Termiz davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/12
tarix06.01.2022
ölçüsü1,92 Mb.
#82640
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Muskullar.ppt. Soxiba

shu yerda yotadi.

Muskul to’qima. 

A - ko’ndalang 

targ’il muskul tolalari: 1 - yadro; 2 -

ko’ndalang yo’nalishdagi chiziqlar

(miofibrillar); В - silliq muskul 

tolalari; D - yurak muskuli tolalari.

www.arxiv.uz




Ko’ndalang-targ’il mushakda silliq kanalchalar sistemasi mavjud bo’lib, uning mushak tolalarning 

maxsus strukturasi deb hisoblash mumkin. Kanalchalar sistemasi tolaning uzun o’qi bo’ylab 

miofibrillalar oralig’ida joylashadi va Z chiziq qarshisida yoki A va I disklar chegarasida 

kengaymalar hosil qilib tugaydi. Bu sistema sarkoplazmatik retikulum deb nomlanadi. Bundan 

tashqari, A va I disklar chegarasida sar-kolemmaning plazmatik membranasi tola ichiga botib 

kirib, Т sistema naychalarini hosil qiladi. Bu naychalar tolaning uzun o’qiga ko’ndalang 

yo’nalgan. Т sistema kanalchalari A va I disk chegarasida atro-fidagi simmetrik joylashgan 

sarkoplazmatik to’r kengaymalari bilan triadalar hosil qiladi. Sarkoplazmatik to’r qisqarishining 

yuzaga chiqishida ishtirok etadi. Miofibrillalar tolaning qisqa-rishini ta’minlovchi tuzilmalardir. 

Bu ipsimon tuzilmalarning qalinligi 2 mikron keladi. Ko’ndalang targ’il mushakning 

miofibrillalari silliq mushakdan farq qilib, ko’ndalangiga taram-taram bo’lib bo’yaladi. Bu 

ularning nozik tuzilish xususiyatlariga bog’liq. Miofibrillalarda A va I disklar farq qilinadi. A 

disklar har xil bo’yoqlar bilan yaxshi bo’yaladi. I disklar esa uncha yaxshi bo’yalmaydi. 

Anizotrop-A disklar ikki xil nur sindirish xususiyatiga ega va ularning nomi ham ana shu 

xususiyatga asoslangan. I disklar anizotropiya xususiyatiga ega emas va shu sababli ularni izotrop 

disklar deyiladi.

Mushak tolasi fibrillalarning bir xil disklari bir sathda yonma-yon yotib, butun mushak tolasining 

ko’ndalang-targ’illik manzarasini yuzaga keltiradi.

Elektron mikroskop fibrillalarning nozik tuzilishi tafsilotlarini aniqlashga imkon berdi. A 

diskning o’rtasida H zona bo’lib, uning markazidan esa M chiziq o’tgan. I diskning o’rtasida Z 

chiziqchasi yotadi. U ba’zi bir adabiyotlarda eski nom bilan T chiziq (telofragma) deb ataladi. Har 

ikki Z chiziqchasi orasida yotgan miofibrilla bo’lakchasiga sarkomer yoki inokoma deyi-ladi. 

Sarkomer tarkibiga A disk va A diskning har ikkala tomonidagi I disklarning Z chiziqqacha 

bo’lgan qismi (har bir I diskning yarmi) kiradi. Elektron mikroskop miofibrillalar yanada 

ingichkaroq ipchalar - miofilamentlardan (protofibrillalardan) tuzil-ganligini ko’rsatadi. Ikki xil 

protofibrillalar (miozin va aktin) farq qilinadi. Yo’g’on (miozin) protofibrillalar A diskda, 

ingichka (aktin) proto-fibrillalar esa I diskda va qisman (N zona chegarasiga qadar) A diskda 

joylashadi. Shunday qilib, I diskda faqat ingichka protofibrillalar, A diskda esa N zona 

chegarasiga qadar ingichka va yo’g’on protofibrillalar joylashadi. Ingichka protofibrillalarning bir 

uchi Z-chiziqqa yopishadi. Ikkinchi uchi protofib-rillalarning orasida erkin holda tugaydi. 







Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə