Tezlashtirilgan savol-javoblar kitobi



Yüklə 133,33 Kb.
səhifə14/57
tarix20.04.2022
ölçüsü133,33 Kb.
#85678
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57
Tezlashtirilgan savol-javoblar kitobi
1-dars
Ikki pallali molluskalar.
1.Ikki pallali molluskalar qayerlarda keng tarqalgan?------ Dengiz va chuchuk suvlarda.

2. Baqachanoqni tanasi qanday tuzilishga ega?---Oldingi tomoni to’mtoq, keying tomoni suyri shaklda bo’ladi.

3.Baqachanoqning uzunligi va katttaligi?------10-15 sm,tuxumsimon.

4.Baqachanoq pallalari orqa tomonda o’zaro nima yordamida tutashgan?------Elastik paylar.

5. Baqachanoqning muskulli ponasimon oyog’i qayerda joylashgan?-----Qorin tomonining oldingi qismidagi chig’anoqlari orasida.

6.Baqachanoq 1 soatda qancha masofaga suzib boradi?----- 20-30 sm.

7.Baqachanoq chig’anog’i qanday moddadan iborat?-----Muguzdan.

8. Baqachanoq chig’anog’i ichki tomondan nima bilan qoplangan?---Sadaf

9.Baqachanoq chig’anoq pallarining ichki qismida qanday muskullar joylashgan?------Bir juft yopishuvchi.

10.Baqachanoq muskullari qisqarganda…?----Pallalar yopiladi.

11. Baqachanoq muskullari bo’shashganda esa…..?—Orqa tomondagi elastik paylar tortilib, chig’anoq pallalari ochiladi.

12.Baqachanoqning chiqaruv sifoniga qaysi organlarning yo’li ochilgan?------Orqa chiqaruv, ayirish, jinsiy.

13. Baqachanoq chig’anog’ining keying uchining yuqori va pastki tomonida tirqishsimon ikkita teshik….bo’ladi?----Sifon.

14.Baqachanoqning og’iz teshigi qayerda joylashgan?-------Oyoqlarining asosida.

15. Baqachanoqning kirish sifoni orqalimantiya bo’shlig’iga nimalar kiradi?---suv bilan birga organic zarrachalar, sodda hayvonlar va mikroskopik jonivorlar.

16. Baqachanoqning og’zi oldida nima joylashgan?---Ikki juft paypaslagichlar oziqni tutib qoladi va hazm qilish sistemasiga yo’naltiradi.

17.Baqachanoqda oziqni tutish vazifasini nima bajaradi?------Ikki juft paypaslagichlari.

18.Baqachanoq nima orqali nafas oladi?------Jabrasi.

19.Nafas olish organi qayerda joylashgan?------Oyoqlarining asosida.

20. Baqachanoq tanasining qaysi qismida kiprikchalat joylashgan bo’ladi?---Jabralar sirtida va mantiya pardasida.

21.Mantiya bo’shlig’iga kirgan suv nima orqali chiqib ketadi?---Chiqarish sifoni.

22. Suvda erigan kislorod qayerga o’tadi?----Jabralarga, jabralardagi CO2 suvga ajralib chiqadi.

23.Baqachanoqning qaysi organlarining tuzilishi suv shillig’inikiga o’xshash?------Qon aylanish,ayirish,nerv.

24. Baqachanoqni nerv sistemasi qanday tuzilgan?----Uch juft nerv tugunlari joylashgan.

25.Baqachanoq ayrim jinsli, lekin……farqlab bo’lmaydi?--------Erkak va urg’ochisini.

26. Baqachanoq tuxumlari qayerda rivojlanadi?---Jabralar sirtida.

27. Baqachanoq lichinklari nima yordamida baliq terisiga yopishib oladi?---Tishchalar yoki yopishqoq iplar.

28.Baqachanoqning lichinkalari baliq tanasida nima hosil qiladi?------Shish hosil qiladi.

29.Baliq tansida hosil qilgan shish ichida nimalar rivojlanadi?-----Lichinka juda mayda baqachanoqqa aylanadi.

30.Ikki pallali molluskalarnng nechta turi bor?-----30000

31.Ikki pallali molluskalar ichida eng yirigi?------Tridakna.

32.Tridaknaning og’irligi necha kg tashkil qiladi?-----250 kg

33.Go’shti u-n ovlanadigan molluskalar?-----Ustrisa,taroqcha,midiya.

34.Qaysi molluskadan marvarid olinadi?------Dengiz marvariddorlaridan.

35.Qaysi molluskalar maxsus ko’paytiriladi?------Marvarid, midiya, ustrisa.

36.Suv quvurlarini ishdan chiqaradigan molluska?-------Dreysena.

37.Mamlakatimizda ikki pallali molluskalardan qaysi turi uchraydi?------Baqachanoq va dreysena.

38. Qaysi molluskalar suv havzalarini tozalashda ishtirok etadi?-----Ikki pallali mollusklar.

39. Bosh oyoqli molluskalarni oldingi oyog’i o’zgarib nimani hosil qiladi?----Paypaslagichlarni.

40.Boshoyoqli molluskalarning gavasining uzunligi?------1 sm dan 5 mgacha.

41. Boshoyoqli molluskalarni oyog’ini asosida nima joylashgan?----Voronkasi.

42. Boshoyoqli molluskalarni gavdasi qanday qismlarda bo’lingan?---Bosh, tana.

43.Boshoyoqlilarning og’iz atrofini nechta paypaslagichlar o’rab turtadi?------8 yoki 10 ta

44.Paypaslagichlarida juda ko’p nimalar joylashgan?------So’rg’ichlar.

45.Bosh oyoqlilarning qaysi organi kuchli rivojlangan?-----Bosh miyasi.

46. Boshoyoqli molluskalarni suvni nima orqali chiqarib turadi?---Voronkasi orqali.

47. Orqa ichagiga nimaning yo’li ochilgan?----Siyoh xaltasini.

48.Boshoyoqlilar qayerlarda keng tarqalgan?-------Okean va ochiq, tropik dengizlarda

49.Boshoyoqlilarning nechta turi bor?-----650 ta.

50.Boshoyoqli molluskalarning asosiy ozig’i nima hisoblanadi?----- Krab,baliqlar,molluskalar.

51.Boshoyoqli molluskalarning asosiy vakillari?-------Kalmar,karakatitsa,sakkizoyoq.

52. Molluskalarni tana bo’shlig’i qanday to’qima bilan to’lgan?—Biriktiruvchi to’qima.

53.Molluskalar tipi qanday sinflarga bo’linadi?---Qorinoyoqli, ikki pallali va boshoyoqli.


Yüklə 133,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə