish,  ular  nima  uchun  shunday 

olinganiga  javob  topishga  harakat  qilish  zarur.  Shundagina  tasviriy  san'at  asarlarining  asl 

mohiyatini tushunib yetish va ularni to'g'ri tahlil qila olishni o'rganish mumkin. 



 




Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə