Tezlashtirilgan savol-javoblar kitobi



Yüklə 133,33 Kb.
səhifə15/57
tarix20.04.2022
ölçüsü133,33 Kb.
#85678
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   57
Tezlashtirilgan savol-javoblar kitobi
1-dars
Bo’g’imoyoqlilar tipi.
1.Bo’g’imoyoqlilarning tanasi nima b-n qoplangan?-------Qattiq xitin po’st.

2.Bo’g’imoyoqlilarning xitin po’sti qanday vazifasini bajaradi?------Tayanch.

3.Daryo qisqichbasining xitin po’stiga nimalar kelib tutashgan?-----Muskul va oyoqlar.

4…..birlamchi suvda yashovchi bo’g’imoyoqlilar?-----Qisqichbaqasimonlar.

5.Qisqichbaqa boshqa bo’g’imoyoqlilardan nimasi b-n farq qiladi?-----Jabra b-n nafas olishi, ikki juft paypaslagichlarini bo’lishi.

6.Daryo qisqichbaqasi qanday suvlarda hayot kechiradi?------Chuchuk ko’l,daryo va soylarda.

7.Tanasining ustki va ostki qismi qanday rangda?-----Ko’kimtir-qo’ng’ir va oqish.

8.Qaysi hayvon oziq izlab kechqurunlari ovga chiqadi?------Daryo qisqichbaqasi.

9.Qisqichbaqaning asosiy ozig’i nima hisoblanadi?------Suvo’ti, kasal hayvonlar(molluska,hasharotlar lichinkasi).

10.Qisqichbaqaning xitin qoplagichi qanday vazifani bajaradi?-----Tayanch va himoya.

11.Qisqichbaqaning tanasi qanday bog’imlardan iborat?-----Boshko’krak va qorin.

12. Daryo qisqichbaqasining boshko’krak qalqoni qanday hosil bo’lgan?---Bosh va ko’krak bo’limini harakatsiz qo’shilishidan.

12.Ko’zlari qayerda joylashgan?-----Harakatchan poyachalar ustida.

13.Hid bilish va tuyg’u vazifasini nima bajaradi?------Bir juft uzun va kalta mo’ylovlari.

14.Og’iz teshigini nimalar o’rab turadi?------Uch juft jag’lar.

15.Boshko’kragining keyingi qismi nechta bo’g’imdan iborat?-----8 ta

15. Daryo qisqichbaqasining jag’oyoqlar soni nechta?---3 juft

16.Uch juft jag’oyoqlari qanday vazifani bajaradi?-----Oziqni og’izga olib kelish va jabralarga suvni haydash.

17.Qorin bo’limi nechta qismdan iborat?---- 7 ta

18.Qisqichbaqaning qorin oyoqlari qanday tuzilgan?-------Oldingi 5 jufti ikki shohli, 2 jufti esa dum suzgichi hosil qilgan.

19.Qisqichbaqa qanday nafas oladi?-----Jabrasi.

20.Qisqichbaqaning jabrasi qayerda joylashgan?------Jag’oyoqlari va oldingi 4 juft yurish oyoqlari asosida.

20. Daryo qisqichbaqasi suv tubida qanday harakatlanadi?----4 juft yurish oyoqlari yordamida.

21.Biron xavf tug’ilsa qanday harakatlanadi?----Dum suzgichlarini qorin tomonga tez-tez siltib, orqa tomonga suzadi.

21.Urg’ochi qisqichbaqa erkagidan qanday farq qiladi?------Urg’ochisining qorin bo’limi boshko’kragiga nisbatan enliroq, erkaginiki esa torroq.

22.Tuxumlarini nimaga yopishtirib olib yuradi?------Qorinoyoqlariga.

23.Urg’ochisi tuxumlarini qachon qo’yadi?------Erta bahorda.

23. Daryo qisqichbaqasi qanday o’sadi?----Eski po’stini tashlab, ya’ni tullab o’sadi.

24.Muskullari organlar atrofida qanday joylashgan?-----To’p-to’p.

25. Daryo qisqichbaqasini muskullari nimadan iborat?----Alohida-alohida muskul boylamlaridan.

25. Daryo qisqichbaqasini xitin qoplag’ichi nima o’rab turadi?----Tana bo’shlig’ini.

25.Hazm qilish sistemasini nimalar hosil qiladi?-------Og’iz, halqum, qizilo’ngach va ikki bo’lmali oshqozon, ichak, anal teshigi.

26. Daryo qisqichbaqasi katta oshqozonida oziq modda qanday ko’rinishga uchraydi?---Maydalanadi.

26. Daryo qisqichbaqasini kichik oshqozonida oziq modda qanday ko’rinishga uchraydi?---Oziq moddalar suzib o’tkaziladi.

26. Daryo qisqichbaqasida oziqning hazm bo’lmagan qismi qanday chiqariladi?----Dum suzgichining o’rtasida joylashgan anal teshigi orqali.

26.Yuragi tanasining qayerida joylashgan?------Boshko’krakning orqa tomonida.

26. Daryo qisqichbaqasini qon aylanish sistemasi qanday tipda tuzilgan?---Ochiq.

27.Yurak devorida necha juft teshiklar joylashgan?-----Uch juft.

28.Ayirish sistemasi nima hisoblanadi?-------Bir juft yashil bezi va naychalar.

29.Ayirish sitemasi qaysi hayvonnikiga o’xshash bo’ladi?-----Yomg’ir chuvalchangi.

30.Bir juft yashil bezlarining yo’llari qayerga ochiladi?------ Pufaksimon kengaygan uchi tana bo’shlig’iga, naychalari esa kalta mo’ylovlari asosiga.

31.Yashil bezlar qanday ahamiyatga ega?----Qonda erigan zararli almashinuv mahsulotlarini organizmdan chiqarib tashlaydi.

31.Nerv sistemasi qanday tuzilgan?------Halqum usti va halqum osti nerv tugunlari, halqum atrofi nerv halqasi, qorin nerv zanjiridan.

32.Halqum usti nerv tugunlaridan qayerga nervlar ketadi?------Ko’zlari va mo’ylovlariga.

33.Halqum osti nerv tugunlaridan qayerga nervlar ketadi?------Jag’lariga.

33. Daryo qisqichbaqasini hid bilish va tuyg’u a’zolari nima hisoblanadi?----Mo’ylovlari va oyoqlari sirtidagi tukchalar.

34.Kalta mo’ylovlari asosida qanday organlar joylashgan?-----Eshitish va muvozanat saqlash.

35.Qichqichbaqasimonlarning qancha turi bor?------30000

36.Qisqichbaqasimonlarning ko’pchilik turlari qayerlarda hayot kechiradi?------Chuchuk suvlarda.

37.Suvda muallaq yashovchi mayda qisqichbaqasimonlar nima deb ataladi?-----Plankton.

38.Plankton qisqichbaqasimonlardan qaysi biri uchraydi?------Dafniya va siklop.

39.Qisqichbaqasimonlar nima maqsadda ko’paytiriladi?------Baliqchilikda va akvariumlarda baliq boqish u-n.

40.Go’shti u-n ovlanadigan qisqichbaqasimonlar?-------Krab, kravetka,omar, langust.

41.Qisqichbaqasimonlarning quruqlikda yashovchi vakillari?-----Zaxkash.

42.Zaxkashning ikkinchi nomi?------Eshakqurti.

43.Zaxkash nimalar b-n oziqlanadi?------O’simlik qoldiqlari.

44.Zaxkash qanday ahamiyatga ega?---Tuproqni yumshatib, uni chirindi moddalarga boyitadi.


Yüklə 133,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə