Termiz davlat universitetining pedagogika instituti



Yüklə 1,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/12
tarix06.01.2022
ölçüsü1,92 Mb.
#82640
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Muskullar.ppt. Soxiba

Muskul to’qima. 

A -

ko’ndalang targ’il 

muskul tolalari: 1 -

yadro; 2 - ko’ndalang 

yo’nalishdagi chiziqlar

(miofibrillar); В -

silliq muskul tolalari; 

D - yurak muskuli 

tolalari.


Тo’qimada bir-biriga yondoshib 

yotgan hujayralar qatlamlar hosil 

qiladi. Ular bir-biriga nisbatan 

shunday joylashadiki, bir 

hujayraning markaziy qismiga 

boshqa hujayraning o’tkir uch 

qismi yopishadi. Silliq mushak 

hujayralari sirtdan sarkolemma 

bilan qoplangan, unda qalinligi 

taxminan 7,5 nm ga teng 

plazmatik membrana va tashqi 

bazal membrana farq qilinadi. 

Yonma-yon yotgan 

hujayralarning plazmatik 

membranalari ba’zi joylarda juda 

yaqinlashib, tutashish nuqtalarini 

hosil qiladi. 

Miofibrillalar mushak 

hujayrasining qisqaruvchi 

apparatini tashkil etishi sababli 

ular eng muhim ahamiyatga ega. 

Miofibrillalar skelet mushagiga 

xos bo’lgan ko’ndalang-

targ’illikka ega emas va oddiy 

mikroskopda bir jinsli ipchalar 

shaklida ko’rinadi. Elektron 

mikroskop bilan silliq mushak 

hujayralari o’rganilganda 

hujayraning butun uzunligi 

bo’yicha yotuvchi uzluksiz 

miofibrillalar aniqlangan emas. 

Hujayra sitoplazmasida bo’ylama 

joylashgan submik-roskopik 

protofibrillalar mavjud bo’lib, ular 

tutamlar hosil qilmaydi. 



Protofibrillalar yoki mikrofilamentlarning ikki turi aniqlanadi: aktin va miozin. Miozin 

protofibrillalar diametri 17 mn ga teng bo’lib, yo’g’on protofibrillalardir. 

Aktin mikrofilamentlar nozik bo’lib, qalinligi 7 nm ga teng. Ikkala filamentlar ham mushak 

bo’shashgan holatda burchak hosil qilib yoki hujayra bo’yi bo’yicha joylashgan bo’lib, mushak 

qisqarganda o’z joylashishini o’zgartiradi. Silliq mushak hujayralarida ko’ndalang-targ’illik 

kuzatilmaydi, chunki filamentlar o’zaro tartibli joylashmagan. Ular sarkomerlar hosil qil-maydi, 

plastinkalar ham topilmagan. Silliq mushak hujayralarida ham tropomiozin, troponin va a-aktonin 

oqsillari topilgan.

Aktin oqsillarining sitolemmaga birlashgan qismida yoki aktin protofibrillaning o’rta qismida zich 

tanachalar uchraydi. Zich tanachalar oddiy mik-roskopda to’q dog’ shaklida ko’rinadi. Silliq mushak 

hujayra sitoplazmasida kalsiy ionini saqlovchi mayda pufakchalar bo’lib, ular ko’ndalang targ’il 

mushakdagi sarkoplazmatik retikulumni eslatadi. Lekin sarkoplazmatik retikulumning o’zi silliq 

mushakda kuchsiz rivojlangan. Bu pufakchalarga hujayra plazmatik membranasining botishidan 

hosil bo’lgan tuzilmalar tegib yotadi. Bu tuzilmalar ko’ndalang targ’il mushakning Т-sistemasini 



eslatadi. Ular impuls tarqalishida va kalsiy ionining sitoplazmaga chiqishida muhim o’rin tutadi.



Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə