Grafika
Haykaltaroshlik
Arxitektura
Rangtasvir
San’at turlari
Tasviriy san'at tushunchasi keng ma'noga ega. Tasviriy san'at deyilganda, grafika,
rangtasvir, haykaltaroshlik san'ati tushuniladi. Me'morchilik va dekorativ-amaliy san'at asarlari
ham qisman tasviriy san'atga kiradi. Haqiqatda esa ularda mavjud borliq tasvirlanmaydi. Lekin bu
san'at asarlarida ijodkorning maqsadi, fikri, his-tuyg'ulari, orzu-istaklari o'z aksini topadi. Demak,
ijodkorning dunyoqarashida ma'lum miqdorda davr ruhi va mazmuni o'z aksini topadi. Shu
nuqtayi nazardan qaraganda, me'morchilik va amaliy san'at buyumlari ham tasviriy san'at sifatida
qaraladi. Tasviriy san'atning hamma turlari bir-biriga juda yaqin va ularning bir qator
o'xshashliklari bor. Lekin shu bilan birga, ulardan har birining o'ziga xos tasviriy uslublari va
texnikasi mavjud. Bundan tashqari, ularning har biri ishlatilish o'rni, aks ettiradigan mavzusi,
ishlanish uslubiga qarab bir qator tur va janrlarga bo'linadi.
Dostları ilə paylaş: |