Telefon: (+99894)-918-02-27 Sayt: Shuhratbek uz Muallifi: Shuhrat Nurg’oziyev Xasanovich



Yüklə 459,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix31.12.2021
ölçüsü459,46 Kb.
#82317
1   2   3   4   5   6   7   8   9
9-sinf-Ozbekiston-tarixi-18-dars-dars-ishlanma-Shuhratbek.uz-18

________________________________________________________ 


 

   Telefon: (+99894)-918-02-27                   Sayt:Shuhratbek.uz                          Muallifi: Shuhrat Nurg’oziyev Xasanovich 

 

ko'ra kuch va zo'ravonlik ishlatish mumkinligini anglatar edi. 1892-yildan boshlab 1916-yilga qadar Turkiston 



«kuchaytirilgan qo'riqlov» va «favqulodda qo'riqlov» holatida bo'ldi. 

Yangi  «Nizom»  shahar  va  qishloqlarning  har  bir  mavzesini  nazorat  ostida  saqlab  turgan  avvalgi 

politsiya  tuzilmalariga  qo'shimcha  tarzda  uyezd  boshliqlariga 

ispravniklar

 

huquqini  ham  berdi.  Bu  narsa 

ularni  uyezd  politsiya  boshqarmalari  rahbarlariga  tenglashtirgan  edi.  Ular  har  qanday  odamni  yetti  kunga 

qamoqqa olishga у old jarimaga tortish vakolatiga ega bo'ldilar. Uchast-ka pristavlari lavozimi ularga yordam 

tariqasida  ta'sis  etilgan  edi.  Odatda,  ular  soliqlar  yig'imiga,  joylarda  majburiyatlar,  uyezd  boshliqlarining 

qarorlari  ijro  etilishiga  rahbarlik  qilgan  ofitserlar  bo'lib,  har  qanday  o'zgarishlar  haqida  o'lka  ma'muriyatiga 

ma'lumot  yetkazib  turgan  holda  aholi  ustidan  kerakli  nazoratni  amalga  oshirar  edilar.  O'z  uchastkalari 

doirasida ular surishtirish va tergov ishlarini yuritishi, qamoqqa olishi va jarimaga tortishi mumkin edi. 

1882-1884-yillarda o'lkani tekshirgan imperatorning maxfiy maslahatchisi F. Girs Turkistonda 2404000 

kishi  yashashini  va  ulardan  1200000  kishi  erkak  ekanligini  yozgan.  Xuddi  shu  erkak  aholiga  harbiy  xizmat 

majburiyatini  yuklash  masalasiga  to'xtalgan  podsho  amaldori  (F.  Girs)  bu  qaltis  siyosiy  tadbir  ekanligiga 

ishora  qilib,  Turkiston  aholisini  armiyaga  chaqirmaslik  siyosatini  yoqlab  chiqdi.  Podsho  hukumati  mahalliy 

aholini  muntazam  armiyada  xizmat  qilishidan,  jangovar  harbiy  malakalarini  oshirishidan,  qo'shinlarni 

yevropachasiga  takomillashtirishga  o'rgatishdan  va  zamonaviy  qurol-yarog'lardan  foydalanish  mahoratini 

egallab  olishlaridan  cho'chir  edi.  Shuning  uchun  mahalliy  aholi  qulay  fursat  kelganda  ana  shunday  harbiy 

mahorat  va  zamonaviy  qurollardan  podsho  hukumati  o'ziga  qarshi  foydalanishidan  hadiksirar  edi.  Mahalliy 

aholini  qurolsizlantirish,  unda  qurolli  kurash  uchun  har  qanday  umidni  yo'qotish,  jangarilik  unsurlarini 

bostirish va qadimiy jangovar an'analarni tag-tomiri bilan tugatish — Turkiston o'lkasidagi podsho hukumati 

harbiy siyosatining asosini tashkil etar edi. 


Yüklə 459,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə