Texnika falsafasi



Yüklə 3,24 Mb.
səhifə16/75
tarix23.12.2023
ölçüsü3,24 Mb.
#155246
növüУчебник
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75
Техника фалсафаси.23-24

texnika artefakt (sun’iy tuzilma) hisoblanadi, u maxsus yasaladi, inson (usta, texnik, muhandis) tomonidan yaratiladi. Bunda muayyan g‘oyalar, bilim va tajribadan foydalaniladi. Texnika-ning mazkur xususiyatidan faoliyatni tashkillashtirish (so‘zning tor ma’nosidagi texnologiyaning bir jihati) kelib chiqadi. Texnik qurilmalar yaratish g‘oyalar va ramziy vositalardan tashqari faoliyat-ni alohida tashkillashtirishni ham nazarda tutadi. Avvaliga bu usta (guruh, ustalar sexi)ning individual faoliyati bo‘lgan, keyinchalik jamoa faoliyatini tashkillashtirish murakkab jarayoniga aylangan (Memfordga ko‘ra “megamashinalar”). Lo‘nda qilib aytganda, u rivoj-lanishning murakkab tarixiy yo‘lini (fir’avnning mehnat lashkar-laridan hozirgi zamon sanoat ishlab chiqarishigacha) bosib o‘tgan. Texnikani artefakt sifatida tushunish nuqtai nazaridan, hatto, probirkada yetishtirilgan biologik madaniyat ham artefakt, ya’ni tex-nika hisoblanadi. Ammo artefaktlar maydonini ikki katta turkum – texnika va belgilarga ajratish talab etiladi. Texnika birinchi tabiat qonunlariga muvofiq yashasa va amaliy faoliyat bilan be-vosita bog‘liq bo‘lsa, belgilar til kommunikatsiyasi qonunlari hamda faoliyat qonunlariga muvofiq yashaydi va ideal predmetlarni yasash uchun (fanda, san’at va loyihalashda) ishlatiladi. Garchi har qanday texnik qurilma madaniyatda belgilangan, tilda muayyan tarzda tav-siflangan bo‘lsa-da, texnikaning o‘zi til hisoblanmaydi;

  • texnika doim insonning muayyan (masalan, kuch, harakat, energiya, himoyaga bo‘lgan) ehtiyojini qondiruvchi vosita, qurol sifa-tida ishlatiladi. Texnikaning vosita sifatidagi funksiyasi unga oddiy mehnat qurollari yoki mexanizmlar (bolta, richag, kamon va h.k.)ni ham, murakkab texnika muhiti (zamonaviy binolar yoki muhan-dislik kommunikatsiyalari)ni ham kiritish imkoniyatini beradi;

  • texnika – mustaqil dunyo, borliq. Texnika tabiatga, san’at, til, butun tiriklik, nihoyat, insonga qarama-qarshi qo‘yi-ladi. Ammo inson mavjudligining muayyan usuli, hozirgi davrda – sivilizatsiyaning taqdiri ham texnika bilan bog‘lanadi. Texnikaning mustaqil roli ilk bor antik davrda anglab yetilgan, “texne” tushun-chasi muomalaga kiritilib, muhokama qilingan; ushbu rolni anglab yetish jarayonining keyingi bosqichi – Yangi davr (muhandislik haqida tasavvurlarning shakllanishi); ammo asosiy bosqich XIX asr oxiri – XX asrning boshlariga to‘g‘ri keladi, bu davrda texnika fanlari va texnikaning alohida tipi – texnika falsafasi yaratilgan;

  • texnika tabiat kuchlari va energiyalardan foydalanishning alohida muhandislik usulini o‘zida ifodalaydi. Albatta, har qanday texnika barcha tarixiy davrlarda tabiat kuchlaridan foydalanishga asoslangan. Ammo Yangi davrdagina inson tabiatga tabiiy material-lar, kuch, energiya va jarayonlarning alohida, deyarli cheksiz manbasi sifatida qaray boshlagan, barcha tabiiy fenomenlarga fanda tavsif berish va ularni inson xizmatiga qo‘yishni o‘rgangan. Antik texnika qurilmalarini yaratishda ham hisob-kitoblar qisman amalga oshiril-gan, ba’zan ilmiy bilimlardan foydalanilgan bo‘lsa-da, amalda tajriba birinchi o‘ringa qo‘yilgan. Yangi davrda texnik ijod tabiat kuchlari (jarayonlari, energiyalari)ning ongli hisob-kitobiga, ular-ni inson ehtiyojlari va faoliyati uchun ongli ravishda moslashtirish omiliga aylangan. Muhandislikda texnika tabiiy fanlar bilimlari va texnik bilimlar asosida yaratiladi. Bu davrning asosiy faoliyati – ixtirochilik va muhandislikni konstruksiyalash hisoblanadi. Ularning ikkalasi ham tabiiy-ilmiy va texnikaviy oqilonalikni nazarda tutadi.


    Yüklə 3,24 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   75




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

        Ana səhifə