Termiz davlat universiteti


Sovuq urishi, issiq elitganida, odam suvga cho‘kkanida birinchi tibbiy yordam ko’rsatish



Yüklə 14,49 Mb.
səhifə135/332
tarix04.01.2022
ölçüsü14,49 Mb.
#82569
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   332
2 5231185375283646269

20.2. Sovuq urishi, issiq elitganida, odam suvga cho‘kkanida birinchi tibbiy yordam ko’rsatish

Badaniing sovuq olishi (sovuq urish) past harorat ta’siri qilishi natijasida to‘qimalarning shikastlanishidir.

Ob-havo haroratining pastligi, sovuq, achchiq izg‘irinda, qor va yomg‘ir ostida qolish natijasida odam tanasi yuzasining ochiq joylari, ayniqsa qo‘l-oyoq, yuz, quloq, burunni sovuq urishi mumkin. Poyabzalning ho‘l va tor bo‘lishi, shuningdek, ochiq havoda uzoq vaqt sovuq ta’sirida qolish ham bunga sabab bo‘ladi.

Tananing sovuq urgan qismi avvaliga sanchib, achishadi, keyin esa, terisi oqarib yoki ko‘karib ketadi, hech narsani sezmay karaxt bo‘lib qoladi. Natijada qo‘l yoki oyoq faol harakat qila olmaydi.

Shikastlanish ko‘damining nechog‘lik chuqur va kengligini sovuq ta’siri to‘xtaganidan keyin, oradan bir necha soat, ba’zan kun o‘tganidan so‘ng aniqlash mumkin. Bunda tananing sovuq olgan joyi shishishi, yallig‘lanishi, ba’zan to‘qimalarning nobud bo‘lishi kuzatiladi.

To‘qimalarning qanchalik chuqur shikastlanganiga qarab, sovuq urishining to‘rt darajasi qayd etiladi: yengil/1/, o‘rtacha og‘ir /II/, og‘ir /SH/ va juda og‘ir/1U/.

Birinchi dаrаjаli sоvuq urishdа teridа оqаrish vа shish kuzаtilаdi, uning sеzgirligi kаmаyadi. Ikkinchi dаrаjаli sоvuq urishning хаrаktyerli bеlgilаri teridа yorqin rаngli suyuqkik pufаklаri pаydо bo’lаdi. Uchinchi dаrаjаli sоvuq urishdа terini o’lishi, qоnli suyuqlikаrgа to’lgаn pufаklаr vа to’rtinchi dаrаjаli sоvuq urishdа bаrchа yulmshоq to’qimаlаrning o’lishi kuzаtilаdi.

Badanini sovuq urgan odamga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda eng avvalo uni issiq binoga olib kirish, iloji bo‘lsa, issiq suvli vannaga tushirish, unga issiq choy, qaxva ichirish zarur. Keyin ho‘l kiyimi va poyabzali mumkin qadar tezroq qurug‘iga almashtiriladi. To‘qimalarda ko‘zga tashlanadigan jiddiy o‘zgarishlar, ya’ni terida qavariqlar, eti nobud bo‘lgan joylar bo‘lmasa, sovuq olgan sohani spirt, atir, toza paxta, salfetka, sochiq bilan artib, tozalash zarur. Agar terida o‘zgarishlar bo‘lmasa, shikastlangan spirt, atir bilan artilgach, toza, quruq qo‘l bilan teri qizarguncha ohista ishqalanadi, ustidan steril bog‘lam qo‘yiladi. Sovuq urish holatlari asosan yilning sovuq davrida ochiq havoda ishlaganda kuzatiladi.

Birinchi dаrаjаli sоvuq urishdа tаnаni shikаstlаngаn yuzаsi tоzа yumshоq mоddiy bilаn qizаrgunchа yoki issiqlik sеzgunichа ishqаlаnаdi. So’ng terining sоvuq urgаn jоyi оdеkаlоn yoki аrоq bilаn аrtilаdi vа qizdirilgаn mikrоbni o’ldirаdigаn mаteriаl qo’yib bоg’lаnаdi. Sоvuq urgаn terini qоr bilаn ishqаlаsh tаvsiya etilmаydi, bundа teri shikаstlаnishi vа infеktsiyalаnishi mumkin.

Terining kаttа qismini sоvuq urib, butun оrgаnizm sеzilаrli yaхlаgаndа, jаrоhаtlаngаn kishigа issiq vаnnа (37оS dаn yuqori bo’lmаgаn) qаbul qilish tаvsiya etilаdi. Bundа bir vаqtdа uni mаssаj vа butun tаnаsini ishqаlаsh kerak. Bu vаqtdа jаrоhаtlаngаn kishigа issiq chоy yoki kоfе ichirish mumkin. Tаnаning sоvuq urgаn yuzаsini хоnа hаrоrаtidаgi suvgа to’ldirilgаn tоg’оrа yoki sаtilgа tushirish vа suvni hаrоrаtini аstа-sеkin 37оS gа еtkаzish kerak. Ikkinchi, to’rtinchi dаrаjаli sоvuq urgаndа shikаstlаngаn teri mikrоblаrni o’ldirаdigаn mаteriаl bilаn bоg’lаb, jаrоhаtlаngаn kishini dаvоlаsh muаsаsаsаsigа оlib bоrish mumkin lоzim. Оg’ir хоllаtlаrdа, аgаr shikаstlаngаn kishidа hаyot аlоmаti ko’zgа ko’rinmаsа, sun’iy nаfаs berish tаvsiya etilаdi.

Oftob urishi yoki issiq elitishi yuqori harorat ta’siri natijasida ro‘y beradi. Natijada shikastlangan odamning butun a’zoyi badan haddan tashqari qiziydi, boshi og‘riydi, quloqlar shang‘illaydi, darmoni quriydi, ko‘ngli ayniydi, qayt qiladi. Ba’zan bemor alahlaydi, ko‘z qorachiqlari kengayadi, nafas olishi tezlashadi, tomir urishi 140-160 gacha yetadi, hushidan ketadi. Bunday holatda bemorni asta joyga olib, kiyimlarini yechish, boshini balandroq ko‘tarib o‘tqizish, orqasi bilan suyanchiqqa suyab, yotqizish, boshiga va yurak sohasiga oovuq narsa bosish, novshadil spirti hidlatish, ko‘proq suyuqlik ichish, qahva ichirish kerak. Zaruratga qarab su’niy nafas oldirish va yurakni bilvosita uqalash usullari qo‘llaniladi.

Suvga cho‘kish (g‘arq bo‘lish) nafas olish yo‘llarining suyuqlikka, suvga to‘lib qolishidir. Suvga cho‘kkan odamning nafas olish yo‘llari, ayniqsa bronxlari va o‘pkasiga suv kirib havo tanqisligi boshlanadi, natijada nafas olish, yurak faoliyati to‘xtaydi. Bunday holatda odamni iloji boricha suvdan tezroq chiqarib olish, keyin og‘zi bilan burnini balchiq va shilimshiqdan tozalash zarur. Shikastlangan odamni biror issiqroq mato, kiyim-bosh, adyol yoki choyshab bilan o‘rab, yordam berayotgan kishining tizzasiga qorni bilan boshini pastga egib yotqiziladi, ko‘krak qafasiga bosib, o‘pkasi bilan oshqozonidagi suv tashqariga chiqariladi. Shundan keyingina shikastlangan odamni chalqancha yotqizib, sun’iy nafas oldirish va yuragini bilvosita uqalashga kirishiladi.

Bunday xatti-harakatlar shikastlangan odamning nafas olishi tiklanib, asli holatiga keguncha davom etdiriladi. Mabodo amalga oshirilgan chora-tadbirlar nafsiz bo‘lib, o‘limning obyektiv belgilari (ko‘z qora-chig‘lari kengayib, yorug‘likni sezmasa, yurak urmay, to‘xtab qolsa, tanada murda dog‘lari) paydo bo‘lsa, organizmni qayta jonlantirish, tiriltiriy tadbirlari to‘xtatiladi.

Nafas olish bilan yurak faoliyati tiklangan taqdirda esa, shikastlangan odamning badanini isitish, unga issiq choy va qahva ichirish, zambilga yotqizib tezroq yaqinroqdagi tibbiy muassasaga olib borish joiz.



Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   332




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə