Temur va temuriylar davrida Surxon vohasi Abdulazizov Muhammadali Tel: +998991577046



Yüklə 26,35 Kb.
tarix21.12.2022
ölçüsü26,35 Kb.
#97464
Temur va temuriylar davrida Surxon vohasi


Temur va temuriylar davrida Surxon vohasi
Abdulazizov Muhammadali
Tel: +998991577046
Muhammadiyeva Nilufar
Doniyorova Malohat
Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabalari
Annontatsiya : Amir Temur va uning vorislari uchun Surxon vohasi katta ahamiyatga ega ekanligi ko’p manbalarda isboti bilan aytib o’tilgan . Bu asosan harbiy holat bilan bog’liq bo’lib , ayniqsa mug’ullar bosqinida muhim chiziq bo’lgan . Amir Temur bevosita taxtga kelishidan oldin aynan Termiz lashkar to’plagani ham tarixdan ayon .
Kalit so’zlar : Qopqa , jete , Zafarnoma , Arsif , Termiz , Hirot , Klavixo , Kufton


Amir Temurning davlat boshqaruv faoliyatida Surxon vohasining o‘ziga xos o‘rni bo‘lib, uning janubiy mamlakatlar bilan olib borgan jamiki harakati Termiz bilan bog‘liq edi. Ayniqsa, Temur bilan amir Husaynning Arsifda turganlarida ularning ishonchli kishisi Tomuqaning Termizdagi savdo-sotiq ishlari bilan tanishuvi, Temur qopiqqa yetganda mo‘g‘ul jetelarining Movarounnahrni talab chiqib ketganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni bunga misol qilib keltirish mumkin. Bu voqeadan Termiz Temur qopiq katta ahamiyatga ega bo‘lgan harbiy strategik markaz bo‘lganini, Amir Temur o‘z armiyasiga yangi kuch qo‘shib, unung iqtisodiy ta’minotini Termizda mustahkamlab olganini bilishimiz mumkin. Tarixchi olim B.Ahmedov o‘zining «Amir Temur» tarixiy romanida Surxon vohasidagi yirik iqtisodiy markaz Denov va Termizni tilga olib o‘tib, quyidagi manbani keltirib o‘tadi: «Ma’lum bo‘lishicha, mo‘g‘ullar bilan yovlashib, Samarqand tog‘lari va qoratog‘da yashirinib yurgan Chig‘atoy beklari: Sulaymon Barlos, Amit Muso, Joku Barlos, Jaloliddin Barlos va Hinduka Barloslar Termizga kelib tushibdilar».1
Termiz o‘zining harbiy-strategik ahamiyati bilan alohida ahamiyatga ega bo‘lib, Jayhun kechuvining qulay joyida joylashuvi ko‘pincha urushlarda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan. Termiz o‘zining iqtisodiy, madaniy rivoji bilan alohida ajralib turgan shahar, uning atrofida qishloq xo‘jaligi ancha rivojlanib, bog‘dorchilik va sabzavotchilik keng ko‘lamda olib borilgan. O‘z navbatida shahar qo‘shinlarni, lashkarlarni boqishga ham alohida xizmat ko‘rsatgan. Amir Temur Balx jilg‘asida og‘ir ahvolda qolganda Termizdagi beklarning yordami tufayli qurshovdan chiqib olib, katta hujumga tashlanganligini, shu jangdan keyin Amir Temur Jayhun daryosidan Termiz kechuvi orqali o‘tib, Movarounnahrga qadam qo‘yganligini tarixiy manbalar orqali bilishimiz mumkin. Bundan shunday xulosaga kelish mumkin: Amir Temur Termiz atrofida lashkargoh qurib o‘tiradi, u o‘z ona zaminiga qadam qo‘yib endi erkin nafas olishga kirishadi. Temur o‘zining jangovar yurishlari davrida juda katta harbiy tajribani egallab, Termizda turgan vaqtida bu tajribalarini ancha mukammallashtirib oladi. Chunki Temur o‘zi amal qilgan to‘rt narsadan ikkitasini: ya’ni qat’iy qaror, tadbirkorlik va hushyorlikni hamda ehtiyotkorlikni aynan Termiz voqeasidan keyin bilib olgan bo‘lishi mumkin. Akademik Bo‘riboy Axmedov bu haqda quyidagicha yozadi: «Termiz yonida yuz bergan voqealar uni tinchitmadi.2
Bu voqeadan keyin Amir Temur o‘z qo‘shinini harbiy jihatdan mustahkamlab, ishonchli, yaqin odamlarni o‘z atrofida to‘plab, har qanday sharoitda unga pand bermaslik uchun, ya’ni Amir Husayn va uning Tomuqa xizmatkorlarining xoinligini inobatga olib, yagona qarorga keladi. Amir Temur o‘z tuzuklarining quyidagi bo‘limida, ya’ni «lashkarini ittifoqqa keltirish uchun qilgan o‘n ikkinchi kengashida: unga Termizga kelib qo‘shilib, og‘ir vaziyatda yordam qilgan kishilar masalasida quyidagi fikrni qayd etadi: «Amir Joku, Iki Temur, Amir Sulaymon va Amir Jaloliddinlarni xilvatroq yerga chorladim hamda ularni o‘zimga ittifoq qilmoqchi bo‘ldim. Xilvatda ular bilan suhbat qurib, «davlatimga sherik bo‘lasizlar», dedim. Bu bilan o‘zlariga ishonch va menga xizmat qilishda qat’iyat uyg‘otdim». Bu voqea harakat tufayli Amir Temur juda katta harbiysiyosiy obro‘ga ega bo‘ladi.3
«Temur tuzuklari»da ushbu tarixiy voqea yana bir bor eslatiladi: «Termiz kechuvidan narigi qirg‘oqqa o‘tgach, Kahalka qal’asi (Termizga yaqin qadimiy qal’a) tarafiga qorovullar yubordim. Jayhun bo‘yida bir necha kun turdim va qorovullar olib keladigan xabarni sabrsizlik bilan kutdim». Bundan shu narsa ma’lumki, Amir Temur siyosiy faoliyatining mustahkamlanishida Termiz va Chag‘oniyon viloyatining alohida o‘rni bor. Amir Husaynga nisbatan 1370 yili amalga oshirilgan harbiy yurish tarixda Termiz va Chag‘oniyon viloyatlari uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etganini yaxshi bilamiz. Amur Temur hamisha Termiz va uning atrofida bo‘lganida o‘zining keyingi jangida sodir etiladigan harakatini yana bir bor sinovdan o‘tkazish maqsadida qisqa muddat to‘xtaydi. Barong‘or bilan bo‘lgan janglarda ishonchli amirlar Joku barlos bilan amir Sayfiddinni qo‘yadi. Amir Temurning Termizga yaqin Biyo qishlog‘ida to‘xtab, «Temur tuzuklari»da qayd etilgan: «Birinchisi davlat va saltanatimga bog‘langan mening birinchi tuzugim Tangri taoloning dini va Muhammad Mustafoning shariatiga dunyoda rivoj berdim. Har yerda va har vaqt islom dinini quvvatladim», degan fikriga e’tibor berishga to‘g‘ri keladi. Chunki, Biyo qishlog‘ida Amir Temur Makkayu Mukarrama sayyidlarining boshlig‘i Sayyid Baraka bilan uchrashib, uning hamda sayyidlar, mashoyixlar, ulamolar, fozil kishilar duosini olib, otasining bergan, ya’ni «Alardin diniy, huquqiy, axloq masalalarini, harom bilan halolni ajratishni o‘rgangin. Shuning uchun ham majlislaringni shular bezab tursin», degan maslahatiga amal qiladi. Xuddi shu uchrashuvda Sayyid Baraka hammaning ko‘z o‘ngida toju taxt va saltanat ramzi bo‘lmish nog‘ora bilan bayroqni Temurbekning qo‘liga tutqazadi. Bu Olloh va Islom dinining Amir Temurga nisbatan bergan ulug‘ qudrati edi. Butun Termiz, Xuttalon, Chag‘oniyon, Balx, Hirot, Hisor, Kesh, Samarqand, Buxoro, Xorazm bo‘ylab Temur deya hayqirayotgan qalandarlar, darveshlar vajohatlaridan uning dushmanlarining dami ichiga tushib ketadi.4
Kim islom g‘alabasini tilasa, o‘sha Temur uchun ovoz bersin! Bunday hayqiriqlar Termiz, Chag‘oniyon, Xuttalon, Balx shahrining har bir burchagida yangrardi. Munajjimlar esa atroflariga odamlarni to‘plab, tungi osmonda charaklab turgan yulduzlarni ko‘rsatib, Temur yulduzi porlayotganiga ishora qilishardi: Sohibulqiron! Sohibulqiron! Munajjimlar Temurga shunday unvonni, ya’ni yulduzlar sultoni unvonini taqdim qilishadi. Amir Temur Sohibqiron Biyo qishlog‘idagi marosimdan keyin bo‘lg‘usi jangga hozirlik ko‘rish maqsadida Chag‘oniyon viloyatining markazi Chag‘oniyonga borib tushadi. Chag‘oniyon, ibn Xurdodbekning ta’kidlashicha, daryo bo‘yida joylashgan. «Hudud alolam»da yozilishicha, uning atrofi keng dalali, dehqonchilik qilish, sug‘orish uchun juda qulay bo‘lib, Abu alHasan ibn Mahmudga qarashli katta bog‘ va qurg‘on mavjud. Chag‘oniyon axli va beklari Amir Temurga sidqidildan xizmat qilib, katta miqsorda askar, oziqovqat, ot va chorva mollari hamda urush anjomlari yetkazib beradi. Amir Temurning Chag‘oniyonda bo‘lgan vaqgida Kufton (Guftan, hozirgi Sherobod vohasi), Barmangan (ba’zi manbalarda Charmangan yoki Jarminkan, hozirgi Jarqo‘rg‘ondan 4 km janubig‘arbdagi Kultepa shahri markazi), Xuttalon, Hisor, Temur qopug‘idagi yerlarda katta miqsorda kuch to‘playdi. Ana shu Olloh bergan kuchqudrat hamda Sayyid Baraka bergan qutlug‘ shoxiy duo kuchi bilan aklzakovatli mashhur sarkarda Amir Temur Balxni egallab, anchadan buyon unga bo‘ysunishni istamayotgan Amir Husayn ustidan zafar g‘alabasini qo‘lga kiritadi.5
Jahongir Amir Temurning aqpli, tadbirkor, kuchli harbiy sarkarda, sharoitni to‘g‘ri tushuna oladigan siyosatchi ekanligini u tomondan amalga oshirilgan har bir ish yakunidan bilish mumkin. Uning 1384 yil bahori boshida Eron zaminini o‘ziga bo‘ysundirish maqsadida Termiz atrofini lashkargohga aylantirib, Termiz sayyidlari himmati bilan Forsga yurish qilganligi, bu yurish uchun mavjud xarajatlar shu o‘lkada to‘plangashshgi tarixiy manbalarda alohdsa ta’kidlanadi. B. Ahmedov «Amir Temur» tarixiy romanida: «U yana Termiz va uning tevarakatrofini lashkargoh deb e’lon qildi, viloyatlarga lashkar to‘plash uchun tavochi va jarchilar yubordi. Movarounnaxr viloyatlaridan chiqarilgan barcha lashkar o‘n kun deganda shu yerga Termiz va uning tevarakatrofiga yig‘ildi. O‘sha 1384 yil bahorining avvalida Amir Temurning cho‘l qumlari va daraxt bargidan ham ko‘p lashkari Jayhundan o‘tib, qubbat ul islom Balxning jilg‘asiga kelib qo‘ndi», deb yozadi. Bu voqealarning tarixiy izohiga e’tibor bersak, Amir Temurga tobe bo‘lgan Termiz va Chag‘oniyon o‘lkasi unga doimo iqtisodiysiyosiy tayanch bo‘lganligi, bu o‘lkada hech qachon unga qarshi fitna-fasod bo‘lmagani aniq va ravshandir. Bu sadoqat evaziga Amir Temur mazkur yurtlarning ijtimoiyiqtisodiy jihatdan rivojlanishiga alohida e’tibor berdi. Sharafiddin Ali Yazdiy «Zafarnoma» asarida ko‘xna Termiz haqida ma’lumot berar ekan, 1399 yil 11 sentabrda Kesh (Shaxrisabz)dan Balxga borayotgan Amir Temur bir necha termizlik sayyidlarning qabrlarini, jumladan, Xoja Muhammad Ali Hakim Termiziy va Shayx Abu Bakr Varroqning mozorlarini ziyorat qilib o‘tganligini eslatadi. Amir Temur 1404 yilning yozida Balxdan orqaga qaytayotganida ham Termiz sayyidlaridan Xudovandzoda A’lo alMuluk xonadonida to‘xtab o‘tadi. Xuddi shu yilning kuzida Ispaniya dnroli Genrix III ning elchisi Klavixo ham Termizda bo‘lgan edi. Rui Gonsales de Klavixoning «Samarqandga, Temur huzuriga sayohat kundaligi» («Dnevnik puteshestviya v Samarkand ko dvoru Timura» (1403-1406 yy) asaridagi ma’lumotga ko‘ra, Temur Xurosonga qilayotgan yurishida Amudaryoga qayiq ustida turuvchi yog‘och ko‘prik qurdiradi va qo‘shinlar o‘tib bo‘lgach, uni buzdirib tashlaydi.6
Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Yakubova . D. “ Surxondaryo tarixi ” , Denov-2021

  2. S.N. va b. Surxondaryo tarix ko‘zgusida.T., 2001.

  3. Tursunov S.N. va boshqalar. Surxondaryo tarixi., T. «Sharq», 2004.

  4. Annaev T. Shaydullaev Sh. Surxondaryo tarixidan lavhalar., T. «Meros», 1997.

  5. O’zbekiston ensklopediyasi

  6. “Temur tuzuklari ”

Yüklə 26,35 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə