Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi


Mehnat qurollari va mehnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarish



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

Mehnat qurollari va mehnat predmetlari birgalikda ishlab chiqarish 
vositalari deb yuritiladi. 
Bu esa mehnat jarayonining tabiatidan kelib chiqadi; 
shuning uchun ham ishlab chiqarish vositalari barcha ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar
insoniyat taraqqiyotining hamma bosqichlari uchun xosdir. 
Bu erda ishchi kuchi bilan mehnat o‘rtasidagi farqni anglab olish juda 
muhimdir. CHunki, 
mehnat insonning, to‘g‘rirog‘i ishchi kuchining ma‘lum 
maqsadga qaratilgan faoliyati jarayoni bo‘lib, ishchi kuchi tushunchasidan 
tamomila farqlanadi.
Ko‘pgina adabiyotlarda esa ularga sinonim (bir xil 
tushuncha) sifatida qaralib, bunday holat ko‘plab chalkashliklarni keltirib 
chiqaradi. Bizga ma‘lumki, 
ishchi kuchi insonning mehnatga bo‘lgan aqliy va 
jismoniy qobiliyati, uning bilim, malaka darajasi bilan birgalikda ishlab 
chiqarishda qatnashishiga tayyor turgan omillardan biri hisoblanadi. Mehnat 
esa barcha omillarning, shu jumladan, ishchi kuchining ishlab chiqarish 
vositalari bilan qo‘shilishi natijasida sodir bo‘ladigan va ma‘lum samara 
olishga qaratilgan faoliyatdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida katta e‘tibor beriladigan omillardan biri 
tadbirkorlik qobiliyatidir. 
Tadbirkor deb iqtisodiy resurslar, ya‘ni ishlab 
chiqarish vositalari va ishchi kuchi resurslarining, tabiiy resurslarning bir-
biriga qo‘shilishini ta‘minlaydigan, tashkilotchi, yangilikka intiluvchi, 
tashabbuskor, iqtisodiy va boshqa xavfdan, javobgarlikdan qo‘rqmaydigan 
kishilarga aytiladi; bu xislatlar majmui esa tadbirkorlik qobiliyati deb 
yuritiladi
15
.
Hozirgi davrda ayrim adabiyotlarda axborot va uning vositalarini
ekologiyani ham alohida omil deb ko‘rsatadilar. Bizning fikrimizcha, ular er va 
kapitalda o‘z ifodasini topadi. SHuning uchun ularni alohida omil deb qarashga 
hojat yo‘q.

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə