Termiz davlat universiteti


Terrorchilik xarakatlarini amalga oshirish usullari va vositalari



Yüklə 14,49 Mb.
səhifə108/332
tarix04.01.2022
ölçüsü14,49 Mb.
#82569
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   332
2 5231185375283646269

14.5. Terrorchilik xarakatlarini amalga oshirish usullari va vositalari.

Terrorizm - zo‘rlik, zo‘rovonlik degan ma’noni anglatadi.

O‘zbekiston Respublikasining 2000 yil 15 dekabrda qabul qilingan «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi qonunida terrorizm tushunchasiga quyidagicha ta’rif berilgan:

Terrorizm - mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sog‘lig‘iga xavf tug‘diruvchi, mol-mulk va boshqa moddiy obyektlarning yo‘q qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni biron-bir harakatlar sodir etishga yoki sodir etshidan tiylishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablantirishga, davlatiing suverenitetini, xududiy yaxlitlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni ko‘zlab ig‘vogarlik qilishga, aholini qo‘rqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan, O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksida javobgarlik nazarda tutilgan zo‘rlik, zo‘rlik ishlatash bilan qo‘rqitish yoki boshqa jinoiy qishmishdir. Terrorizm turlari:

1. Milliy.

2. Diniy.

3. Siyosiy.

4. An’anviy (bombali).

5. Telefon.

6. Yadroviy.

7. Kimyoviy.

8. Biologik.

9. Kiberterrorizm.

Terrorchilik harakatlarini amalga oshirish uchun foydalaniladngan vositalar.

- sovuq qurollar;

- o‘q otar qurollar;

- portlovchi moddalar

- zaharlovchi moddalar;

- biologik agentlar;

- radioaktiv modalar;

- yadro zaryadlari;

- elektromagnit impulsi tarqatuvchilar.

Terrorizmning maqsadlari:

- davlat siyosati va davlat qurilishi zo‘rlik yo‘li bilan o‘zgartirish;

- davlatning jinoyatchilikka qarshi kurashdagi urinishlari beqarorlashtirish va buzish;

- ijtimoiy va iqtisodiy masalalarni hal etish, dunyo hamjamiyatiga integratsiya qilinish qudratiga ega bo‘lgan demokratik siyosiy tuzumni yaratish va mustahkamlash bo‘yicha qabul qilinayotgan qarorlarni beqarorlashtirish va buzish;

- shaxsga, jamiyatga, davlatga siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy zarar keltirish.

Terrorizmniig ko‘lamlari:

- shaxsga qaratilgan jinoyatlar;

- guruhiy qotilliklar;

- odamlarning ommaviy qirilishi;

- butun mamlakat bo‘ylab terrorchilik harakatlarini amalga oshirish;

- dunyo hamjamiyatiga qarshi qaratilgan yirik ko‘lamli harakatlar


Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   332




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə