Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi



Yüklə 1,59 Mb.
səhifə1/8
tarix06.04.2023
ölçüsü1,59 Mb.
#104478
  1   2   3   4   5   6   7   8
Ismailov Baxtiyarning Fizika fanidan Mustaqil Ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI


Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent Axborot Texnologiyalari Universiteti Nukus Filiali

«Kompyuter injiniringi» fakulteti
«Kompyuter injiniringi» yo’nalishi
1 kurs (sirtqi) 1001-22 guruh
Fizika 2 fanidan
MUSTAQIL ISHI
Mavzu: Optik kvant generatorlar (lazerlar)


Tayyorlagan: ____________ Ismailov Baxtiyor
Qabul qilgan: ____________ Kaypnazarov Srajatdin


Nukus – 2023-yil.



Reja:



  • Kirish


  • Optik generatorlar (lazerlar)

  • Spontan va majburiy nurlanishlar

  • Lazerlarning turlari

  • Lazerlarning qo‘llanilishi

  • Xulosa

  • Foydalanilgan adabiyotlar



  • Kirish

Kvant generator - majburiy nur lanish hodisasiga asoslangan monoxromatik elektromagnit toʻlqinlar generatori. Ishlashi tashqi nurlanish taʼsirida atomlar, ionlar va molekulalarning oʻzidan fotonlarni chiqarishiga asoslangan. OʻYUCH (oʻta yuqori chastota) diapazondagi birinchi K.g . 1955 yilda N. G. Basov va A. M. Proxorov hamda AQSH olimlari J. Gordon, X. Seyger va Ch. Tauns tomonidan (bir-biridan mustaqil) yaratilgan. Unda faol muhit sifatida ammiak molekulalari NH3 dastasi ishlatilgan, shu sababli u molekulyar generator deb yuritiladi. Hozir molekulyar generatorlarda ammiak molekulalaridan tashqari formaldegid molekulalari, sianid kislota molekulalari, vodorod atomlari, suv, deyteriylangan ammiak molekulalari va b. ishlatiladi. Molekulyar generatorlarning kamchiligi spektr chiziqlarining murakkab tuzilishidadir. Har bir spektr chiziqning oʻzi bir-biriga juda yaqin joylashgan chiziqlar toʻplamidan iborat boʻlib, ularni radiospektroskoplarda ajratish qiyin. Radiodiapazondagi K.g .ning alohida xususiyati — tebranish chastotasi so turgʻunligining yuqoriligidir (Dyu/sh—10~13). Shuning uchun ulardan chastotaning kvant standarti sifatida foydalaniladi. Optik diapazonda ishlaydigan K. g . 1960-y.larda paydo boʻlib, lazer deb ataladi. Lazerning faol muhiti turlicha boʻlib, unda: kristall, shisha, gaz, suyuqlik, yarimoʻtkazgichlar ishlatilgan. K.g . juda qisqa diapazonda yorugʻlik toʻlqinlari tarqatadi. Birinchi qattiq jism (yoqut) li K.g . — lazerni 1960 yilda amerikalik fizik T. Meyman, neon — geliy (Ne — Ne) gazli generatorni amerikalik fiziklar A. Javan, U. Bennet va D. Garriot yaratdilar. Optik K. g . yorugʻlik manbalaridan oʻzining oʻta yuqori monoxromatligi (yaʼni chastotasining turgʻunligi) va nurlanish quvvati bilan farq qiladi. Gazli K. g . uzluksiz tartibda 5 kVt gacha nurlanish quvvatiga ega. Qattiq jismli generator esa 1013 Vt gacha nurlanish quvvatiga ega. K.g . radiofizika, optika va texnikaning turli sohalarida qoʻllaniladi.


  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə