Tasviriy san’at haqida



Yüklə 1,19 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/20
tarix27.01.2022
ölçüsü1,19 Mb.
#83202
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
tasviriy sanat

 

Ganchkorlik 

-  O'zbekistonda  amaliy  san'atning  eng  sevimli  va  qadimiy  turlaridan  biridir. 

Amaliy san'atning bu turida Buxoro va toshkentlik ustalar samarali mehnat qilganlar. 

Avvallari  devorlar  o'yma  gulli  pannolar  bilan  bezatilar,  taxmonlar  qirrasiga  naqshlar  o'yilardi. 

Tokchalarbo'lsa, o'ymakor yokijimjima tabaqalar bilan yasatilar, xonaga nur va havo kirib turishi 

uchun  deraza  va  eshik  ustidan  tuynuk  qo'yib,  unga  ganch  va  yog'ochdan  panjara  o'rnatilar  edi. 

Hozirda qandil, navo, ship kabi me'morchilik detallari ganchlardan tayyorlanmoqda. Shuningdek, 

madaniyat  saroylari,  klublar,  teatr  va  uy-joy  binolarining  ichki  va  tashqi  qismini  ko'rishda 

ganchkorlikdan  keng  foydalanilmoqda.  O'zbek  ganchkorligining  ajoyib  sahifasini  Buxoro 

yaqinidagi  «Sitorayi-mohi  xossa»dagi  «Oq  uy»da,  Toshkentdagi  Navoiy  nomli  katta  opera  va 

balet  teatrida  ko'rish  mumkin.  San'atning  bu  ajoyib  va  murakkab  turida  ustalardan  Usta  Shirin 

Murodov,  Toshpo'lat  Arslonqulovlar  dong  taratganlar.  Amaliy  san'atning  yog'och  o'ymakorligi 

turi  xalqlarning  ko'pchiligida  qadimdan  mavjud  bo'lib,  o'zining  boy  an'analariga  ega.  Yog'och 

o'ymakorligi asarlari eshik, deraza, quti, xontaxta, kitob tokchalari, qutichalar, qanddon, ustunlar, 

panjaralar, o'yinchoqlarda o'z aksini topgan. O'zbekistonning xalq  san'atida  yog'och o'ymakorligi 

salmoqli  o'rinni  egallaydi.  Bu  borada  Xiva  ustalarining  ishlari  maqtovga  loyiqdir.  Ular  ishlagan 

asarlar  o'simliksimon  elementlarning  ko'pligi  va  bo'rttirib  ishlanganligi  bilan  boshqa  asarlardan 

ajralib turadi. Toshkent ustalari esa ko'proq «girih» usulida ishlab, geometrik ornamentlardan ko'p 

foydalanishadi. 



 

20 


 

Yog'och  o'ymakorligi  san'atida  musiqa  asboblarini  bezash  ham  alohida  o'rinni  egallaydi. 

Dutor  va  tanburlarga,  tor  va  changlarga  suyak  va  sadaflardan  qadalgan  chiroyli  naqshlar  kishini 

hayratda qoldiradi. Bu san'at hozirgi vaqtda Toshkentda keng rivojlangan. 

 

O'ymakorlik san'atining ajoyib turlaridan bin misgarlikdir. 



 

O'zbek  misgarligi  san'ati  juda  qadimdan  shuhrat  qozonib  keldi.  Sariq  va  qizil  misdan 

ishlangan turli xil xo'jalik va uy-ro'zg'or buyumlari juda nozik shakllar bilan bezatiladi. Bezatilgan 

mis  asboblar  Buxoro,  Qo'qon,  Samarqand,  Qarshi  va  Xiva  shaharlarida  ko'proq  yasaladi. 

Misgarlikda bu shaharlar ustalarining o'zicha ishlash uslubi bor. Lagan, patnis, choy idish, oftoba 

va obdastalar misgarlik buyumlari ichida eng ko'p tarqalgan buyumlardir. 

 

Suyak  o'ymakorligi  amaliy  san'atning  shimolda  keng  tarqalgan  turidir.  Suyak  o'ymakorligi 



buyumlarining  o'ziga  xos  tayyorlanish  uslubi  bor.  Bunda  ish  avvalo,  zarur  materialni  topishdan 

boshlanadi.  Keyin  materialning  notekis  joylari  egov  bilan,  mayda  jilvir  qog'ozda  tekislab 

chiqiladi.  So'ngra  unga  rasm  ishlanib,  lak  surtiladi  va  naqsh  o'yib  ishlanadi.  Tayyor  ishga  keyin 

pardoz  beriladi.  Tayyor  buyum  bo'r  va  spirt  bilan  artib  chiqiladi.  Partam,  arracha,  egov  va 

boshqalar  suyak  o'ymakorligida  qo'llanadigan  asboblardir.  Suyak  o'ymakorligi  ustalariota-

bobolariningengyaxshian'analarinidavom  ettirib,  ajoyib  asarlar  -  qutichalar,  trubkalar,  kichik-

kichik haykal va hokazolar yaratmoqdalar. 

 

Qadimdan uy-ro'zg'or buyumlariga bo'yoqlar bilan ajoyib naqshlar ishlanib kelgan. Bu ham 



naqqoshlik san'ati deb yuritiladi. 

 

Respublikamizda  amaliy  san'atning  bu  turi,  qadimdan  rivojlangan  bo'lib,  o'zbek  ustalari 



faqat  uy-ro'zg'or  buyumlarini  emas,  balki  uy-joy  va  jamoat  binolarining  devor  va  shiplarini  ham 

bezaydilar.  San'atning  bu  turida  har  bir  xalq  o'zicha  ijod  qiladi.  Masalan,  rus  amaliy  san'atida 

tekislangan  yog'ochga  usta  o'simliksimon  naqsh  rasmini  tushiradi,  keyin  unga  maxsus  bo'yoqlar 

beradi. U bir oz quriganidan so'ng bo'yog'i o'chib ketmasligi uchun ustidan bir necha bor tiniq lak 

surtiladi.  O'zbek  rassom  ustalarining  ish  uslubi  boshqacharoqdir.  Bu  ustalar  eskiz  bo'yicha 

duradgor  ishlagan  yog'ochga  yelim  surtadilar.  Jilvir  qog'oz  bilan  yelim  tozalangandan  so'ng 

materialga  bronza  beriladi.  Keyin  bronza  ustidan  ulgi  asosida  kompozitsion  tasvir,  uning  ustiga 

qora bo'yoq surtib, naqsh ishlanadi. Naqshlarning o'chib ketmasligi uchun naqsh ustidan bir necha 

bor toza lak surtiladi. 

 

Xalq  ustalari tajribasida  naqshning quyidagi  turlari ko'proq qo'llanadi: islimi  -  egri chiziqli 



o'simlik  elementlaridan  iborat  naqsh;  Girih  -  to'g'ri  chiziqli  elementlardan  geometrik  shakl  hosil 

qiluvchi naqsh; murakkab naqsh, bu avvalgi ikki guruhdagi naqsh (islimi va girih) elementlarining 

yig'indisidan  iborat.  Islimi  turidagi  asosiy 

elementlar  novda,  yaproq,  gul,  g'uncha,  kurtak, 

qalampir, meva, poya kabilar hisoblanadi. Poya va novda turli naqshlarning 

eng 


ko'p uchraydigan 

elementlari hisoblanib, ular naqsh hoshiyalarida qo'llaniladi. Girihlar esa tursimon va yulduzsimon 




 

21 


bo'lib,  yulduz  nurlarining  soni 

tadan  16  tagacha  boradi.  Naqshning  uchinchi  turi  hisoblangan 



murakkab  naqshda  esa  naqsh  geometrik  va  o'simlik  elementlarining  birga  qo'shib  ishlatilishi 

natijasida 

hosil bo'ladi. Bunda geometrik element doimo naqsh o'rtasida joylashadi.

 

 



Naqqosh ustalardan A. Qosimjonov, Y.Raufov, T.To'xtaxo'jaev, A.Boltayev, S.Norqo'ziyev 

va J.Hakimovlar san'atning bu turida samarali mehnat qilib, shuhrat qozonganlar.

 

Tabiiy  loydan  turli  idishlar  yasash  va  ularni  tegishli  ranglarga  bo'yash  -  kulolchilik 



O'zbekistonda juda qadim zamondan rivojlangandir. Kulolchilik san'ati buyumlariga lagan, tovoq, 

choynak, piyola, sopol va chinni idishlar, shuningdek, loydan ishlangan o'yinchoqlar kiradi.

 

 

Kulolchilik  san'atida  bezatishning  turli  usullari  qo'llaniladi.  Shunday  usullardan  biri 



«qalami»  usulidir.  Bu  usulda  bezak  idishlarga  naqshlarning  rasmi  chizib  olinmasdan  to'g'ridan-

to'g'ri  mo'yqalam  bilan  ishlanaveradi.  Bu  usulda  ko'proq  Rishton  bilan  G'ijduvon  ustalari 

ishlashadi.  Ba'zijoylarda  ustalar  gilvata  orqaligul  chizib,  keyin  bo'yoq  beriladigan  «chizma» 

usulidan foydalanadilar. Bu usul toshkentlik ustalar orasida ko'p tarqalgan.

 

 

O'zbek  kulolchilik  buyumlari  bezak  kompozitsiyalarida  o'simliksimon  va  geometrik 



elementlarning boyligi, xilma-xilligi, bo'yoqlar gammasining yorqinligi bilan ajralib turadi. Ularda 

feruza rang baxt keltiruvchi belgi sifatida ko'p ishlatiladi. Kulolchilik O'zbekiston me'morchiligida 

ham  keng  qo'llanilgan.  Madrasa,  masjid,  karvonsaroy,  hammomlarning  peshtoqlarida  xona 

ichlaridagi  devor  bezaklarida  kulolchilik  san'atining  namunalari  o'z  aksini  topgan.  Hozirgi 

kunlarda ham kulolchilik jamoat, turar-joy binolarini bezatishda keng qo'llanilmoqda.

 

 



Respublikamizda  hozirgi  kunda  bir  qator  usta  kulollarni  birlashtirgan  bir  qator  kulolchilik 

ustaxonalari  bo'lib,  ular  xalqimiz  talablariga  va  didiga  mos  amaliy  san'at  buyumlari 

yaratmoqdalar.  O'zbekiston  kulolchilik  san'atini  rivojlantirishda  kulollardan  U.Jo'raqulov, 

M.Rahimov,  U.Usmonov,  I.  Nazrullayev  va  boshqa  qator  ustalar  o'zlarining  salmoqli  ulushlarini 

qo'shmoqdalar.  Kulolchilik  boshqa  xalqlar  orasida  ham  keng  rivojlangan.  O'tgan  asflsrda 

kulolchilik, 

Moskva  gubernasining  Gjel  shaharchasida  keng  shuhrat  qozondi.  Gjel  kulolchilik 

korxonasida  o'tmishda  ganch,  loydan  kichik-kichik  kompozitsiyalar  yaratilib,  ularning  sujetiga 

portretlar,  turmushda  uchraydigan  har  xil  voqealar,  hayvonlarni  tasvirlovchi  o'yinchoqlar  asos 

qilib olinar edi. O'tgan yillarda kulolchilik arteli tashkil qilinib, unda Gjel ustalari ota-bobolarining 

san'atlarini davom ettirib, mavzuli asarlar va o'yinchoqlarning yangi namunalarini yaratmoqdalar. 

Gjel  ustalari  ishlab  chiqarayotgan  chinni  buyumlar  o'simliksimon  va  geometrik  shakl 

bezaklarining boyligi bilan ajralib turadi. 

 

O'rta Osiyo xalqlari qadimdan o'zlarining zardo'zlik san'atlari bilan fahrlanadilar. Zardo'zlik 



uchun  asosiy  material  zar  iplar,  baxmal  kabilardir.  Ustalar  zar  tikishning  ikki  turini  qo'llashadi. 

Birinchisi,  fonni  zar  bilan  tikib  to'ldirish  va  ikkinchisi,  naqshlarni  zar  bilan  tikib  to'ldirish. 

Chevarlar  ornamental  va  mazmunli  kompozitsiyalarda  ko'pincha  o'simliklarni  tasvirlaydi,  gullar, 



 

22 


barglar, bodom to'plari, paxta shularjumlasidandir. Keyingi vaqtlarda zargarlik buyumlarida jonli 

narsalar tasvirlanadigan bo'ldi. 

 

Qadimdan  zardo'zlik  Buxoro  va  Samarqand  shaharlarida  keng  rivojlangan.  O'tgan  yillar 



davrida  zardo'z  ustalariga  sharoit  yaxsliilanishi  natijasida  ularning  ishlari  ijodiy  yo'nalish  oldi. 

Natijada  har  xil  sovg'a  va  ommaviy  zardo'zlik  buyumlari  yaratila  boshlandi.  Hozirgi  vaqtda 

zardo'zlik buyumlari Buxorodagi zardo'zlik maxsus fabrikasida ko'plab ishlab chiqilmoqda. 


Yüklə 1,19 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə