16
harakat qildi, bozor muvozanatini va narxni aniqlovchi omillar talab va taklifdan
iborat deb qaradi. Bu nazariy yo‘nalishning namoyandalaridan biri shveytsariyalik
iqtisodchi Leon Valьras bo‘lib, u umumiy iqtisodiy muvozanat modelining
nusxasini ishlab chiqishga harakat qildi.
Avstriya iqtisodiy maktabining namoyandasi Y.SHumpeter «Iqtisodiy
taraqqiyot nazariyasi» (1912) nomli kitobida iqtisodiy tizimlar o‘zgarishining ichki
kuchlarini, ularning ichki mazmunini va turtki beruvchi kuchini ko‘rsatishga
harakat qildi va u iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik
degan xulosaga keldi.
Iqtisodiyot nazariyasining hozirgi zamon yo‘nalishlaridan biri
keynschilik
maktabidir.
1936 yilda ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns o‘zining «Bandlik,
foiz va pulning umumiy nazariyasi» degan kitobida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar:
milliy daromad, kapital xarajatlar, iste‘mol va jamg‘arishning o‘zaro bog‘liqligini
tahlil qilib, investitsiya va iste‘molning eng maqsadga muvofiq tarzda tashkil
topishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb ko‘rsatadi. Keyns ta‘limoti, ya‘ni
keynschilik maktabi ta‘sirida iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo‘lga qo‘yildi. U
iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki zarurligini isbotladi.
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining muhim yo‘nalishlaridan biri
monetarizm
deb ataladi. Agar Keyns nazariyasining ishlab chiqilishida markaziy
muammo ishsizlik bo‘lgan bo‘lsa, monetarizm nazariyasining asosiy muammosi
ishlab chiqarish hajmining pasayib borish sharoitida inflyatsiyaning vujudga
kelishidir. Ushbu holat stagflyatsiya degan nom oldi. Monetarizm maktabining
asoschisi Milton Fridmen bo‘lib, uning iqtisodiyot nazariyasiga qo‘shgan hissasi
pul nazariyasini yangi mazmun bilan boyitdi. Monetaristlar tovar ishlab chiqarish
jarayoniga pulning qayta ta‘sir etish mexanizmini, pul dastaklari va monetar
siyosatning iqtisodiyotni rivojlanishiga ta‘sirini chuqur tadqiq etishdi. Monetarizm
pul-kredit dastaklari yordamida iqtisodiyotni tartibga solishda o‘ziga xos
yondashuvni vujudga keltirgan nazariyadir.
Hozirgi paytda marjinalizm, monetarizm, keynschilik va boshqa qator
yo‘nalishdagi iqtisodiy nazariyalar yig‘indisi «Ekonomiks» nomli kitobda
mujassamlashgan bo‘lib, u AQSH, Angliya va boshqa qator mamlakatlarda darslik
sifatida o‘qitiladi. Rus tilidagi tarjimasi orqali bizga ma‘lum bo‘lgan
P.Samuelьson, R.Makkonnell va L.Bryularning kitoblari uning namunalaridir.
Hozirda bu yo‘nalishdagi fan bizda va boshqa qator MDH mamlakatlarida
«Iqtisodiyot nazariyasi» deb atala boshladi.
Dostları ilə paylaş: