Ko’ndalang-targ’il mushakda silliq kanalchalar sistemasi mavjud bo’lib, uning mushak tolalarning
maxsus strukturasi deb hisoblash mumkin. Kanalchalar sistemasi tolaning uzun o’qi bo’ylab
miofibrillalar oralig’ida joylashadi va Z chiziq qarshisida yoki A va I disklar chegarasida
kengaymalar hosil qilib tugaydi. Bu sistema sarkoplazmatik retikulum deb nomlanadi. Bundan
tashqari, A va I disklar chegarasida sar-kolemmaning plazmatik membranasi tola ichiga botib
kirib, Т sistema naychalarini hosil qiladi. Bu naychalar tolaning uzun o’qiga ko’ndalang
yo’nalgan. Т sistema kanalchalari A va I disk chegarasida atro-fidagi simmetrik joylashgan
sarkoplazmatik to’r kengaymalari bilan triadalar hosil qiladi. Sarkoplazmatik to’r qisqarishining
yuzaga chiqishida ishtirok etadi. Miofibrillalar tolaning qisqa-rishini ta’minlovchi tuzilmalardir.
Bu ipsimon tuzilmalarning qalinligi 2 mikron keladi. Ko’ndalang targ’il mushakning
miofibrillalari silliq mushakdan farq qilib, ko’ndalangiga taram-taram bo’lib bo’yaladi. Bu
ularning nozik tuzilish xususiyatlariga bog’liq. Miofibrillalarda A va I disklar farq qilinadi. A
disklar har xil bo’yoqlar bilan yaxshi bo’yaladi. I disklar esa uncha yaxshi bo’yalmaydi.
Anizotrop-A disklar ikki xil nur sindirish xususiyatiga ega va ularning nomi ham ana shu
xususiyatga asoslangan. I disklar anizotropiya xususiyatiga ega emas va shu sababli ularni izotrop
disklar deyiladi.
Mushak tolasi fibrillalarning bir xil disklari bir sathda yonma-yon yotib, butun mushak tolasining
ko’ndalang-targ’illik manzarasini yuzaga keltiradi.
Elektron mikroskop fibrillalarning nozik tuzilishi tafsilotlarini aniqlashga imkon berdi. A
diskning o’rtasida H zona bo’lib, uning markazidan esa M chiziq o’tgan. I diskning o’rtasida Z
chiziqchasi yotadi. U ba’zi bir adabiyotlarda eski nom bilan T chiziq (telofragma) deb ataladi. Har
ikki Z chiziqchasi orasida yotgan miofibrilla bo’lakchasiga sarkomer yoki inokoma deyi-ladi.
Sarkomer tarkibiga A disk va A diskning har ikkala tomonidagi I disklarning Z chiziqqacha
bo’lgan qismi (har bir I diskning yarmi) kiradi. Elektron mikroskop miofibrillalar yanada
ingichkaroq ipchalar - miofilamentlardan (protofibrillalardan) tuzil-ganligini ko’rsatadi. Ikki xil
protofibrillalar (miozin va aktin) farq qilinadi. Yo’g’on (miozin) protofibrillalar A diskda,
ingichka (aktin) proto-fibrillalar esa I diskda va qisman (N zona chegarasiga qadar) A diskda
joylashadi. Shunday qilib, I diskda faqat ingichka protofibrillalar, A diskda esa N zona
chegarasiga qadar ingichka va yo’g’on protofibrillalar joylashadi. Ingichka protofibrillalarning bir
uchi Z-chiziqqa yopishadi. Ikkinchi uchi protofib-rillalarning orasida erkin holda tugaydi.