Tenglamalar tuzib masalalar yechishni o’rgatish metodikasi



Yüklə 270,37 Kb.
səhifə15/15
tarix19.03.2022
ölçüsü270,37 Kb.
#84615
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Tenglamalar tuzib masalalar yechishni o’rgatish metodikasi

Sotildi - 265 kg
Qoldi - 138 kg
Bo'lgan - ? arifmetik usul: 265 + 138 = 403kg shaker
Yechish: x - 265 = 138
x= 138+265
x= 403

Javob: Dastlab do'konda 403 kg shakar bo'lgan.

Masalani to'g'ri ishlagan o'quvchini guruhini rag'batlantiramiz va darsni yakunlab, uyga vazifa beramiz.

Darsni yakunlash: o'tilgan dars yangi bilim beruvchi va mustahkamlovchi dars bo'lib, dars davomida faol qatnashgan o'quvchilar rag'batlantiriladi.

Uyga vazifa: O'tilgan mavzu yuzasidan o'quvchilar o'zlari mustaqil tenglama usuli bilan yechiladigan masalalar tuzib kelish.
3-sinf o’quvchilari bilan so’rovnoma o`tkaziladi
1. Tenglik, tengsizlik nima?
2. Sonli va harfiy ifodaga misol keltiring.
3. Tenglama deganda nimani tushunasiz?
4. Tenglama tuzib yechishga doir masala tuzing.
3-sinf jami 30 ta o’quvchidan 26 ta o’quvchi a’lo va yaxshi, 2 ta o’quvchi qoniqarli, 2 ta o’quvchi qoniqarsiz javob berdi.

Xulosa qilib aytganda, pedagogik amaliyot davrida o’tkazilgan tajriba sinov ishlari natijasida matematika darsining sifati va samaradorligi oshdi.

Boshlang’ich sinflarda algebraik materiallarni o’rgatish metodikasi ya’ni tenglik va tengsizliklarni o’rgatish metodikasi, sonli ifodalarni o’rgatish metodikasi, tenglamalarni o’rgatish metodikasi, tenglamalar tuzib masalalar yechishni o’rgatish metodikasi bayon etildi.

Maktabning boshlang’ich sinflarida algebraik materiallarni o’rgatishda asosiy amaliy maqsadlar ko’zda tutiladi, chunki tenglamalar, sonli va harfiy ifodalar xossalarini o’rgatish, kerakli tasavvurlarni barpo etish, o’quvchilarni misol va tenglamalarni hisoblashga doir amaliy masalalarni yechish uchun zarur bo’lgan amaliy o’quv va malakalar bilan qurollantirishga qaratilgan bo’lishi lozim. Ko’p uchrab turadigan algebraik atamalar bilan tanishtirish yuqori sinflarda o’qishni muvaffaqiyatli davom ettirish uchun zarurdir.

Umumiy xulosa

Boshlang’ich ta’limni 1-4 sinflar qamrab oladi, hamda o’quvchilarning fan asoslari bo’yicha muntazam bilim olishlarini, ularda bilim o’zlashtirish extiyojini, asosiy o’quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarni milliy va umumbashariy qadryatlarga asoslangan ma’naviy – axloqiy fazilatlarni, mehnat ko’nikmalarini ijodiy fikrlash va atrof muhitga ongli munosabatda bo’lish va kasb tanlashni shakllantiradi.

Boshlang’ich ta’limning umumiy o’rta ta’lim olishi zarur bo’lgan savodxonlik, bilim va ko’nikma asoslarini shakllantirishga qaratilgandir. Maktabning 1-sinfiga 6-7 yoshdan qabul qilinadi. Boshlang’ich sinflarda algebraik materiallarni o’rgatish metodikasini puxta ishlab chiqish boshlang’ich sinf o’qituvchisining vazifalaridan biridir.

Boshlang’ich sinf o’quvchilariga matematika darslarida algebraik materiallarni o’rgatish metodikasi mavzusini o’rganib, ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqib va ularni o’quv jarayoniga tatbiq etdik.

Boshlang’ich sinflar ta’lim jarayonida matematika darslarida tenglik, tengsizlik, tenglama tushunchasini shakllantirish, boshlang’ich sinflarda matematika darslarida sonli ifoda, harfiy ifodalarni o’rgatish metodikasini, boshlang’ich sinflarning o’quvchilarini tenglamalar tuzib masalalar yechishga o’rgatish metodikasini, boshlang’ich sinf matematika darslarida algebraik materiallarni o’rgatishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari, boshlang’ich sinflarda amalga oshiriladigan ta’lim-tarbiya jarayonida algebraik materiallarni o’rgatish bo’yicha ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish va ularni ta’lim amaliyotiga tadbiq etish yo’llarini ko’rsatib beradi. Ta’lim jarayonida anketa, savol-javob, suhbat, umumlashtirish, kuzatish, pedagogik eksperiment metodlaridan foydalanish mumkin.
Yüklə 270,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə