Texnologik ta’lim yo`nalishi 202-gugruh talabasi ning



Yüklə 0,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/8
tarix21.06.2022
ölçüsü0,51 Mb.
#89877
1   2   3   4   5   6   7   8
qiz bolalar

 
 
 
 
 
 
 



 
Ish o`rnini tashkil qilish, sanitariya gigiеna va хavfsizlik tехnikasi qоidalari. 
(ish uchun zarur asbob-uskunalar, jihoz va moslamalar) 
 
Bolalar kiyimlarigi har qanday tikuv buyumlariga qо‘yilaganidek 2 xil talab 
qо‘yiladi.
1. Iste’molchi talabi
2. Ishlab chiqarish talabi.
Iste’molchining talabi о‘z navbatida quyidagilarga bо‘linadi. Gigiyenik talab;
1. Ekspluatatsion talab;
2. Estetik talab.
Gigiyenik talab deganda shuni tushuniladiki, kiyimdan foydalanganda odam 
sog‘lig‘iga zarar yetkazmasligi kerak. Bolalar terisi juda nozik bо‘lib ular uchun 
kiyimlarni loyihalash jarayonida gigiyenik talab asosiy talablardan biri hisoblanadi. 
Bolalar kiyimlari erkin harakatlanish vaqtida xalaqit bermasligi kerak. Bolalar 
kiyimlari tanaga yopishib turmasligi, ularni erkin nafas olishiga qulay bо‘lishi 
lozim. Yozda kiyiladigan kiyimlar yengil, havo о‘tkazuvchan bо‘lishi, quyosh 
nurini qaytaruvchan bо‘lishi, namni shimuvchan bо‘lishi kerak. Bunda gazlama 
asosiy rol о‘ynaydi. Kiyim tabiiy tolali gazlamalardan tikilishi talab qilinadi. 
Ayniqsa chaqaloqlar guruhi uchun 100% tabiiy tolali gazlamalar tavsiya etiladi.
Tikuvchilik ustaxonalari keng, yorug‘, quniq va ozoda bo’lishi kerak. Devor va 
mebellaming rangi katta gigenik va pedagogik ahamiyatga ega. Shuning uchun 
devorlar och, sokin ranglarga bo'yalishi lozim. Ustaxona tabiiy va sun’iy jihatdan 
yaxshi yoritilgan boTishi kerak. Ustaxonalar ikki kishilik o‘quv stollari, yozuv 
taxtasi, magnitli taxta, kerakli miqdorda tikuv mashinalari va qo‘l ishlarini bajarish 
uchun ish stollari, bichish stoli va manekenlar bilan jihozlanadi. O‘tirish uchun 
imkon boricha baland-pastligi rostlanadigan vintli o'rindiqlar qo‘yiladi.
Tikuv ustaxonasida ko‘zgu va kiyim ilgichlar bilan jihozlangan, kiyib ko'rish 
kabinasi bo‘lishi kerak. Tikuv buyumlarini namlab - isitib ishlash uchun dazmol, 
dazmol taxtasi, dazmol tagliklari bilan jihozlangan alohida joy ajratiladi. 



Asbob - uskunalar, jihozlar, ko‘rgazmali qo’llanmalar, ish namunalari maxsus 
shkaflarda saqlanadi. Ustaxonada albatta birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun 
zarur bo'lgan dori-darmonlar bilan ta’minlangan aptechka bo’lishi zarur.
Tikuv ustaxonalarida quyidagi ko'rsatmalar ko‘rinadigan joylarga osib qo‘yiladi:
1 . Tikuv ustaxonasining ichki tartib-qoidalari.
2. Havfsizlik texnikasi qoidalari.
3. Mehnat, hunar haqida hikmatli so‘z!ar.
4. Maxsus adabiyotlar, albomlar joylashtirilgan vitrina.
Tikuvchilik ustaxonasini jihozlash, ish o‘rinlarini to‘g‘ri tashkil etish havfsizlik 
texnikasi, sanitariya-gigieniya qoidalariga va estetik talablarga mos ravishda 
bajarilganda m ehnat ko'nikm alarini shakl la nt i rishga, m ehnatga to ‘g ‘ri m 
unosabatni va m ehnat madaniyatini tarbiyalashga imkon yaratiladi. .
mashinaiaming aylanib turadigan qismlari kiyim yoki sochni o ‘rab ketishi, 
dazmolda biror joy kuyib qolishi, tugma yoki igna parchalari uchib yuzga tegishi 
va hokazo natijasida inson jarohatlanib qolishi mumkin. Havfsizlik texnikasi 
qoidalari shunday noxushliklar yoki baxtsiz hodisalarning oldini olishga xizmat 
qiladi. Tikuvchilikda talabalar uchun bu qoidalar asosan ikki guruhga bo’linadi:
1. Qo'l va mashina opeiasiyalarida ishlovchilar quyidagilarga rioya qilishi kerak: 
— mashinalar, asbob va moslamalaming ishga yaroqligi tekshirib turiladi. Ish 
boshlashdan oldin ish o ‘rni saranjomlanib olinadi, mashinada bamioqqa igna kirib 
ketishining oldini oladigan saqlagich, yuritgich tasma to‘sig‘i, mashinani ishga 
tushirish joylarida izolyasiya g‘iloflari bor-yo‘qligini tekshiriladi va hokazo;
— elektr simlariga ip, latta, simchalar osmasliklozim, aks holda qisqa tutashuv yuz 
berishi mumkin. Simlarda nuqson sezilsa, darhol elektromontyorga xabar berish, 
ochilib qolgan simlarga qo‘l tekkizmaslik kerak; 
— narsalarni ishlayotgan mashina ustidan uzatish mumkin emas;
— elektr dvigatelni o'chirmasdan mashinaga moy surish, uni tozalash, mashina 
shkiviga tasma kiydirish man etiladi.
— ish o'rnida asboblar sochilib yotmasligi, qaychi va iplar mashinaning 
aylanayotgan qismlari yoniga qo‘yilmasligi kerak; 



— ish o‘rinlari orasidagi yo‘lni to‘sib qo‘ymaslik lozim.
2. Dazmol bilan ishlaganda quyidagilarga rioya qilishlari kerak. 
— elektr dazmolda ish boshlashdan oldin shnur izolyasiyasi tekshirib ko'rilishi 
lozim;
— dazmol, shtepsel rozetkasi, vilkaning tok o‘tkazuvchi qismlariga qo‘l tekkizish 
mumkin emas;
-dazmolning tuzukligiga ahamiyat berish zarur (korpusda qisqa tutashuv bo’lsa, 
ishlayotganda qo‘lga salgina igna sanchilgandek boladi); 
— ishlayotganda shnur dazmolga tegib turmasligi kerak;
— dazmolning o‘ta qizib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim;
— dazmol, shtepsel rezetkasi, vilka buzuq bo‘lsa, ishni to‘xtatib, elektromontyorni 
chaqirish kerak.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə