|
Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi-MAVZU. MUKAMMAL BOZOR VA MONOPOLIYAIqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.4-MAVZU. MUKAMMAL BOZOR VA MONOPOLIYA.
MONOPOLISTIK RAQOBAT VA OLIGOPOLIYA
Reja:
1. Monopoliyalarning vujudga kelishi, iqtisodiy asoslari va ularning turlari
2. Sof monopoliya sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari
3. Monopolistik raqobat va oligopoliya mohiyati, shakllari va usullari
4. Oligopoliya sharoitida narxning shakllanish xususiyatlari
5.Monopoliyaning turli shakllarida narxning shakllanishi.
1. Monopoliyalarning vujudga kelishi, iqtisodiy asoslari va ularning turlari
«Monopoliya» atamasining kelib chiqishi bozorga oid tushunchalardan (ya‘ni,
grekcha «monos» - yagona, bitta va «poleo» - sotaman) tarkib topsada, biroq uning
iqtisodiy asoslari aslida ishlab chiqarishga borib taqaladi.
Monopoliyalar vujudga kelishining moddiy asosi ishlab chiqarishning
to‘planishi hisoblanadi.
Ishlab chiqarishning to‘planishiishlab chiqarish
vositalari, ishchi kuchi hamda mahsulot ishlab chiqarish hajmining yirik
korxonalarda to‘planishini namoyon etadi.
Ishlab chiqarish to‘planishining
asosiy sababi bo‘lib olinayotgan foyda hajmining ko‘payishi hisoblanadi. Foydani
muntazam ravishda ko‘paytirib borish maqsadida tadbirkor olingan qo‘shimcha
mahsulot (foyda)ning bir qismini kapitallashtiradi, ya‘ni unga qo‘shimcha ishlab
chiqarish vositalari va ishchi kuchi sotib oladi. Bu esa ba‘zi bir korxonalarning
o‘sishi hamda ishlab chiqarish miqyoslarining kengayishiga olib keladi. SHu bilan
birga raqobat amaldagi kapitallarning ixtiyoriy yoki majburiy birlashtirish,
markazlashtirish tendentsiyasini keltirib chiqaradi. SHunday qilib, ishlab chiqarish
to‘planishining moddiy asosi bo‘lib kapitalning to‘planishi va markazlashuvi
hisoblanadi.
Monopoliyalarning turlarini bir necha mezonlarga ko‘ra ajratish mumkin.
1.Bozorni qamrab olish darajasiga ko‘ra:
sofmonopoliya, oligopoliya va
monopsoniya.
Dostları ilə paylaş: |
|
|