Termiz davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti iqtisodiyot kafedrasi



Yüklə 5,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/252
tarix28.11.2023
ölçüsü5,07 Kb.
#133351
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   252
Iqtisodiyot nazariyasi. 1-kurs. 2022-2023 o\'.y.

marjinalizm
8
deb atalgan yangi bir ta‘limotni yaratdi. U 
inglizcha so‘zdan olingan bo‘lib, so‘nggi, qo‘shilgan degan ma‘noni beradi. Uning 
asoschilari Avstriya iqtisodiy maktabining namoyandalari (K.Menger, F.Vizer, 
Bem-Baverk va b.) bo‘lib, ular tomonidan qo‘shilgan tovar nafliligining, 
qo‘shilgan mehnat yoki resurs unumdorligining pasayib borish qonuni degan 
nazariyalar ishlab chiqildi. Marjinalizm nazariyasi aniq olingan tovarga bo‘lgan 
talab va uning narxi o‘rtasidagi bog‘liqlik va o‘zaro ta‘sirini tahlil qilishda keng 
qo‘llanildi.
Iqtisodiyotning yangi yo‘nalishi 
neoklassik
, ya‘ni yangi klassik deb nom oldi. 
Bu nazariyaning yirik namoyandalaridan biri A.Marshall bo‘lib, u iqtisodiy 
jarayonning funktsional bog‘lanishi va funktsional nisbatlarini ishlab chiqishga 
8
McConnell, Brue. Economics: principles, problems and policies. 20th edition. America, New York: McGraw-Hill, 2014.page 
13 


16 
harakat qildi, bozor muvozanatini va narxni aniqlovchi omillar talab va taklifdan 
iborat deb qaradi. Bu nazariy yo‘nalishning namoyandalaridan biri shveytsariyalik 
iqtisodchi Leon Valьras bo‘lib, u umumiy iqtisodiy muvozanat modelining 
nusxasini ishlab chiqishga harakat qildi.
Avstriya iqtisodiy maktabining namoyandasi Y.SHumpeter «Iqtisodiy 
taraqqiyot nazariyasi» (1912) nomli kitobida iqtisodiy tizimlar o‘zgarishining ichki 
kuchlarini, ularning ichki mazmunini va turtki beruvchi kuchini ko‘rsatishga 
harakat qildi va u iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi asosiy kuch tadbirkorlik 
degan xulosaga keldi.
Iqtisodiyot nazariyasining hozirgi zamon yo‘nalishlaridan biri 
keynschilik 
maktabidir. 
1936 yilda ingliz iqtisodchisi Jon Meynard Keyns o‘zining «Bandlik, 
foiz va pulning umumiy nazariyasi» degan kitobida makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar: 
milliy daromad, kapital xarajatlar, iste‘mol va jamg‘arishning o‘zaro bog‘liqligini 
tahlil qilib, investitsiya va iste‘molning eng maqsadga muvofiq tarzda tashkil 
topishi iqtisodiy taraqqiyotning muhim omili deb ko‘rsatadi. Keyns ta‘limoti, ya‘ni 
keynschilik maktabi ta‘sirida iqtisodiyotda makroiqtisodiy tahlil yo‘lga qo‘yildi. U 
iqtisodiyotni tartibga solishda davlatning faol ishtiroki zarurligini isbotladi.
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasining muhim yo‘nalishlaridan biri 
monetarizm
deb ataladi. Agar Keyns nazariyasining ishlab chiqilishida markaziy 
muammo ishsizlik bo‘lgan bo‘lsa, monetarizm nazariyasining asosiy muammosi 
ishlab chiqarish hajmining pasayib borish sharoitida inflyatsiyaning vujudga 
kelishidir. Ushbu holat stagflyatsiya degan nom oldi. Monetarizm maktabining 
asoschisi Milton Fridmen bo‘lib, uning iqtisodiyot nazariyasiga qo‘shgan hissasi 
pul nazariyasini yangi mazmun bilan boyitdi. Monetaristlar tovar ishlab chiqarish 
jarayoniga pulning qayta ta‘sir etish mexanizmini, pul dastaklari va monetar 
siyosatning iqtisodiyotni rivojlanishiga ta‘sirini chuqur tadqiq etishdi. Monetarizm 
pul-kredit dastaklari yordamida iqtisodiyotni tartibga solishda o‘ziga xos 
yondashuvni vujudga keltirgan nazariyadir. 
Hozirgi paytda marjinalizm, monetarizm, keynschilik va boshqa qator 
yo‘nalishdagi iqtisodiy nazariyalar yig‘indisi «Ekonomiks» nomli kitobda 
mujassamlashgan bo‘lib, u AQSH, Angliya va boshqa qator mamlakatlarda darslik 
sifatida o‘qitiladi. Rus tilidagi tarjimasi orqali bizga ma‘lum bo‘lgan 
P.Samuelьson, R.Makkonnell va L.Bryularning kitoblari uning namunalaridir. 
Hozirda bu yo‘nalishdagi fan bizda va boshqa qator MDH mamlakatlarida 
«Iqtisodiyot nazariyasi» deb atala boshladi. 

Yüklə 5,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   252




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə