Termiz davlat universiteti


Birinchi tibbiy yordаm ko’rsаtishda kerakli asbob va ashyolar



Yüklə 14,49 Mb.
səhifə124/332
tarix04.01.2022
ölçüsü14,49 Mb.
#82569
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   332
2 5231185375283646269

18.2.Birinchi tibbiy yordаm ko’rsаtishda kerakli asbob va ashyolar.

Birinchi tibbiy yordamning barcha usul amallarini imkoni boricha nihoyatda ehtiyotkorlik bilan tez bajarmoq zarur. Shoshmashosharlik va qo‘pol xatti-harakatlar bilan amalga oshirilgan yordam shikastlangan odamga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, uning-ahvolini og‘irlashgirishi mumkin. Birinchi tibbiy yordamni bir emas, bir necha kishi ko‘rsatadigan bo‘lsa, ular bu vazifani o‘zaro kelishib, hamjihatlik bilan amalga oshirishgani ma’qul. Buning uchun biri rahbarlik mas’uliyatini zimmasiga olishi lozim.

Yuqorida aytganimizdek, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonida asosan, mazkur sharoitda ko‘z oldimizda va qo‘l ostimizda bo‘lgan mavjud vositalardan keng va unumli foydalaniladi. Bunday vositalar turkumiga: bog‘lovchi materiallar - bintlar, tibbiy bog‘lov paket - xaltachalari, katta va ularning kichik hajmdagi toza, steril bog‘lamli salfetkalar, paxta va boshqa ashyolar kiradi. Qon ketishini to‘xtatish uchun cho‘ziluvchan tasmasimon va naysimon jgutlar, immobilizatsiya qilish uchun esa, maxsus taxtachalar, fashrli, shotisimon, to‘rsimon va boshqa turdagi shinalar ishlatiladi. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishda ba’zi dori-darmonlardan ham foydalaniladi. Chunonchi, naysimon ampula va shisha vdishlarga solingan spirtdagi 5% li yod eritmasi, spirtdagi 1 - 2%li brilliant yashili eritmasi, validol tabletkalari, valeriana tomchi dorisi, shisha naychalardagi novshadil spirti, shuiingdek, tugmachasimon shakldagi yoxud kukun holidagi natriy gidrokarbonat (ichimlik sodasi), vazelin va boshqalar shular jumlasidandir. Bundan tashqari, ommaviy zararlanish o‘choqlarida radiofaol zaharlovchi moddalar hamda bakterial vositalar ta’siridan saqlanish, ulardan muhofaza qilish maqsadida shaxsiy dorilar majmui jamlangan shaxsiy individual aptechka (AI-2) imkoniyatlaridan ham foydalanish zarur.

Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun favqulodda hodisa sodir bo‘lgan joyda ko‘zga tashlangan va qo‘l ostida bo‘lgan vosigalar turkumiga bog‘lam qo‘yish uchun toza choyshab, ko‘ylak, gazlama (iloji bo‘lsa oq tusdagi); qon to‘xtatish uchun esa, tasma, bog‘ich, jgut o‘rniga shim kamari yoki belbog‘, gazlama parchasi; suyak singanda: shinalar o‘rnida qattiq qog‘oz yoxud fashr bo‘laklari, taxta, tayoq va boshqalar kiradi.

Mа’lumki, jаrоhаtlаnish оqibаti o’z vаqtidа ko’rsаtilgаn yordаmgа ko’p jihаtdаn bоg’liq bo’lаdi. Shuning uchun hаr bir ishlоvchi bеvоsitа bахtsiz hоdisа sоdir bo’lgаn jоydа vrаchgаcha birinchi yordаm ko’rsаtishni bilishi kerak.


Yüklə 14,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   332




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə