Tayyorlov yo’nalishi


To’g’ridan-to’gri xalkaro lizingda



Yüklə 417,75 Kb.
səhifə3/4
tarix27.06.2022
ölçüsü417,75 Kb.
#90166
1   2   3   4
lizing

To’g’ridan-to’gri xalkaro lizingda bitim buyicha barcha operatsiyalar turli mamlakatlarning yuridik shaxs xukukiga ega bulgan tijorat tashkilotlari urtasida amalga oshiriladi.
Tranzit (bilvosita) lizingda bir mamlakatdagi lizing beruvchi boshka mamlakatdan kredit oladi yoki zarur bulgan uskunalarni sotib oladi va uchinchi bir mamlakatdagi ijarachiga etkazib beradi.
To’g’ri bo’lmagan lizingda lizing firmasi va iste’molchi bir mamlakatga tegishli buladi, lekin lizing firmasi boshka mamlakatda joylashgan buladi.
Xalkaro lizing biznesi ichki lizingga nisbatan ancha kech rivojlana boshladi. Xalkaro lizing operatsiyalini rivojlanishiga kuyidagi omillar ta’sir etgan: kupchilik mamlakatlarda kredit olish shartlarining ogirligi, banklar tomonidan foiz stavkalarini oshirishlari, lokal moliyaviy inkirozlar, ba’zi mamlakatlar solik tizimining bekarorligi va boshkalar.
Lizing muomalalarini xisobvaraqlarda aks etishi.
Lizing ob’ektlarini sotib olish buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) lizing ob’ektlari uni sotib olish bilan bog‘liq egri soliqlar va yig‘imlarni qo‘shgan holda (agar ular qoplanmasa) kirim qilinganda:
debet kapital quyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 6010 "Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar" yoki 6120 "SHo‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar" yoki turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) yoki boshqa tegishli schyotlar;
b) lizing ob’ektlarini sotib olish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar:
debet kapital quyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit 2310 "YOrdamchi ishlab chiqarish", 6110 "Ajratilgan bo‘linmalarga to‘lanadigan schyotlar", 6120 "SHo‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar", turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) va boshqa tegishli schyotlar;
v) lizingga beruvchi tomonidan amalga oshirilgan va lizing shartnomasiga muvofiq lizingga oluvchi tomonidan qoplanadigan lizing ob’ektini etkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar:
debet kapital quyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
kredit materiallarni (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni (6700), sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni (6500) hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar;
g) lizingga beruvchi tomonidan amalga oshirilgan va lizing shartnomasiga muvofiq lizingga oluvchi tomonidan qoplanmaydigan lizing ob’ektini yetkazib berish va belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar:
debet 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyoti;
kredit materiallarni (1000), mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlarni (6700), sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzni (6500) hisobga oluvchi schyotlar va boshqa tegishli schyotlar;
d) mol etkazib beruvchilar, pudratchilar va boshqa xizmat ko‘rsatgan korxonalar oldidagi qarzlarning to‘lanishi (qoplanishi):
debet 6010 "Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar", 6120 "SHo‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga to‘lanadigan schyotlar", turli kreditorlarga bo‘lgan qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6900) va boshqa tegishli schyotlar;
kredit pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar.
Lizing ob’ektlarining lizing shartlariga muvofiq lizingga berilishi buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) lizing ob’ektlarini lizingga beruvchining buxgalteriya hisobida aktiv (debitorlik qarzi) sifatida tan olinadigan qiymati bo‘yicha lizingga berilishi:
debet 0920 "Uzoq muddatli ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar" schyoti;
kredit 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti;
b) lizing ob’ektlarining balans qiymati hisobdan chiqarilganda:
debet 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti;
kredit kapital quyilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800);
v) lizing ob’ektining qayta baholash natijasi (qoldiq) summasiga:
debet 8510 "Mulkni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar";
kredit 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti;
g) lizing shartnomasi bo‘yicha lizing ob’ektlarini lizingga berishda kechiktirilgan daromadlar yuzaga kelganda:
debet 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti;
kredit 7230 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" schyoti;
d) lizing shartnomasi bo‘yicha lizing ob’ektlarini lizingga berishda kechiktirilgan xarajatlar yuzaga kelganda:
debet 0990 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar" schyoti;
kredit 9220 "Boshqa aktivlarning chiqib ketishi" schyoti;
Lizing shartnomasi bo‘yicha lizing ob’ektlarini lizingga berilishida vujudga kelgan kechiktirilgan daromadlar va kechiktirilgan xarajatlarni hisobdan chiqarish quyidagicha aks ettriladi:
a) lizing to‘lovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq, lizing shartnomasi bo‘yicha lizing ob’ektlarini lizingga berilishida vujudga kelgan uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarning joriy qismi o‘tkazilganda:
debet 7230 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar" schyoti;
kredit 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" schyoti;
b) lizing shartnomasi bo‘yicha lizing ob’ektlarini lizingga berilishidagi kechiktirilgan daromadlarning joriy qismi moliyaviy natijalarga o‘tkazib hisobdan chiqarilishi:
debet 6230 "Boshqa kechiktirilgan daromadlar" schyoti;
kredit 9390 "Boshqa operatsion daromadlar" schyoti;
v) lizing to‘lovlari jadvali (tartibi) ga muvofiq, lizing shartnomasi bo‘yicha lizing ob’ektlarini lizingga berilishida vujudga kelgan uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi o‘tkazilganda:
debet 3290 "Boshqa kechiktirilgan xarajatlar" schyoti;
kredit 0990 "Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan xarajatlar" schyoti;
g) lizing shartnomasi bo‘yicha lizing ob’ektlarini lizingga berilishidagi kechiktirilgan xarajatlarning joriy qismi moliyaviy natijalarga o‘tkazib hisobdan chiqarilishi:
debet 9430 "Boshqa operatsion xarajatlar" schyoti;
kredit 3290 "Boshqa kechiktirilgan xarajatlar" schyoti.
Xulosa.
Xozirda, bozor iqtisodiyoti sharoitida lizing muomalari xisobini rivojlantirish kerak.
Respublikada tashkil etilgan 12 ta lizing kompaniyasidan keyingi yillarda atiga to‘rttasi lizing faoliyati bilan shug‘ullanmoqda. 1997 yildan 2001 yillar oralig‘ida lizing kompaniyalari 11,9 mln. AQSH dollari va 26,6 mlrd. so‘mlik asbob-texnika taqdim etdi, shundan kichik va o‘rta biznes tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash uchun 4,2 mln. AQSH dollari va 8,32 mlrd. so‘mlik asbob-texnika berildi.
2002 yil 1 sentyabrgacha barcha banklar lizing loyihalarini hayotga tadbiq etishda kredit operatsiyalarini rentabelligiga nisbatan lizing operatsiyalarini pastroq darajada amalga oshirdilar.
2002 yil 28 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Lizing faoliyatini yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmonini kuchga kiritilishi, tijorat banklarining lizing operatsiyalarini ko‘paytirish imkonini yaratdi.
O‘zbekistonning lizing kompaniyalari o‘z kapitalining etarli emasligi va 2002 yil 1 sentyabrga qadar lizing operatsiyalarini rag‘batlantirishning yo‘qligi uchun lizing operatsiyalarini rivojlanishi sust bordi.
Keyingi yillar natijasida shuni ko‘rsatdiki, Respublikamizda lizing operatsiyalarini rivojlanishi mashina va uskunalar bilan ta’minlanishni muntazam amalga oshirishga imkoniyat yaratib bermoqda. Texnologik tarkibda lizing bo‘yicha sotib olinganmashinalar, asbob-uskunalarulushi 11,1 %ni tashkil etdi

Yüklə 417,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə