Termiz davlat universiteti



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə6/25
tarix22.05.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#112023
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
ozbekiston oziq ovqat sanoati geogrfiyasi RRFGVS

1-bob bo’yicha xulosa Korxonalardafaolmarketingdanfoydalanishavvalomarketingnikorxonadabir
tizim sifatida yoki hech bo’lmaganda alohida bo’lim sifatida tashkil etilishini taqazo qiladi. Marketing faoliyatini takomillashtirib borish esa bozor holatiga, korxona maqsad va muddaolariga mos ravishda amalga oshirib boriladi.
Shunday qilib, korxonada faol marketingdan foydalanish ancha murakkab ish bo’lib, katta resurslarni va malakali xodimlarni jalb qilishni talab qiladi va bu narsa albatta bozor holatiga va u tomonidan qo’yilayotgan talablar asosida hamda ularga mos holda amalga oshirilib borilishi lozim bo’ladi.

25
2-BOB. O’ZBEKOZIQOVQATXOLDING» XOLDING KOMPANIYASIDA FAOL MARKETINGDAN FOYDALANISH TAHLILI.

2.1. O’zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasiga tashkiliy-

iqtisodiy tavsifnoma.

So’nggi yillarda O’zbekiston iqtisodiyoti barqaror va jadal rivojlanib bormoqda. Mamlakatimizda sifati yuqori bo’lgan, raqobatbardosh oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. Sohada olib borilayotgan islohotlar natijasida katta yutuqlarga erishilmoqda. 2015 yilda mamlakatimiz Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo’jaligi tashkiloti (FAO)ga a’zo davlatlarning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasida Mingyillik rivojlanish maqsadlariga erishgani uchun beriladigan mukofotiga sazovor bo’lgan 14 ta davlatdan biri sifatida e’tirof etildi10.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, o’tgan yilda erishilgan ana shunday o’sish sur’atlari va yuksak makroiqtisodiy ko’rsatkichlar jamiyatimizning barcha sohalarini tubdan isloh qilish va yangilash bo’yicha amalga oshirilgan ko’p yillik mashaqqatli va murakkab ishlarning mantiqiy natijasi, mamlakatimiz iqtisodiyotini izchil va barqaror rivojlantirishning amaliy namoyoni bo’ldi.
Ushbu ko’rsatkichlarga erishishda oziq-ovqat sanoati korxonalarining o’rni juda katta bo’lib, ular o’rtasidagi sog’lom raqobat muhitini yuzaga keltirish va rivojlantirish bo’yicha o’tgan yillarda juda katta hajmdagi ishlar amalga oshirildi.
“O’zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasining maqsadi iste’molchilarga sifatli tovar va xizmatlarni taqdim etish, yuqori sifatli ishlab chiqarish xizmatini ko’rsatish va qonuniy foyda olishdan iboratdir.
“O’zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi 2011 yilning 31 oktyabridagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-1633-sonli «2012-2015 yillarda respublika oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish va uni boshqarishni tashkil qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori hamda ta’sischilar umumiy yig’ilishining birlashish to’g’risidagi qaroriga asosan «Yog’-moy va oziq-

10 I.Karimov. Bosh maqsadimiz – mavjud qiyinchiliklarga qaramasdan, olib borayotgan islohotlarni, iqtisodiyotimizda tarkibiy o’zgarishlarni izchil davom ettirish, xususiy mulkchilik, kichik biznes va tadbirkorlikka yanada keng yo’l ochib berish hisobidan oldinga yurishdir.//Xalq so’zi, 2016 yil 16 yanvar, N11 (6446)

26
ovqat sanoati» va «Go’sht-sutsanoati» uyushmalarining birlashtirilishi orqali tashkil etildi.
“O’zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi Qishloq va suv xo’jaligi, qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash va iste’mol tovarlari Kompleksining muhim tarmoqlaridan biri bo’lib, O’zbekistondagi rivojlangan sanoat birlashmalaridan biri hisoblanadi. Respublikada ishlab chiqariladigan oziq-ovqat mahsulotlarining 38-40 foizi uyushma korxonalari tomonidan tayyorlanadi.
“O’zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi tarkibiga o’simlik yog’i, yog’-moy, alkogolsiz pivo, tamaki mahsulotlari, go’sht-sut mahsulotlari, meva-sabzavot konservalari, qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar kiradi, shu bilan birga o’simlik yog’i, xo’jalik sovuni hamda shakar kundalik hayot uchun zarur bo’lgan birinchi darajali ehtiyoj mollari ro’yxatiga kiritilgan bo’lib, iqtisodiy xavfsizlikning, respublikaoziq-ovqat mustaqilligining muhimbosqichlarinibelgilab beradi. Shuningdek, uyushma tarkibiga ichki tarmoq koopretsiyasida ish va xizmatlarni amalga oshiruvchi korxonalar va tashkilotlar ham kiradi.
Sut va sut mahsulotlari, go’sht va go’sht mahsulotlari, meva-sabzavot konservalari, o’simlik yog’i, yog’-moy, alkogolsiz pivo, tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish mahalliy xom ashyo hisobiga amalga oshiriladi. O’zbekiston mustaqilligi yillarida yog’-moy va oziq-ovqat sanoati tizimini takomillashtirish yuzasidan ko’pgina ishlar amalaga oshirildi. 1994 yilda o’tkazilgan iqtisodiyotni liberallashtirish jarayoni korxonalarni xususiylashtirish imkonini yaratdi.
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar soni ko’paydi, tarmoqda yirik korxonalar bilan bir qatorda xususiylashtirishning turli ko’rinishidagi kichik biznes sub’ektlari faoliyat ko’rsatmoqda. Bu respublikada ishlab chiqaruvchi kuchlarning o’rinli joylashtirish va tarmoqda ko’p ukladli iqtisodiyotni rivojlantirish imkonini berdi.
“O’zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi tarkibiga barcha korxonalar ixtiyoriy ravishda kirishgan. Qo’yidagilar “O’zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasining asosiy vazifalari va faoliyat yo’nalishlari etib belgilandi:
uyushma tarkibiga kiruvchi yog’-moy, go’sht-sut va oziq-ovqat sanoati korxonalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish, ularning manfaatlari ifoda etilishi va huquqlari himoya qilinishini ta’minlash, qayta ishlash korxonalari,

27
qishloq xo’jalik ishlab chiqaruvchilari, tayyorlov va savdo tashkilotlari o’rtasida zamonaviy bozor munosabatlarini tarmoqda keng joriy qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
oziq-ovqat mahsulotlarining ichki va tashqi bozorlarini marketing jihatidan tadqiq etilishini tashkil qilish, tarmoqni rivojlantirishning o’rta va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda qatnashish, xomashyoni chuqurroq qayta ishlashda va sifatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni o’zlashtirishda tarmoq korxonalariga ko’maklashish, ular bilan ichki bozorni yanada ko’proq to’ldirish hamda eksportga yetkazib berishni oshirish;
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda ilg’or xalqaro tajribani har tomonlama o’rganish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda texnik jihatdan qayta jihozlashda, yuqori unumli zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etishda, mazkur maqsadlar uchun investitsiyalarni, avvalambor, to’g’ridan-to’g’ri xorijiyinvestitsiyalarni keng jalb etishda yog’-moy, go’sht-sut va boshqa oziq-ovqat sanoati korxonalariga ko’maklashish; tarmoq korxonalariga ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashda, butun jahonda qabul qilingan uning sifatini baholashning zamonaviy tizimlarini joriy etishda ko’maklashish;
yog’-moy sanoati korxonalarining chigit etishtiruvchilar bilan o’zaro munosabatlari mexanizmini yanada takomillashtirish, chigitni qabul qilish, qat’iy hisobga olish, shuningdek, uning sifatini ta’sirchan nazorat qilish masalalari ham shu jumlaga kiradi. Tarmoq korxonalari tomonidan paxta yog’i chiqishining belgilangan normalariga, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan mahsulotni sotishda zarur tartibga rioya qilinishini ta’minlash;
tarmoq korxonalariga axborot xizmatlarini ko’rsatish, kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.
Hozirgi kunda uyushma tarkibida 180dan ortiq yog’-moy, go’sht-sut, meva-sabzavotmahsulotlarini qayta ishlash va boshqa oziq-ovqat sanoati korxonalari faoliyat yuritmoqda. Ularda mingdan ziyod turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan bo’lib, o’simlik yog’lari, margarin, shakar, mineral suvlar, qandolatchilik, sut, go’sht va meva-sabzavot konserva mahsulotlari tayyorlanmoqda.

28
Chet ellik investorlar respublikamizdagi qulay investitsion muhitni e’tiborga olib, oziq-ovqat sanoati sohasida yuqori samara bilan ishlaydigan korxonalarni tashkil etish yo’nalishidagi investitsiya loyihalariga juda katta qiziqish bilan qaramoqdalar. Bugungi kunda uyushma tarkibida ko’plab uyushmalar faoliyat ko’rsatmoqda. Ular qatorida “Xorazm shakar», «Nestle», «Koka kola», «UzKarlsberg», «UzBAT», «Interneyshnl Beveredjs» kabi dunyoga mashhur kompaniyalar ham bor.
1-chizmadanko’rinibturibdiki, korxonadaasosano’ntabo’limmavjudbo’lib, ularning har biri o’z funktsiyalariga egadir.
Moliya, buxgalteriya hisobivahisobotibo’limi ma’lumki korxonaning barcha hisob-kitob ishlarini amalga oshiradi, korxona moliyaviy aktivlarini boshqaradi va nazorat qiladi.
Marketing va tayyor mahsulotlarni yetkazib berish bo’yicha monitoring olib borish bo’limi korxonaning bozorga xos hisobotlarini tayyorlaydi, tovarlarga bo’lgan talabini o’rganadi, prognozlash bilan, talab dinamikasi va tarkibini tahlil qilish bilan shug’ullanadi.
Korxonaning tashkiliy tarkibidan ko’rinib turibdiki, unda faol bozor tadqiqoti bilan, marketing bilan keng qamrovda shug’ullanadigan, ushbu ishlarga ma’sul bo’lgan bo’lim(lar) to’la shakllantirilmagan.

29
Uyushma raisi


Rais o’rinbosari – Yog’-moy sanoatini rivojlantirish boshqarmasi boshli g’i
Rais o’rinbosari -Go’sht-sut sanoatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig’i
Rais o’rinbosari - Oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish boshqarmasi boshlig’i


Investistiyalarni jalb qilish va innovastion texnologiyalarni joriy qilish bo’limi

Yog’-moy sanoatini rivojlantirish, modernizastiyalash va texnik qayta jixozlash bo’limi

Sut mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish bo’limi

Konserva hamda meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarishni modernizastiyalash va rivojlantirish bo’limi

Oziq-ovqat sanoati korxonalarining rivojlanishini tahlil qilish va prognozlash bo’limi
Paxta chigitining sifati, qabul qilinishi va ҳisobi-ning yuritilishi, paxta yog’ining chiqishi me’yorlariga rioya etilishini nazorat qilish bo’limi

Go’sht va qayta ishlangan go’sht mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish bo’limi

Pivo-alkogolsiz mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish bo’limi

Marketing va tayyor mahsulotlarni etkazib berish bo’yicha monitoring olib borish bo’limi

Yog’-moy sanoati korxonalari 39 ta

Go’sht-sut sanoati korxonalari 46 ta

Qandolat va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirish bo’limi 2 ta

Xom ashyo bazasini rivojlantirish bo’limi 3 ta



Tarmoq korxonalariga xizmat ko’rsatuvchi muassasalar va tashkilotlar 16 ta

Oziq-ovqat sanoati korxonalari 21 ta

Moliya, buxgalteriya hisobi va hisoboti bo’limi

Nazorat-taftish bo’limi

Xodimlar va maxsus ishlar bo’limi

1-chizma. “O’zbekoziqovqatxoldin xolding kompaniyasi tashkiliy tuzilishi (asosiy bolimlar)11
Buning asosiy sabablaridan biri korxona bugungi o’zining bozordagi

holatidan qoniqish bilan ishlamoqda, bozorga endi kirib bormoqda va bozordagi



11 “O’zbekoziqovqatxolding» xolding kompaniyasi ma’lumotlari asosida muallif tomonidan tuzilgan

30

o’zgarishlarga, raqiblarning xatti-harakatlariga unchalik ham e’tibor bermayapti. Korxona asosan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni passiv taqsimlash bilan shug’ullanib qolmoqda va bu holat buguncha o’zini bir qadar oqlamoqda ham. Uyushma bizningcha, faol bozor faoliyati bilan ancha past shug’ullanmoqda, o’zining raqobatbardoshligini ta’minlash, uni mustahkamlash, oshirish bo’yicha etarli tadbirlarni amalga oshirmayapti, balki passiv yetkazib beruvchi vazifasini bajarib qolmoqda. Respublika va uning viloyatlarida o’zining imijini yaratish bilan, mijozlar sonini ko’paytirish bilan, faol marketingdan foydalanish bilan etarli darajada qiziqmayapti, deb hisoblaymiz.


Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə