Termiz davlat universiteti amaliy matematika va intelektual texnologiyalar fakulteti kampyuter ilimlari va dasturlash texnologiyalar yo’nalishi 2-kurs 222-guruh talabasi chorshanbiyeva zuhraning kampyuterning fizik asoslari fanidan tayyorlagan



Yüklə 24,68 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.03.2024
ölçüsü24,68 Kb.
#181924
jo’rayev samandar



TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI 
AMALIY MATEMATIKA VA INTELEKTUAL 
TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI 
KAMPYUTER ILIMLARI VA DASTURLASH 
TEXNOLOGIYALAR YO’NALISHI 
2-KURS 222-
GURUH 
TALABASI 
JO’RAYEv samandarNING 
KAMPYUTERNING FIZIK ASOSLARI FANIDAN 
TAYYORLAGAN TAQDIMOTI 


Mavzu; Gormanik o’tkazuvchan tok. 
O‘tkazuvchan tokning zanjir 
elementlaridan o’tishi. Elektr 
energiyasini uzoq masofalarga uzatish. 
Reja; 
1. O‘zgaruvchan tok energiyasini 
o‘zgartirish. 
2. O‘zgaruvchan tokni to‘g‘rilash 
zanjirlari. 
3. O‘lchov transformatorlari. Kuchlanish 
va tok transformatorlari. 


O’zgaruvchan elektr toki - Elektr energiyasi boshqa turdagi 
energiyalarga qaraganda hech shubhasiz katta afzalliklarga ega. Uni 
simlar orqali deyarli energiya isrof qilmasdan uzoq masofalarga uzatish 
mumkin, iste’molchilar o‘rtasida taqsimlash qulay. 
Eng muhimi
, bu 
engergiyani oddiygina qurilmalar yordamida energiyaning boshqa 
turlariga: mexanik energiyaga, ichki energiyaga (jismlarning isishi), 
yorug‘lik energiyasiga va shu kabi energiyalarga aylantirish mumkin. 
O‘zgaruvchan tokning o‘zgarmas tokka nisbatan shunday afzalligi borki, 
uning kuchi va kuchlanishini deyarli energiya yo‘qotmasdan juda keng 
chegaralarda o‘zgartirish (transformatsiyalash) mumkin. Ko‘pgina 
elektrotexnik va radiotexnik qurilmalar uchun o‘zgaruvchan tokni ana 
shunday o‘zgartirish kerak bo‘ladi. Lekin elektr energiyasini uzoqqa 
uzatishda kuchlanish va tokni transformatsiyalash ayniqsa zarurdir. 


Elektr tokini generatorlar ishlab chiqaradi. Generator biror turdagi 
energiyani elektr energiyasiga aylantiruvchi qurilmadir. 
Hozirgi vaqtda o‘zgaruvchan tokning elektromexanik induksion 
generatorlari eng muhim o‘rin tutadi. Bu generatorlarda mexanik 
energiya elektr energiyasiga aylantiriladi. Ularning ishlash 
prinsiplari elektromagnit induksiyasiga asoslangan. Bunday 
generatorlarning tuzilishi uncha murakkab emas. Shu bilan birga 
ular yetarli darajada yuqori kuchlanishda kuchli tok hosil qilish 
imkonini beradi. 
Elektr ta’minoti sistemasiga energiya manbalari, kuchaytiruvchi va 
pasaytiruvchi podstansiyalar, elektr uzatish va taqsimlash 
liniyalari, elektr tarmoqlari va boshqa yordamchi qurilmalar kiradi. 
Elektr 
energiyasini asosan
, elektr stansiyalarida o‘rnatilgan uch 
fazali generatorlar ishlab chiqaradi. 


Texnikada va amaliyotda o‘zgaruvchan tok ko‘p ishlatiladi, 
chunki o‘zgaruvchan tokni ishlab chiqarish va ishlatish qulay. 
Kengroq ma’noda yo‘nalishi va miqdori jihatidan o‘zgaradigan 
har qanday tok o‘zgaruvchan tok deb ataladi. Ammo 
elektrotexnikada, ko‘pincha, davriy o‘zaruvchi toklar 
o‘zgaruvchan tok deb ataladi. O‘zgaruvchan tok, ya’ni davriy deb 
ataladi, chunki vaqt o‘tishi bilan tokning o‘zgarishi takrorlanadi. 
Tokning o‘tish vaqti o‘zgaruvchan tokni davri deyiladi. Ular 
ichida eng oddiysi va qulayi sinusoidal toklardir. O‘zgaruvchan 
tok, ya’ni sinusoidal deb ataladi, chunki tokning o‘zgarishi vaqtga 
nisbatan sinus qonuniga muvofiq ro‘y beradi. 
Ii O‘zgaruvchan tokning bitta to‘la o‘zgarishi sikl deb aytiladi. 
Bitta siklning davom etish vaqti davr deyiladi. Bir sekund ichida 
bo‘lgan sikllar soniga o‘zgaruvchan tok chastotasi deyiladi. 


Barcha elektrostansiyalarda hosil bo‘lgan o‘zgaruvchan tokning 
chastotasi f=50 Gs ga teng. Masalan, agar f=50 Gs teng bo‘lsa, u 
paytda bir sekund ichida EYUKni yoki tokning o‘zgarishini 50-ta to‘la 
sikllari ro‘y beradi. 
O‘zgaruvchan tok yana siklik yoki davriy chastotasi ω bilan 
harakterlanadi. ω,f va T orasida bog‘lanishlar quyidagi formulalar 
bilan berilgan: 
ω=2πf (1)(2) 
O‘zgaruvchan tok o‘zining oniy qiymatlari bilan, ya’ni 
tok kuchining

kuchlanishni va EYUKni oniy qiymatlari bilan harakterlanadi. Tok 
kuchi vaqt bo‘yicha sinusoidal o‘zgaradi: 
i=JmSin(ωt+α
0
) (3) 
Tokning ixtiyoriy paytdagi bu qiymatiga o‘zgaruvchan tokning oniy 
qiymati deyiladi. Tokning Jm eng katta qiymatiga o‘zgaruvchan 
tokning amplituda qiymati deyiladi (1-rasm). 


O‘zgaruvchan tok manbaining EYUKsi ε yoki tashqi zanjir qismidagi 
kuchlanishi u ham, tok kuchi singari sinusoidal qonuniyatga bo‘ysinadi: 
ε = Ε
m
Sin(ωt+α
0
) (4) 
u = U
m
Sin(ωt+α
0
) (5) 
(3), (4), (5) formulalardan ko‘rinadiki, EYUKning faza o‘zgarishi bilan 
tok kuchi, kuchlanishning faza o‘zgarishi bir xildir. 
O‘zgaruvchan tokni o‘lchashi uchun uning o‘rtacha issiqlik ta’sirini 
o‘zgarmas tokning issiqlik ta’siri bilan taqqoslashiga asoslangan. 
O‘zgarmas tok t=T vaqt ichida R qarshilikka ega bo‘lib Q
1
issiqlik 
ajratadi. 
Q
1
= J
2
RT (6) 


O‘zgaruvchan tok ham shu vaqt ichida R qarshilikdagi Q
2
issiqlik 
ajratadi: 
t = T vaqt ichida o‘zgarmas va o‘zgaruvchan toklar bir xil issiqlik 
miqdorini ajratadilar va shuning uchun: 
Q
1
= Q
2
(8) 
cos2ωtdt = 0, chunki cos 2ωt funksiyasining T bir davr ichidagi 
qiymati nolga teng. Shuning uchun tok kuchi effektiv yoki ta’siriy 
qiymati quyidagiga teng bo‘ladi: 
Shunday qilib, sinusoidal o‘zgaruvchan tok uchun tok kuchining 
effektiv qiymati amplituda qiymatidan 2 marta kichik bo‘ladi.Xuddi 
shuningdek, EYUK va kuchlanishning effektiv qiymatlari ham 
amplituda qiymatlaridan 2 marta kichik bo‘ladi. 
O‘tkazgichda birday vaqt ichida o‘zgaruvchan tok ajratgan issiqlikka 
teng issiqlik ajrata oluvchi o‘zgarmas tokning tok kuchi J
eff
ga 
o‘zgaruvchan tokning ta’sir yoki effektiv qiymati deyiladi. 


E’tiboringiz uchun 
rahmat

Yüklə 24,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə