Televediniya ko'ngilochar sanoat sifatida



Yüklə 57,9 Kb.
tarix03.05.2023
ölçüsü57,9 Kb.
#108167
Televediniya - ko\'ngilochar sanoat sifatida

Televediniya - ko'ngilochar sanoat sifatida


T
  • Televideniye (grekcha: τήλε — uzoq va lotincha: video — koʻraman) — harakatlanayotgan tasvir va tovushni masofadan uzatish tizimi. Televideniyening ishlash prinsipi tasvir kadrini satrlarga boʻlib uzatishga asoslangan. Kadrlar almashinishi chastotasi tasvir oʻzgarishi tezligiga qarab tanlanadi.
  • Televideniye, fan, texnika va madaniyatning koʻrinadigan axborotlar (harakatlanuvchi tasvirlar)ni radioelektron vositalar yordamida muayyan masofaga uzatish bilan bogʻliq sohasi; axborotlarni tarqatish vositalaridan biri. Insoniyat oʻzi yashab turgan joydan uzokdagi narsalar va voqealarni koʻrish istagi bilan hamisha band boʻlib kelgan. Bu istak koʻp halqlarning afsona va ertaklarida oʻz aksini topgan. Masalan, Alisher Navoiy "Farhod va Shirin" dostonida bu istakni badiiy shaklda aks ettirgan (xitoylik Farhod arman qizi Shirinning jamolini koʻzguda koʻrib oshiq boʻlib qoladi). Xalqlarning bu istagi, asosan, elektronika "sehrli koʻzgu" ("oynai jahon") ga aylangan XX asrda roʻyobga chiqdi. Televideniye tasvir elementlarini ketma-ket uzatish (XIX asr oxirida portugal olimi A. di Payva va undan mustaqil ravishda rus olimi P. I. Baxmetov tomonidan ilgari surilgan) tamoyiliga asoslangan. XX asrning 30-yillariga qadar tasvirlarni analiz va sintez qilishda optikmexanik qurilmalardan foydalanilgan (ularni ishlab chiqishni nemis muhandisi P. G. Nipkov 1884-yildan boshlab bergan).
  • 30-yillar oʻrtalaridan boshlab dastlabki elektron televideniye tizimi paydo boʻldi. Inson koʻzi uzatilgan televizion tasvirlarni kabul qiluvchi oxirgi boʻgʻim hisoblangani uchun televizion tizimlar koʻzning koʻrish jarayonlarini hisobga olib qurilgan, yaʼni Televideniye koʻz xususiyatlariga asoslangan. Bunda kolbachalar va tayoqchalar oʻrnida fotoelementlar ishlatilgan. Agar obyektiv orqali biror obʼyektning tasviri fotoelementlardan tashkil topgan panelga tushirilsa, tasvirning alohida elementlaridan kelayotgan yorugʻlik intensivligiga monand elektr signallari olinadi.
  • Televideniye taraqqiyotida ichki fotoeffektni ochgan (1873) U. Smithning, tashqi fotoeffektning asosiy qonuniyatlarini belgilab bergan (1888) A. G. Stoletovnij, radioaloqani ixtiro qilgan (1895) A. S. Yaoiovning , "katod teleskop" tizimini ishlab chiqqan (1907) va shu tizim boʻyicha lab. sharoitida birinchi marta elektron televizion uzatishni amalga oshirgan (1911) B. L. Rozingning xizmatlari katta. 1928 yilda oʻzbekistonlik ixtirochilar B. P. Grabovskiy va I. F. Belyanskiylar elektronnur yordamida xarakatdagi tasvirni bir joydan ikkinchi joyga uzatadigan va qabul qiladigan "radiotelefot"ni yaratdilar. Televideniye elektron tizimlari amalda 1920—40-yillarda ishlab chiqarilgan asboblardan foydalanishga asoslangan. BungaB. K. Zvorikin va F. Farnsuort (AQSH), K. Svintov (Buyuk Britaniya), A. A. Chernishev, S. I. Katayev, A. P. Konstantinov, B. L. Rozing , P. V. Timofeyev, P. V. Shmakov (SSSR) va boshqa olimlar katta hissa qoʻshishgan.
  • Televizion tasvirlar 3 jarayonda uzatiladi: 1. Uzatuvchi obyekt chiqargan yoki qaytargan yorugʻlikni elektr signallariga aylantirish; 2. Elektr signallarini aloqa kanallari boʻyicha uzatish va qabul qilish; 3. Elektr signallarini obyektning optik tasvirini hosil qiluvchi yorugʻlik impulslariga aylantirish. Uzatishda tasvir elementlarini elektr signallariga, qabul qilishda uzatilgan signallarni tasvir elementlariga ketma-ket aylantirish jarayoniga tasvirlarni tiklash deyiladi. Tasvirlarni analiz va sintez qilish jarayonlari sinxron hamda sinfaz boʻlishi kerak. Televizion koʻrsatuv tizimida chiziqlisatr yoyilma qabul qilingan; bunda hosil qilinadigan tasvir kadri gorizontalsatr strukturaga ega boʻladi. Tiklashning sinfazligini saklash uchun har qaysi satr va kadr oxirida sinxronlovchi impuls uzatiladi. Shu bilan televizion stya oʻz taʼsir zonasidagi barcha televizorlardagi tiklanishlarni boshqaradi. Televideniyeda optik tasvirlarni hosil qilish va tiklash jarayonlari texnik jihatdan asosan vakuumli elektronnurli trubka yordamida amalga oshiriladi.

Yüklə 57,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə