Termiz davlat universiteti


Tibbiy muhofaza vositalari



Yüklə 14,49 Mb.
səhifə102/332
tarix04.01.2022
ölçüsü14,49 Mb.
#82569
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   332
2 5231185375283646269

13.2.Tibbiy muhofaza vositalari. Yetakchi NATO davlatlari tomonidan ko‘pdan ko‘p ommaviy zarar yetkazuvchi qurollar yaratilganligiga qaramasdan yaratilgan qurollarning samaradorligini oshirish va ularni olish uchun qo‘llaniladigan II-6 preparati sariq penalga solingan holda quyilmoqda. Ushbu ziddi-zahar boshliq buyrug‘i asosida, fosfororganik zaharlovchi moddalar bilan zararlangan joyga kirishdan 30 daqiqa oldin 2 tadan ichiladi yoki dushman tomonidan fosfororganik zaharlovchi moddani qo‘llash ehtimoli paydo bo‘lganda shu preparatdan foydalaniladi.

Kerak bo‘lganda ushbu preparat qayta 5-6 soat o‘tgandan so‘ng ichilishi mumkin.

-aptechkaning 3-uyasiga shprits-tyubik holatida chiqarilgach og‘riqni qoldiradigan vosita promedol yoki morfin preparati joylanadi.

Shikastlangan kishiga kuchli og‘rikning oldini olish yoki shunday og‘riq boshlangan vaqtda uni to‘xtatish maqsadida qo‘llanadi. Shprits tyubik oq qopqoq bilan berkitilgan.

Radiatsiyadan himoyalanish vositasi aptechkaning 4-uyasiga solib quyiladi. Ushbu himoya vositasi kistamin (RS-1) ning 0,2 g li 12 ta tabletkasi ikkita pushti rang penalga solingan. Ayrim hollarda bu preparat o‘rinda dietilstilbestrol (DES) 25 mg dan tabletka holida chiqarilishi mumkin.

Sistamin preparati zararlangan joylarda harakat qilish kerak bo‘lgan vaqtda yoki himoya vositalaridan (yashirinish joylari, jangovor texnika va boshqalar) foydalanilganda ularni himoya qilish xususiyati o‘tib kiruvchi nurlanishdan himoya qila olmasligiga shubha qilinganda shu joyga kirishdan oldin (20-30 da sikl oldin) 6 ta tabletkasi birdaniga ichiladi. Sistamin preparati o‘z ta’sirini organizmda 4-5 soat mobaynida saqlaydi. Kerak bo‘lganda preparat 6 soat o‘tgach yana qabul qilinishi mumkin.

Dietnlstnlbestrol (DES) preparati pgu zararlanish joyiga kirishdan oldin (1-2 sutka oldin) I tabletkadap (25mg) ichiladi, preparat o‘z ta’sirini organizmda 10 kun mobaynida saqlashi mumkin. Agar shu vaqt ichida kistamin preparati qo‘shimcha qilib ichilsa, unda DES preparatining ta’siri yanada kuchayadi:

- aptechkaning 5- uyasiga dushman tomonidan qo‘llanilgan bakterial usitalarga qarshi ikkita oq penalga solingan xlorteratsiklining 100000 TB li 10 ta tabletkasi joylanadi. Yarador bo‘lgan vaqtda, kuyish vaqtida yoki ipfeksiyanipg oldini olish uchun preparat 5 tabletkadan ichiladi, kerak bo‘lsa preparatning qolgani 6-8 soat o‘tgandan so‘ng qabul qilinadi.

- aptechkaning 6- uyasi zahira holda qoldirilgan.

Kuyishga qarshi vosita hisoblangan etaperazip aptechkaning 7- uyasiga havo rang penalga solib quyilgan. Penalda etaperaziping 0,006 g li tabletkasi 5 tadan joylangan. Nurlanishning dastlabki reaksiyasi paydo bo‘lgan paytida, shuningdek boshni qattiq olgan hollarda, ko‘ngil ayniy boshlangan paytda bir tabletkadan ichiladi. Keyingi vaqtlarda bu preparat o‘rniga dimetkarb preparati ishlatilmoqda.

Shaxsiy universal bog‘lov paketi (PPU)-shaxsiy tarkibga PPI tomoniga berilishi mumkin. PPI bog‘lovidan farqli ularoq yostiqchaning bir tomoniga metallangan material qo‘yilgan, bu material yarada chiqayotgan suyuqliklarni o‘ziga shimib olish xususiyatiga ega va yaraga yopishib qolmaydi. Paketdan foydalanish qoidalarn xuddi PPI ga o‘xshaydi.

Tibbiy yoping‘ich (NM)-kishilarni sovuq vaqtlarda sovqotishdan, issiq vaqtlarda esa qizib ketishdan himoya qilishga mo‘ljallangan. Yoping‘ichdan foydalanish koidasi:

- sovuq vaqtlarda tibbiy yoping‘ichning metallangan qavati ichkariga qilib solinadi va unga jarohatlangan kishi qo‘yiladi;

- yoping‘ichning chekka qismlari qaytarilib oyoqlari va tanasi o‘rab chiqiladi;

- havo buzuq vaqtlarda (namgarchilik, yog‘ingarchilik) kishining boshi ham yopib qo‘yilishi mumkin;

- yopqich ochilib ketmasligi uchun bir necha joyidan bint yordamida mahkamlanadi.

Issiq vaqtlarda o‘ta qizib ketmaslik uchun yopqichning metallangan qavati yuqoriga qaratilib, jarohatlangan kishi uning tagiga yotqiziladi, bunda kishi yopig‘ichga o‘ralmaydi.


Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   332




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə