Termiz davlat universiteti



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə2/25
tarix22.05.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#112023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
ozbekiston oziq ovqat sanoati geogrfiyasi RRFGVS

Mavzuning dolzarbligi: Mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti shakllanishi, iste’mol talabiga oid yangi muammolarni kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Bozor munosabatlariga o’tish bozor ishtirokchilariga yangi talablarni qo’ymoqda – ularni ma’lum iste’mol talabi uchun foydalanilgan mahsulotlarni ishlab chiqarish va sotishga majbur qilmoqda.
O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tishiga asoslangan hozirgi siyosati korxonalar, firmalar va tashkilotlar faoliyatini samarali tashkil qilish, ularning ichki va tashqi iqtisodiy munosabatlarining bozor talablariga moslashtirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamon davom etayotganiga qaramasdan, hisobot yilida yalpi ichki mahsulot 8 foiz, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 foiz, qishloq xo’jaligi mahsulotlari qariyb 7 foiz, qurilish-
montaj ishlari hajmi salkam 18 foizga oshdi.

Yillik byudjet yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan bajarildi. Inflyatsiya darajasi5,6 foizni tashkil qildi, ya’ni prognoz ko’rsatkichlari doirasida bo’ldi.


Xalqaro miqyosda katta nufuzga ega bo’lgan Jahon iqtisodiy forumi reytingiga ko’ra, O’zbekiston 2014-2015 yillardagi rivojlanish yakunlari va 2016-2017 yillarda iqtisodiy o’sish prognozlari bo’yicha dunyodagi eng tez rivojlanayotgan beshta mamlakat qatoridan joy olgani albatta barchamizga mamnuniyat yetkazadi.
Aholi daromadlarining ortishi natijasida ichki iste’mol talabi kengaymoqda. Chakana savdo aylanmasi bir yilda 15 foizdan ziyod, pullik xizmatlar hajmi esa 10,8 foizga o’sdi.
Aholining uzoq muddat foydalaniladigan tovarlar bilan ta’minlanish darajasida ham sifat o’zgarishlari ro’y berdi. Bugungi kunda ushbu tovarlarning aksariyati mamlakatimizda ishlab chiqarilmoqda. Xususan, har 100 oilaning 42 tasi engil avtomobillarga ega bo’lib, bu besh yil avvalgi ko’rsatkichdan 1,5

3
barobar ko’p, 47 ta oila shaxsiy kompyuterlar bilan ta’minlangan va bu davrda o’sish 3,9 barobarni tashkil etdi. Shuningdek, har 100 ta oiladan 31 tasi konditsionerga ega yoki bu boradagi o’sish 1,7 barobarga teng, har 100 ta oilaga 234 ta mobil telefon to’g’ri kelmoqda yoki bu sohadagi o’sish 1,6 barobarni tashkil etmoqda.


Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligida mustaqil tashkilotlar guruhi va xalqaro ekspertlar ishtirokida 2015 yilda 158 ta davlatda «Dunyoning eng baxtli mamlakatlari» degan mavzuda tadqiqot o’tkazildi. Har qaysi mamlakatning o’z fuqarolarini baxtlihayotbilanta’minlashqobiliyatiniifoda etadigan ushbuindeks bo’yicha O’zbekiston 44-o’rinni egalladi. Aytish joizki, yurtimiz 2013 yilda bu reytingda 60-o’rinda edi.
Ta’kidlash kerakki, iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarida tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish va bu sohalarni diversifikatsiya qilishga qaratilayotgan ulkan e’tibor eksport hajmi, uning tarkibi va sifatiga ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
Jahon bozorlarida raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi sharoitda iqtisodiyotimizning raqobatdoshligini tubdan oshirish, eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalarni qo’llab-quvvatlashni kuchaytirish, fermer xo’jaliklari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining eksport faoliyatidagi ishtirokini har tomonlama rag’batlantirish ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Aynan ana shu sohalarda hali foydalanilmagan ulkan imkoniyat va salohiyat ko’p. Eksportga mahsulot chiqaradigan sanoat korxonalaridan farqli ravishda kichik biznes sub’ektlari va fermerlar o’z mahsulotlarini eksport qilishdan olgan valyuta tushumlarining 50 foizini banklarga sotish majburiyatidan ozod qilingani va ularning eksportga mahsulot yetkazib berishdan, avvalo, o’zlarining manfaatdor bo’lishini e’tibordan chetda qoldirmasligimiz darkor.
Birinchi navbatda, eksportga mahsulot chiqaradigan korxonalar uchun taqdim etilayotgan imtiyozlar tizimini yana bir marta tanqidiy ko’rib chiqish, bojxona tartib-taomillarini yanada soddalashtirish, ularni amalga oshirish muddatlarini qisqartirish va tashqi savdo operatsiyalarini bajarish uchun tariflarni

4
pasaytirishga doir qo’shimcha choralar ko’rish lozim. Mahsulot eksporti bilan bog’liq barcha hujjatlar va ruxsat berish tartib-taomillarini rasmiylashtirishning elektron shaklini keng joriy etish kerak.


Bu masalalarni hal etishda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining qayta tashkil etilgan tuzilmalari zimmasiga jiddiy mas’uliyat yuklanadi.
Bugungi kunda ana shu tuzilmalar eksportni muvofiqlashtirish va eksport faoliyatiga yangi ishtirokchilarni jalb qilish, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni eksportga yetkazib berish ko’lamini kengaytirish va yangi bozorlarga kirib borish uchun mas’uldir.»1
Prezidentimizning ushbu ma’ruzasida belgilab berilgan O’zbekiston iqtisodiy rivojlanishning yuqori va barqaror sur’atlarini, samaradorligini hamda makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash, bank-moliya tizimining barqarorligini oshirish, strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borish, xalqimizning hayot darajasi va farovonligini yanada oshirish borasidagi vazifalarni to’liq va samarali amalga oshirish eng avvalo jamiyatimiz a’zolari tomonidan ularning mazmun-mohiyatini teran va chuqur anglab etilishini taqozo etadi.
Iqtisodiyotda erishilgan yutuqlarimizni yanada mustahkamlash uchun mamlakatimizda bozor islohotlarni jamiyat miqyosida yanada chuqurlashtirish hamda erkinlashtirish zarur. Ana shundagina butun mamlakatni modernizatsiya qilish zaminida aholi turmush darajasini yuksaltirish mumkin bo’ladi.
Korxona faoliyati avvalo bozorni bilishga, oxirgi natijani bashorat qila olishga to’g’ridan to’g’ri bog’liq bo’lgan xo’jalik faoliyati asosiy yo’nalishlarini, oxirgi foyda miqdorini baholagan holda bozorga mo’ljallanadi. Bozor qonunlarini bilmaslik korxona egasini moliyaviy inqirozga olib keladi, yoki aksincha kim o’z vaqtida bozorning istiqboliga taraqqiyotni oldindan bashorat qila olsa ular o’z imkoniyatlarini shunga yo’naltirsa, xo’jalik faoliyatlarining
1 Islom Karimov. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir.//Xalq so’zi, 2016 yil 16 yanvar, N11 (6446)

5
yuqori samaradorligi ta’minlanadi.



Mamlakatimiz Prezidenti I.A. Karimov shunday ta’kidlagandilar: «Korxonalarni korporativ boshqarish bo’yicha ilg’or xalqaro tajribani o’rganish asosida aktsiyadorlik jamiyatlarining yangi namunaviy tuzilmasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi. Shu tariqa, zamonaviy korporativ boshqaruv tizimi talablarini inobatga olgan holda, Lavozim va kasblarning yangi klassifikatori ishlab chiqildi va tasdiqlandi, unga bozor iqtisodiyoti talablariga mos keladigan 566 ta yangi toifa kiritildi.
Ana shu klassifikator asosida rahbarlar tarkibi attestatsiyadan o’tkazildi. Rahbar kadrlarning korporativ boshqaruvning zamonaviy usul va printsiplari, menejment va marketing bo’yicha bilimlarini baholash ushbu sinovning asosiy maqsadi qilib qo’yildi. Uning natijalariga ko’ra, attestatsiya qilingan 721 nafar rahbar xodimning yarmi – 49 foizi attestatsiyadan o’tgan bo’lsa, ularning har uchinchisi attestatsiyadan shartli ravishda o’tkazilgan, 20 foizi yoki har beshinchi rahbar esa egallab turgan lavozimiga loyiq emas, deb topilgan.
Bu raqamlar, tabiiyki, ko’p narsadan darak beradi va aktsiyadorlik jamiyatlarini boshqarish tizimini tubdan o’zgartirishdek muhim ishni o’z vaqtida boshlaganimizni yana bir bor tasdiqlaydi.
Bo’shab qolgan rahbarlik lavozimlariga puxta bilimga ega bo’lgan, zamonaviy menejment va marketing usullarini amalda qo’llay oladigan yosh mutaxassislar tayinlandi. Shu borada Germaniyada joylashgan Evropa menejment va texnologiyalar maktabining faol ishtirokida aktsiyadorlik jamiyatlarining rahbar xodim va mutaxassislarini tizimli asosda tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish, ularning zamonaviy korporativ boshqaruv usullarini egallashini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi tashkil etildi.»2

Bozor iqtisodiyoti ichki va tashqi savdo sharoitining muttasil o’zgarib



2 Islom Karimov. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir.//Xalq so’zi, 2016 yil 16 yanvar, N11 (6446)

6
borishi bozor munosabatlariga o’tish shart-sharoitini, uning o’ziga xos xususiyatlarini atroflicha o’rganishni taqozo etmoqda. Pirovard maqsadda bozorni, tayin bir iste’molchini ko’zlash, raqiblar va raqobat usullarini puxta o’rganish yutuq va barqarorlik garovi bo’lib bormoqda. Bozor talabini bilish korxonalarga iste’molchilarning talabiga muvofiq ravishda tovar resurslarini shakllantirish imkoniyatini beradi.


Milliy iqtisodiyotimizni shakllantirish jarayoni nazariy jihatdan qayta ko’rib chiqilmoqda hamda sog’lom aql-idroq, jahon xo’jaligi tajribasi, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi va jamiyat hayoti barcha qirralarini demokratiyalash talablariga muvofiq ravishda o’zgarib bormoqda. Qisqa muddat ichida tijorat, axborot va reklama ramzi bo’lgan marketing ommaviyligi juda kuchayib ketdi.
Bozor munosabatlarining ravnaq topishida erkin raqobat va aholi turmush farovonligini ta’minlashda marketing muhim ahamiyat kasb etadi. oziq-ovqat sanoati korxonalarini rivojlantirishda faol marketingdan foydalanish, avvalambor, marketing sohasidagi izlanishlarning mohiyatiga, mazmuniga va yo’nalishiga asoslanadi. oziq-ovqat sanoati korxonalarini rivojlantirishda faol marketingdan foydalanishning yalpi faol marketingdan foydalanishda, uni boshqarishda, rejalashtirishda va nazorat etishda muhim ahamiyatga ega bo’lishi zamonaviy marketing asosiy xususiyatlaridan biri sifatida namoyon bo’lmoqda.
Oziq-ovqat sanoati korxonalarini rivojlantirishda faol marketingdan foydalanishni yuqori darajada bo’lishi, uning ko’lami, tahliliy va qayta ishlash jarayonlarida foydalaniladigan uslublar yig’indisi, bevosita korxonaning marketing strategiyasini belgilashda hamda amalga oshirishda tayanch nuqtalardan biri hisoblanadi.
Korxonalarining ichki bozorda munosib o’rinlarni egallashlarida marketing faoliyatini samarali tashkil etish muhim ahamiyatga ega. Chunki, zamonaviy raqobat nafaqat maqsadli bozorni topish, balki potentsial xaridorni aniqlash, uning shakllanishi va ko’lamining ortishi borasidagi urinishlar bilan ajralib turadi Ishlab chiqarishda faol marketingdan foydalanish ahamiyatining oshib borishiga yana bir sabab, bu mamlakatimizda barcha mulkchilik shakllariga

7
asoslangan iqtisodiyotning shakllanishi va uning tobora jadal sur’atlar bilan rivojlanishidir.


Korxonalar oldida turgan asosiy vazifalardan biri bu potentsial xaridorni aniqlash, faol marketingdan foydalanishni shakllantirish va bozorda yuqori mavqega ega bo’lish hisoblanadi. Bu vazifani hal etishda muntazam va samarali faol marketingdan foydalanish korxonalar ravnaqini belgilashda muhim ahamiyatga ega.
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan ilg’or davlatlarning yirik firmalari tajribasi shuni ko’rsatadiki, marketing nazariyasi va amaliyotining ravnaqi faol marketingdan foydalanishning darajasiga bevosita bog’liqdir.
Marketingni tarmoq kompleksi darajasida tashkil etish muammolariga xorijlik olimlar D. Aaker, G. Assel, L. Bun, D. Kurtts, F. Kotler, G.A. Cherchil va boshqalarning ilmiy izlanishlari bag’ishlangan. Ularda, aksariyat hollarda, bozor iqtisodiyoti sharoitida faol marketingdan foydalanish, takomillashtirishning metodologiyasi, amaliyoti har tomonlama va keng tarzda yoritilgan.
Mustaqil davlatlar hamdo’stligi mamlakatlarinig etakchi iqtisodchi olimlari G.I. Bagiev, I.K. Belyavskiy, E.P. Golubkov, A.E. Ziryanov, D.T. Novikov, A.N. Romanov kabilarning ilmiy ishlarida bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida faol marketingdan foydalanish masalalari mufassal tadqiq etilgan. Biroq, ularning izlanishlarida ayrim tarmoqlar, shuningdek, korxonalarining mintaqaviy sharoitlari va xususiyatlaridankelibchiqqan holda faol marketingdan foydalanish masalalari chuqur aks ettirilmagan.
O’zbekistonda iste’mol tovarlari bozori, korxonalarining iqtisodiyotiga bag’ishlangan ilmiy izlanishlar bilan respublikamizda A.Sh. Bekmurodov, M.R. Boltaboev, J.J. Jalolov, M.A. Nasriddinova, A.S. Soliev, A.A. Fattohov, Sh.J. Ergashxodjaeva kabi olimlar maxsus shug’ullanmoqdalar.
Xullas, respublika korxonalarida faol marketingdan foydalanish masalalari etarli o’rganilmaganligi bitiruv malakaviy ishining mavzusi, maqsad va vazifalarini belgilab berdi va ushbu masalaga BMI darajasida yondashishga asos

8
bo’ldi.



Bitiruv malakaviy ishning maqsadi oziq-ovqat sanoati korxonalarini rivojlantirishda faol marketingdan foydalanish shart-sharoitlarini o’rganish, ayniqsa faol marketingdan foydalanishning ilmiy-amaliy asoslangan tavsiyanomalarni ishlab chiqishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishining asosiy vazifalari quyidagilardan iboratdir:
-faoliyatda faol marketingdan foydalanish masalalarini o’rganib chiqish;

-oziq-ovqat sanoati korxonalarini rivojlantirishda faol marketingdan foydalanishning o’ziga xos tomonlarini o’rganish;


-oziq-ovqat sanoati korxonalarini rivojlantirishda faol marketingdan foydalanish yo’llarini o’rganish;
-faol marketingdan foydalanishning darajasi, usullarini o’rganish;

- korxonalarni rivojlantirishda faol marketingdan foydalanishning asosiy yo’llarini ko’rsatish.



Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə