Termiz davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/12
tarix06.01.2022
ölçüsü1,92 Mb.
#82640
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Muskullar.ppt. Soxiba

MUSKULLARNING CHARCHASHI

Ayrim organ va to'qimalarning ishJashi natijasida ish qobiliyatining vaqtincha 



pasayishiga ularning charchashi deyiladi. A'zo yoki to'qima dam olganidan keyin 

charchog'i yozilib, yo'qolib ketadi. Agar tanadan ajratib olingan muskul uzoq vaqt 

ketma-ket, tez-tez ta'sirlab turilsa, oradan muayyan vaqt utgach, muskuining qisqarish 

kuchi tobora kamayib boradi va bora-bora muskul butunlay qisqarmay qo'yadi. Bu 

vaqtda muskuining qo'zg'aluvchanligi, labilligi, qisqaruvchanligi pasayadi, mutloq 

kuchi kamayadi. Muskul qanchalik tez qisqarsa, u shunchalik tez charchaydi. 

Muskuining charchashirii tushuntirish uchun bir qancha nazariyalar yaratilgan. Ba'zi 

olimlar ishlash natijasida energiya zahirasi tugab qoladi, degan flkrni bayon qilsa, 

boshqa bir guruh olimlar ishlash vaqtida organizmda liar xil zararli moddalar hosil 

bo'lgani uchun rnuskul /aliarlanib, charchab qoladi, deb tushuntiradilar. Lekin bu 

nazariyalaming har ikkisi ham charchash sabablarini to'la-to'kis tushuntirib bermaydi. 

Ishlab turgan muskulda chindan ham moddalar almashinuvining turli zararli 

mahsulotlari, jumladan, sut kislota, azot qoldiqlari va boshqalar hosil bo'lib, 

muskuining ish qobiliyatini ancha pasaytiradi. Shuningdek, muskul ishlaganda energiya 

zahiralari ham kamayadi. Ammo bu jarayonlarning hech biri ham charchashni 

tushuntirish uchun to'la asos bo'la olmaydi. Charchashni tushuntirish uchun yaratilgan 

nazariyalaming hech biri charchashning kelib chiqishida nerv tizimining rolini e'tiborga 

olmagan. I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, N.E.Vvedenskiy va A.A.Uxtomskiy-lar 

charchashning boshlanishida nerv tizimining katta rol o'ynashini ko'rsatib berdilar. 

N.E.Vvedenskiy muskuining charchashi mohiyat e'tibori bilan reflektor akt ekanligini 

o'z tajribalarida isbotladi. O'sha tajribalarda u muskuldan oldin nerv tizimi charchashini 

aniqladi. Muskuining charchashida bosh miya yarim sharlarining po'stlog'i ham katta 

rol o'ynaydi. L.A.Orbeli charchagan muskuining ish qobiliyati vegetativ, ayniqsa uni 

simpatik bo'limi ta'sirida o'zgarishini, ya'ni muskul charchab turganida unga keladigan 

simpatik nerv ta'sirlansa, muskuining yana qaytadan ishlay boshlashini o'z 

laboratoriyasida aniqladi. Bu vaqtda simpatik nerv muskulda sodir bo'layotgan 

moddalar almashinuvini o'zgartirish yo'li bilan uning ishlashini yaxshilaydi. 

www.arxiv.uz





Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə