Temur tuzuklari



Yüklə 433,15 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix29.12.2022
ölçüsü433,15 Kb.
#98044
1   2   3   4   5   6   7
temur-tuzuklari-ning-yoshlar-tarbiyasidagi-o-rni

ǀ
ISSUE 6 
ǀ
2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 599
Shunday qilib, “Tuzuklar” O‘zbekiston davlatchligi tarixi o‘rni haqida eng ko‘p 
fikr, baholar bildirilib, o‘z boshidan turli davrlarda turlicha munosabatni kechirgan 
tarixiy manbadir. U quyidagi xulosalarga asoslanadi:
1) “Tuzuklar” - haqiqiy tarixiy manba va dunyoviy qonun-qoidalarni o‘zida 
mustahkamlagan huquqiy manba;
2) “Tuzuklar” Amir Temur davrida uning o‘z qo‘li bilan yoki devonida yaratilgan, 
uning o‘zi bir necha marta ko‘rib, tahrir qilgan;
3) “Tuzuklar” davlat tuzugi, uni boshqarish, mustahkamlash borasidagi huquqiy 
asoslarni belgilab beradigan, shariat, odat va qonunlariga tayangan tavsiya hamda 
qoidalardan iborat bo‘lgan, u o‘z davrining Konstitutsiyaviy qo‘llanmasidir;
4) O‘zbek davlatchiligi tarixida uning nihoyatda yuksak ahamiyati va o‘rni 
beqiyosdir [6-12].
O‘rta Osiyo xalqlari, xususan, ajdodlarimizning qonun, davlat va siyosatga jiddiy 
munosabatda bo‘lganliklari zamirida insonni ulug‘lash, jamiyatning barcha qatlamlarini 
adolat bilan chulg‘ab, chinakam huquq asoslariga tayanadigan davlat yaratishdan iborat 
maqsad yotar edi. Shuning uchun ham ajdodlarimizga rahnamo bo‘lgan buyuk shaxslar 
davlatchilik borasidagi siyosiy, huquqiy tartiblarini o‘rnatuvchi ko‘plab asarlar 
yaratganlar. Ular orasida Amir Temurning “Tuzuklari”da ifoda etilgan davlat 
masalalariga oid yo‘l-yo‘riqlar, qonunlar, tuzuklar alohida ahamiyatga ega. Buyuk 
davlat arbobining davlatchilik siyosatida, u yaratgan boshqaruv tizimi hamda 
davlatchilik an’analari mohiyati zaminida muayyan bir jug‘rofiy makon va jamiyatning 
turli imkoniyatlarini mahalliy xalq manfaatlari yo‘lida yuzaga chiqaruvchi chinakam 
tashkilotchilik yotganini ko‘ramiz. 
Konstitutsiyamizning 18-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar 
bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib 
chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar qonun oldida tengdirlar. 
Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga 
mos bo‘lishi shart” deya alohida keltirilgan[1-9]. “Temur tuzuklari”da esa: “Qaysi 
mamlakatni zabt etgan bo‘lsam, o‘sha yerning obro‘-e’tiborlik kishilarini aziz tutdim; 
sayyidlari, ulamolari, fuzalo va mashoyixiga ta’zim bajo keltirdim va hurmatladim
o‘sha viloyatlarning ulug‘larini og‘a-inilarimdek, yoshlari va bolalarini bo‘lsa, o‘z 
farzandlarimdek ko‘rdim. …Har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu sitam 
yo‘lini to‘sdim”, deya ta’kidlanadi [4-76]. 
Amir Temur davlatining markaziy va mahalliy boshqaruv organlari tuzilishi
ularning o‘zaro bog‘liqligi, bir-biriga bo‘ysunadigan va bo‘ysunmaydigan idoralar, 
ularning siyosatda muvofiqlashtirilishi, davlat, jamiyat va shaxs manfaatlari 
uyg‘unligining ta’minlanishi, ularning yechimlari masalalari bugun ham o‘z ahamiyati 
va mohiyatini saqlab qolgan. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 

Yüklə 433,15 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə