Tezlashtirilgan savol-javoblar kitobi



Yüklə 133,33 Kb.
səhifə33/57
tarix20.04.2022
ölçüsü133,33 Kb.
#85678
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57
Tezlashtirilgan savol-javoblar kitobi

Ko’payishi.
1.Bitta urg’ochi baqa bir mavsumda nechta tuxum qo’yadi?------5000-10000 ta.

2.Baqaning urug’langan tuxumlaridan nima chiqadi?-----Itbaliq.

3.Baqaning urug’langan tuxumlari bo’rtib, nima hosil qiladi?---Tiniq yopishqoq shilimshiq parda.

4.Baqa tuxuminig qobig’ini qoramtir rangda bo’lishi qanday ahamiyatga ega?---Quyosh nuri ta’sirida yaxshi isiydi.

5.Itbaliq tuzilish jihatdan nimaga o’xshaydi?------ Mayda baliqchaga.

6.Baqa itbalig’i qanday tuzilgan?------ Uzun va keng dum, yuragi ikki kamerali, bitta qon aylanish, ikki yonida joylashgan tashqi jabralar, yon tomonida yon chiziqlari bo’ladi.

7. Rivojlanish jarayonida itbaliqning tashqi jabralari nimaga almashinadi?---Ichki jabralarga.

8.Yashil qurbaqani tanasi qanday rangda bo’ladi?---Och yashil yoki kulrang.

9.Yshil baqa tanasida qandya suyuqlikni ishlab chiqaradiigan bezi bo’ladi?---Sassiq oqish zaharli

10.Yashil qurbaqa kunduzlari qayerda bekinib yotadi?------Kemiruvchilar ini, daraxt ildizi va to’nkalar ostida, yerto’lalarda.

11.Qurbaqa qachon ovga chiqadi?---Kechqurunlari.

12. Qurbaqaning qaysi oyog’i nisbatan kuchsiz bo’ladi?---Orqa oyog’i.

13.Qurbaqa qachon suvga tushadi?---Ko’payish davrida.

14.Tuxumdan chiqqan itbaliq dastlab nima bilan oziqlanadi?---Tuxmdan qolgan oziq moddalar hisobiga.

15.Itbaliq keyinroq nimalar bilan oziqlanadi?---Suv o’tlar, bir hujayrali hayvonlar va mikroorganizmlar.

16.Qurbaqa tuxumlarini qayerga qo’yadi?----Ko’lmak suv va hovuzlarga.

17.Rivojlanish jarayonida qurbaqaning qaysi oyog’i paydo bo’lgan?-----Orqa oyog’i.

18.Yosh baqalar necha yilda voyaga yetadi?-----3 yilda.

19.Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning nechta turi bor?-------4000.

20.Suvda hamda quruqlikda yashovchilar qanday turkumlarga bo’linadi?-----Dumlilar va dumsizlar.

21. Dumlilarga qaysi hayvonlar kiradi?---Triton va salamandra.

22.Dumsizlarga qaysi hayvonlar kiradi?---Baqa va qurbaqa.

23.Dumlilar qayerlarda uchramaydi?------O’rta Osiyoda.

24.Eng yirik suvda hamda quruqlikda yashovchi ?------Janubiy-sharqiy Osiyoda tarqalgan gigant salamandra.

25.Bitta qurbaqa bir kunda, 9 oy davomida qancha hasharot qiradi?-----100 ta va 3000 ta

26.Qaysi hayvondan tibbiyot va biologiyada labaratoriya hayvonlari sifatida foydalaniladi?---Baqa.

27.Suvda hamda quruqlikda yashovchilar qaysi hayvonlardan kelib chiqqan?-300 mln yil panjaqanotlilardan.

28.Panjaqanotlilar nima orqali nafas olgan?----O’pka.

29.Panjaqanotlilar qaysi organi suvda hamda quruqlikda yashovchilarning oyoqlariga o’xshaydi?----Suzgich

qanotlari.

30. Qadimgi panjaqanotlilar qanday suv havzalarida yashagan?---Chuchuk suvli sayoz daryo va ko’llar.

31.Suv qurib qolganda panjaqanotli baliqlar nimasi yordamida boshqasuv havzalariga o’tgan?---Muskulli suzgichlari.

32. O’pkali panjaqanotlilardan qaysi hayvonlar kelib chiqqan?------Dumlilar.

33.Dumsizlar qaysi hayvonlardan kelib chiqqan?---Dumlilardan


Yüklə 133,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə