Tezlashtirilgan savol-javoblar kitobi


Baliqlar sinfi.Tashqi tuzilishi



Yüklə 133,33 Kb.
səhifə26/57
tarix20.04.2022
ölçüsü133,33 Kb.
#85678
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   57
Tezlashtirilgan savol-javoblar kitobi

Baliqlar sinfi.Tashqi tuzilishi.
1.Zog’ora baliq qayerlarda uchraydi?-------O’rta Osiyoning tog’ daryolari va ko’llarida.

2.Zog’ora baliqning uzunligi va og’irligi?------1 m,8-16 kg.

2. Zog’ora baliqni qanday suv havzalarida uchratishimiz mumkin?---Ko’l, hovuz va sholipoyalarning iliq suvida, tinch oqadigan daryo o’zanida.

3. Baliqlarning tanasi qanday shaklda bo’ladi?---Suyri shaklda, ikki yon tomondan yassilashgan va dum qismlari ingichkaroq bo’ladi.

3. Baliqlarning tanasi boshioga qanday qo’shilib ketgan?---Harakatsiz.

3.Baliqlarning toq suzgichlari?----Orqa,dum,anal.

4.Baliqlarning juft suzgichlari ?------Ko’krak va qorin.

5.Baliqlarning suzgichlari qanday tuzilgan?-------Yupqa teri va suzgich yoyi.

6.Baliqlarning oldinga harakatlanishida qaysi suzgich muhim rol o’ynaydi ?------Dum.

7.Baliqlarning juft suzgichlari qanday vazifani bajaradi?------Tanani muvozanatga solish, harakatlanganda burilish va to’xtash,oldinga suzishda.

8.Baliqlarning tanasi nima b-n qoplangan?-----Tangachalar.

9.Baliqlarni yoshini qanday aniqlash mumkin?------Tangachalaridagi halqalar soniga qarab.

10. Baliqlar tanasida qanday bezlar joylashgan?---Ter bezlari.

11. Balqilar tez bezlaridan ajralib chiqayotgan suyuqlik qanday ahamiyatga ega?—Tanasini suvga ishqalanishini kamaytiradi, harakatini osonlashtiradi.

11. Baliqlar tanasining rangi nimaga bog’liq?---Atrof-muhitga.

11. Baliqlar tanasining orqa va qorin tomoni qanday rangda bo’ladi?---To’q yashil va oqish.

10.Baliqlarning umurtqa pog’onasi nechta suyakdan tuzilgan?----39-42 ta.

11.Har bir umurtqaning tanasida nimalar joylashgan?—Bir juftda ustki va ostki yoylar.

11.Baliqlarning umurtqa nayi qanday hosil bo’ladi?-----Umurtqalarining ustki qarama-qarshi yoyi tutashib.

11. Baliqlarning umurtqa nayini ichida qaysi miya joylashgan?---Orqa miya.

12. Tana bo’limidagi umurtqalarga ikki yon tomondan nimalar kelib birikadi?---Qilichsimon qovurg’alar.

12.Baliqlarning qayerlarida umurtqalarida qovurg’alar bo’lmaydi?--------Dum umurtqalarida.

13. Baliqlar skeletining qaysi xususiyati tufayli boshqa umurtqalilardan farq qiladi?—Kamar suyaklari umurtqa pog’onasiga birikmagan.

13.Baliqlarning bosh skeleti qanday suyaklardan tuzilgan?-------Miya qutisi, jag’lar, jabra qopqoqlaridan va jabra rovoqlari.

14. Skelet muskullari qanday vazifani bajaradi?----Tayanch va ichki organlarni himoya qilish.

14.Baliqlarning tanasidagi qaysi muskullar kuchli rivojlangan?-----Orqa va dum suzgichlaridagi.

15.Baliqlarning suzgich pufagi qayerda joylashgan?-----Qorin bo’shlig’ining ichaklari ustida.

15. Suzgich pufagi nima yordamida ichakka tutashgan bo’ladi?---Ingichka naycha.

16.Baliqlarning suzgich pufagi qanday tuzilgan?-----Gazlar b-n to’lgan kumushrang xaltachadan .

17.Baliqlarning suzgich pufagi ingichka naycha orqali nimaga tutashadi?--------Ichak.

17.Baliqlarning suv tubiga va suv yuzasiga ko’tarilishi niamaga bog’liq?---Suzgich pufagi hajmining o’zgarishiga.

18.Suzgich pufagidagi gazlar suvga qanday chiqariladi?­----Ingichka naycha orali ichakka, undan jabra yoriqlari orqali suvga.

19. Baliqlarda suzgich pufagi o’zgarmasa baqli suvda qanday turadi?---Muayyan chuqurlikda muallaq turadi.

20.Baliqlarning suzgich pufagi qanday vazifani bajaradi?------Tovushni kuchyatiradigan rezanator.

21. Baliqlar gavdasining rangi atrof- muhit rangiga mosligi qanday nimaga yordam beradi?---Yirtqich hayvonlar ko’ziga tashlanmaslikka.



Yüklə 133,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə