Temur tuzuklari



Yüklə 433,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix29.12.2022
ölçüsü433,15 Kb.
#98044
1   2   3   4   5   6   7
temur-tuzuklari-ning-yoshlar-tarbiyasidagi-o-rni

ǀ
ISSUE 6 
ǀ
2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 598
Sherozda saroy, Bag’dodda madrasa, Turkistonda Ahmad Yassaviy qabri ustiga 
maqbara bunyod ettirgan [8-178]. 
O‘rta Osiyo xalqlari, xususan, ajdodlarimizning qonun, davlat va siyosatga jiddiy 
munosabatda bo‘lganliklari zamirida insonni ulug‘lash, jamiyatning barcha qatlamlarini 
adolat bilan chulg‘ab, chinakam huquq asoslariga tayanadigan davlat yaratishdan iborat 
maqsad yotar edi. Shuning uchun ham ajdodlarimizga rahnamo bo‘lgan buyuk shaxslar 
davlatchilik borasidagi siyosiy, huquqiy tartiblarini o‘rnatuvchi ko‘plab asarlar 
yaratganlar. Ular orasida Amir Temurning “Tuzuklari”da ifoda etilgan davlat 
masalalariga oid yo‘l-yo‘riqlar, qonunlar, tuzuklar alohida ahamiyatga ega. Buyuk 
davlat arbobining davlatchilik siyosatida, u yaratgan boshqaruv tizimi hamda 
davlatchilik an’analari mohiyati zaminida muayyan bir jug‘rofiy makon va jamiyatning 
turli imkoniyatlarini mahalliy xalq manfaatlari yo‘lida yuzaga chiqaruvchi chinakam 
tashkilotchilik yotganini ko‘ramiz. 
O‘zbek davlatchiligi tarixining muhim davri – Temur saltanati markazlashgan 
davlat edi. Saltanat quruvchisining fikricha, davlat birinchi galda, mamlakatdagi barcha 
ijtimoiy tabaqalarning manfaatlarini himoya qilishi; maslahat, kengash, tadbirkorlik
qonun-qoidalar va adolat bilan qat’iy tartibda boshqarilishi kerak edi. 
Shu bois ham Amir Temurning, 27 davlatni birlashtirgan Markazlashgan ulkan 
saltanati, tabiiyki, qonunlar to‘plamlari asosida yaratilgan va unga qat’iy amal qilish 
yo‘lga qo‘yilgan bo‘lishi kerak edi. Amir Temur turmush tajribalari asosida ishlab 
chiqqan va uning hukmi bilan qonun darajasiga ko‘tarilgan qoidalar majmui bor ediki, 
ularni to‘plam holiga keltirib, o‘zidan keyingi vorislariga ham qonunlar tizimi, ham 
turmush tajribasi va maslahatlar tarzida qo‘llanma qilib qoldirishi lozim edi.
Ana shu to‘plam tarixiy asarlarda va turli tildagi tarjimalarga mos holda “Temur 
tuzuklari”, “Tuzukot Temuriy”, “Temurning aytganlari” va “Voqeoti Temuriy” – 
“Temurning boshidan kechirganlari”, “Qissai Temur”, “Malfuzoti Temuriy”, “Temur 
Qissasi”, “Zafar yo‘li”, “Zafarnoma”, “Tarjimai hol”, “Esdaliklar”, “Tanziymot” (yangi 
qonun-qoidalar, islohot), turkiy chig‘atoy tilidan rus tiliga o‘girilganda Malfuzot va 
Tuzukot o‘rniga “Dastur ul amal” nomlari bilan mashhurdir [6-7]. 
“Temur tuzuklari”ning fanda qayd etilgan ilk nusxasi eski o‘zbek tilida bitilgani 
ma’lum. Asar O‘rta Osiyolik Mir Abu Tolib Husayniy al-Ariziy at-Turbatiy tomonidan 
1610-yili usmoniy turk hokimlaridan biri – Yaman hokimi Ja’far poshoning topshirig‘i 
bilan fors tiliga tarjima qilinadi va dunyoga “Tuzuki Temuriy” nomi bilan tarqaldi. 
Bizga uning fors tilidagi nusxasi va fors tilidan o‘zbek tiliga tarjimasining uch nusxasi 
yetib kelgan. Eng to‘liq nusxasi “Malfuzot-i Temuriy” deb nomlangan va u Rossiyaning 
Sankt-Petrburg shahridagi Salkitov-Shchedrin nomli kutubxonasida saqlanmoqda [8-
170]. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 

Yüklə 433,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə