Tezlashtirilgan savol-javoblar kitobi


Molluskalar tipi. Qorinoyoqli molluskalar



Yüklə 133,33 Kb.
səhifə13/57
tarix20.04.2022
ölçüsü133,33 Kb.
#85678
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   57
Tezlashtirilgan savol-javoblar kitobi

Molluskalar tipi. Qorinoyoqli molluskalar
1.Chuchuk shillig’i qayerlarda hayot kechiradi?-----Hovuz va ko’llarda.

2.Shilliq tanasi tashqi tomondan nima b-n qoplangan?----Mantiya teri.

2.Tanasi nima ichida joylashgan?---Spirasimon chig’anoq ichida.

3.Sezgi a’zolari nima hisoblanadi?-----Ko’zlari, paypaslagichlari.

4.Suv shillig’ini boshining ostki tomonida nima joylashgan?---Og’iz teshigi.

4. Suv shillig’ini har qaysi paypaslagichlari asosida nima joylashgan?---Ko’zlari.

4. Suv shillig’ini nimasiga tayanib harakatlanadi?----Oyoq muskullarini to’lqinsimon qisqarishi tufayli sirpanib.

4.Ovqat hazm qilish sistemasiga nimalar kiradi?-----Og’iz teshigi,halqum,qizilo’ngach,oshqozon va ichak.

5. Ichagi chig’anog’ida qanday holatda joylashgan?---Buralib.

5.Orqa chiqaruv teshigi qayerga ochiladi?-----Mantiya chetiga.

6.Suv shillig’ining muskulli tilchasi qayerda joylashgan?----- Halqumida.

7.Suv shillig’i tilchasi yordamida nimalarni qirib oladi?-----Bakteriya va suvo’tlar.

8.Bir juft so’lak bezlarining yo’li qayerga ochilgan?------Halqumga.

8.So’lak suyuqligi qanday ahamiyatga ega?---Oziqni hazm qilishga yordam beradi.

9. Suv shillig’ini jigari qayerga hazm qilish shirasini ishlab chiqaradi?---Oshqozonga.

9.Suv shillig’ining o’pkasi qanday tuzilgan?------Xaltasimon.

10.O’pka devori nimalar b-n taminlangan?------Qon tomirlar bilan.

11.Suv shillig’ining nafas teshigi qayerda joylashgan?----- Chig’anog’i chetida.

11. Yuragi qayerda joylashgan?---Tanasining orqa tomonida.

12.Yuragi qanday tuzilgan?-----Yurak oldi bo’lmasi va yurak qorinchasi.

13.Yurak kameralari qisqarganda qon qayerga haydaladi?------Qon tomirlarga.

13. Qon tomirlari uchi…..?---Ochiq bo’lib, ulardan ichki organlar oralig’iga quyiladi.

14.Qon tomirlaridagi qon qayerga quyiladi?------Ichki organlarga.

14. O’pkada kislorodga to’yingan qon qayerga kelib quyiladi?----Yurak oldi bo’lmasiga.

15.Qon aylanish sistemasi qanday tipda tuzilgan?------Ochiq.

16.Ayirish sistenmasi qaysi hayvonnikiga o’xshash bo’ladi?-----Yomg’ir chuvalchanga.

17.Buyragining voronkasimon kengaygan uchi va ikkinchi uchi qayerga ochiladi?------Yurak oldi bo’lmasiga va mantiya chetiga.

18. Suv shillig’ini nerv sistemasi qanday tuzilgan?----Tanasida bir nechta nerv tugunlari joylashgan.

18. Suv shillig’i tuxumini qayerga qo’yadi?---Uzun shilimshiq ip ichiga tizimcha shaklida.

18. Suv shillig’ining tuxumlaridan nima rivojlanadi?----Nozik chig’anoqli molluska.

18. Suv shillig’i ko’payish jihatdan qanday jinsli hayvon hisoblanadi?---Germafrodit

18.Qorin oyoqli molluskalarning qancha turi bor?-----100000

19.Chuchuk shillig’i qaysi hayvonni oraliq xo’jayni hisoblanadi?------Jigar qurti.

20.Qorinoyoqli molluskalarning tuproqda yashovchi vakillari?------Yalong’och, tok shillig’i.

21.Tok shillig’i va yalong’och shilliqlar nimalar b-n oziqlanadi?------O’simlikning yashil qismi.

22.O’zbekistonda uchraydigan qorinoyoqli molluskalar?------Yalong’och va bedapoya shillig’i.

23. O’zbekistonda qorinoyoqli molluskalardan qaysi biri uvhramaydi?----Tok shillig’i.

23.Qorinoyoqli molluskalarning tanasi qanday qismdan iborat?------Bosh,qorin,oyoq.

24. Qorinoyoqli mollukalarni oyog’ nimaning kengashidan hosil bo’lgan?---Qorin tomonini.


Yüklə 133,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə