Tasviriy san’at haqida



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/20
tarix27.01.2022
ölçüsü1,19 Mb.
#83202
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
tasviriy sanat

 

Grafika.

 Hozirgi zamon san'atining keng tarqalgan turlaridan biri grafika san'atidir. Tasviriy 

san'atning  bu  turiga  oddiy  qora  qalamda  chizilgan  surat,  mavzulik  kompozitsiyalar,  kitobning 

ichki  va  tashqi  tomoniga  ishlangan  turli  rasm,  illyustratsiya,  plakat,  karikatura,  sharj,  etiketka, 

marka,  ekslibris  va  boshqalar  kiradi.  Grafika  san'ati  asarlari  hajm  jihatdan  uncha  katta  bo'lmay, 

ko'p    hollarda  qog'ozga  ishlanadi.  Grafikaning  xarakterli  tomonlaridan  biri,  uning  seriyali  qilib 

ishlanishi, ya'ni voqeani bir necha qog'ozda tasvirlanishidir. Bunday seriyali rasmlar o'zaro bir-biri 

bilan  bog'liq  bo'lib,  ma'lum  bir  mazmunni  ochib  beradi.  Grafika  san'ati  hozirjavob  san'atdir. 

Masalan,  rassomlik  asarlari  yaratilishi  uchun  uzoq  vaqt  kerak  bo'ladi  (axir  ba'zi  rassomchilik 



 

asarlarini  yaratish  uchun  15-20  yil  kerak  bo'lgan),  grafika  san'ati  asarlarida  esa  shu  bugun  sodir 



bo'lgan  voqea  shu  bugunoq  o'z  aksini  topishi  mumkin.  Grafika  san'atida  rang  ishlatilmaydi, 

ishlatilsa  ham,  uning  xarakterli  tomonini  belgilamaydi.  Masalan,  D.  Moorning  «Sen  ko'ngilli 

bo'lib yozildingmi?», Toidzening  «Ona Vatan chaqiradi!» degan plakatlarida odam kiyimi ochiq 

qizil rangda ko'rsatilgan. Aslida hayotda bunday voqeani uchratish qiyin.  Rassom rang orqali o'z 

asarining yanada ta'sirchan bo'lishiga erishgan. Kishi shu plakat oldidan o'tib borar ekan, qizil rang 

uning  diqqatini  o'ziga  tortadi.  Natijada  u  to'xtab  plakat  mazmunini  chuqurroq  bilib  oladi.  Rus 

san'atining  atoqli  vakillari  Mayakovskiy,  Cheremnixlar  qizil  rangdan  davlatning  ramzi  sifatida 

foydalanganlar,  ular  rus  kishilarining  rasmini  qizil  rang  bilan,  hokimiyatning  dushmanlarini  esa 

qora va ko'k ranglarda ishlab, o'z g'oyalarini tez va oson tushunarli bo'lishiga erishganlar. Grafika 

asarlari  o'zining  bajaradigan  funksiyasi  va  mazmuniga  qarab,  dastgoh  grafikasi,  kitob  va  gazeta-

jurnal  grafikasi,  plakat  hamda  amaliy  grafika  san'atiga  bo'linadi.  Dastgoh  grafika  san'atiga 

mustaqil  xarakterga  ega  bo'lgan,  o'zida  tugal  fikrni  anglata  oladigan,  yangi  g'oyalarni  ilgari 

suradigan  grafika  asarlariga  aytiladi.  Dastgoh  grafika  san'ati  asarlarining  ko'rinishlaridan  biri 

estampdir.  Dastgoh  grafikasi  asarlarida  biron-bir  mazmun,  odamlarning  xatti-harakati,  tabiat 

ko'rinishi yoritiladi. Kitob va gazeta-jurnal grafikasi turi dastgoh grafikasidan farq qilib, bevosita 

kitob va jurnal mazmuni bilan bog'liq bo'ladi hamda ularning maqsad va mazmunini to'laroq ochib 

berish  uchun  xizmat  qiladi.  Kitob  va  gazeta-jurnal  grafikasiga  rassom  tomonidan  kitob  va 

gazetalarga  chizilgan  turli  rasmlar,  bezaklar,  harf  kompozitsiyalari  kiradi.  Kitob  hamda  gazeta-

jurnal  grafikasining  ko'rinishlaridan  biri  bu  illustratsiyalardir.  Illustratsiya  biron-bir  badiiy  asar 

bilan  bog'liq  bo'lib,  shu  asarda  tasvirlangan  biron-bir  lavhaning  tasvirini  aks  ettiradigan  rasmga 

aytiladi. Rassom biror-bir hikoya yoki kitobga illustratsiya ishlashga o'tishdan oldin uni sinchiklab 

o'qiydi,  matnda  tasvirlangan  har  bir  obrazning  xarakterini,  voqea  sodir  bo'layotgan  joyning 

xususiyatlarini o'rganib chiqadi, shundan keyingina unga illustratsiya ishlashga kirishadi. 

Illustratsiyaning maqsadi badiiy asar mazmunining chuqurroq ochilishiga va ta'sirliroq bo'lishiga 

yordam  berishdir.  Illustratsiyalar turli  ko'rinishda bo'ladi.  Illustratsiyalarda badiiy  asarda ishtirok 

etuvchi shaxs portreti, shuningdek, muhim voqealar tasvirlanishi mumkin. Kitob va gazeta-jurnal 

grafikasining ko'rinishlaridan yana biri karikatura bo'lib, u tanqidiy xarakterga ega bo'ladi hamda 

o'zida satira va yumorni mujassamlashtiradi. 

 

Karikaturachi rassom hayotda mavjud bo'lgan voqea va hodisalarni o'z asariga mavzu qilib 



oladi va uning ba'zi  tomonlarini bo'rttirish  orqali rasmlarning qiziq  va kulgili  bo'lishiga erishadi. 

Bu orqali rassom hayotdagi kamchiliklarni tanqid qiladi, jamiyat taraqqiyotiga xalaqit beradigan, 

zamonamiz,  kislularimiz  sha'niga  dog'  bo'lgan  hodisa,  illat  va  marazlarni  qoralaydi,  mavjud 

bo'lgan  nodonlik,  xurofot,  tekinxo'rlik,  poraxo'rlik,  davlat  mulkiga  xiyohat  qiluvchilarning 

basharalarini  ochib  tashlaydi.  Grafika  san'atining  turlaridan  yana  biri  plakatdir.  Plakat  lotincha 



 

so'zdan  oUngan  bo'lib,  «e'lon»,  «guvohnoma»  degan  ma'noni  anglatadi.  Grafika  san'atining 



nihoyatda  keng  tarqalgan  turlaridan  biri  amaliy  grafikadir.  Turli  xildagi  etiketkalar,  konvert 

yuzasiga ishlanadigan bezak rasmlar, tabriknoma, telegrammalar, markalar grafikaning shu turiga 

mansub. 

 

Amaliy grafika shunchaki bezak uchun ishlatiladigan san'at emas, u ham san'atning boshqa 



turlari  kabi  ijtimoiy  hayotda  faol  qatnashadi,  jamiyatda  bo'layotgan  yangiliklar  bilan  ommani 

tanishtiradi. Hukumatning g'oyalarini xalq orasida targ'ib qiladi. 

 

Grafika  san'ati  eng  demokratik  san'atdir.  U  goh  plakat  tarzida,  goh  gugurt  qutichasining 



yuzasiga  ishlangan  tasvir  tariqasida,  goh  gazeta  sahifalaridagi  surat  tarzida  o'lkaning  uzoq 

chekkalariga kirib boradi, o'sha yerlarda ma'rifat tarqatadi, kishilarni bo'layotgan yangiliklar bilan 

tanishtiradi. Shuning uchun ham grafika san'ati katta g'oyaviy-siyosiy ahamiyatga egadir. 

 

 




Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə