Tezlashtirilgan savol-javoblar kitobi


Qushlarning xilma-xilligi: voha va cho’l qushlari



Yüklə 133,33 Kb.
səhifə42/57
tarix20.04.2022
ölçüsü133,33 Kb.
#85678
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57
Tezlashtirilgan savol-javoblar kitobi

Qushlarning xilma-xilligi: voha va cho’l qushlari.
1.Chumchuqsimonlar turkumiga qaysi qushlar kiradi?----Qladirg’och, go’ngqarg’a, chug’urchiq, bulbul, chumchuq.

2.Chumchuqsimonlarning erkagi urg’ochilaridan qanday farq qiladi?----Yirikligi, rangdorligi, ovozi va boshida tojga o’xshash patlari bo’lishi.

3.Chumchuqsimonlar barcha qushlarning qancha qismini o’z ichiga oladi?---Yarmini.

4.Qaldirg’ochning tanasi qanday rangda bo’ladi?---Orqasi ko’kimtir-qora, qorin tomoni oq.

5.Qaysi qushning oyoqlari kalta va kuchsiz, yassi va qisqa tumshug’i keng ochiladi?---Qaldirg’och.

6.Qaldirg’och nima yordamida havoda uchayotgan hasharotni tutadi?—Tumshug’i.

7.Qaldirg’ochning qaysi qismi qizg’ish-qo’ng’ir bo’ladi?----Peshona,bo’yin.

8.qaldirg’och uyasini qayerga quradi?—Ayvon peshtoqiga yoki shift ostidagi to’sinlarga.

9.Qaldirg’ochlar nechtagacha tuxum qo’yadi?------4-6 ta.

10.Qaldirg’och bolalarini nimlar bilan oziqlantiradi?---Hasharotlar.

11.Uchib ketayotgan qaldirg’ochsuv yuzasiga tegib o’tib,….?---Cho’miladi va suv ichadi.

12.Chumchuqsimonlarning eng yirik vakillari?---Go’ngqarg’a, zog’cha, olaqarg’a.

13.Go’ngqarg’a qachon uchib ketadi?---Mart.

14.Qish kezlari go’ngqarg’alar qaysi qushlar b-n galalar hosil qiladi?------Zo’gchalar.

15.Bitta qaldirg’och oilasi bir mavsumda qancha hasharotlarni qiradi?-----1 mln.

16.Qaysi qushlar meva va donlarni yeb ziyon yetkazadi?-------Chumchuq va chug’urchiq.

17.Ko’k kaptar qayerlarga uya quradi?---Jarliklar,tashlandiq imoratlar va binolar chordoqlariga.

18.Ko’k kaprat nimalar b-n oziqlanadi?------Donlar, yovvoyi o’tlarning urug’i.

19.Musichalar nimalar b-n oziqlanadi?----Don, sabzavot va mevalar.

20.Xonaki kapratlarning nasl boshisi qaysi qush hisoblanadi?—Ko’k kaptar.

21.Musichalar bir yilda necha marta bola ochadi?-----5 marta.

22.Musicha nimalar bilan oziqlanadi?-----Don, sabzavot, va mevalarning urug’i.

23.Cho’l qushlar tuxumlarini qayerga qo’yadi?---Yerga.

24.Cho’l qushlari tanasi qanday tuzilgan?------Oyoqlari va bo’yni uzun va baquvvat, patlari yer rangida bo’ladi.

25.Nima uchun yo’rg’a tuvalog’ini uzuoqdan sezmaymiz?---Patlari yer rangida bo’lganligi uchun.

26.Yo’rg’a tuvalog’i nimalar b-n oziqlanadi?-----Yovvoyi o’simlik bargi, yer osti tugunaklar bargi novdasi, hasharotlar, kaltakesak, mayda kemiruvchilar bilan.

27.Urg’ochi tuvaloq nechtagacha tuxum qo’yadi?------Bir nechta.

28.Cho’l qushlarining qaysi vakili O’zbekiston “Qizil kitobi”ga kiritilgan?------Yo’rg’a tuvalog’i.

29.Kuyka qaysi qushlar turkumiga mansub?---Tuvaloqlar.

30.Nima u-n tuyaqushlar ucha olmaydi?------Qanotlari uchishga moslashmagan, patlari zich yelpig’ichni hosil qilmaydi, toj suyagi bo’lmaydi.

31.Tuyaqushning oyoqlari necha barmoqli?---Ikki barmoqli.

32.Tuyaqushning barmoqlari nima uchun issiq qumda qizib ketmaydi?---Teri bilan qoplangan.

33.Tuyaqushlar nimalar bilan oziqlanadi?---Yovvoyi o’simliklar urug’i, yirik hasharotlar bilan.

34.Afrika tuyaqushining uzunligi va og’irligi?------3 m,100kg.

35.Tuyaqush soatiga necha km masofa tezlikda yuguradi?------60-70 km.

36.Qaysi qush Afrika dashtlarida kichik gala bo’lib yashaydi?---Afrika tuyaqushi.

37.Urg’ochi tuyaqush nechtagacha tuxum qo’yadi?------4-9 ta.

38.Tuyaqush tuxumlarining vazni qancha?-----1,5 kg.

39.Tuyaqush tuxumlarini kechasi qaysi biri bosib yotadi?---Erkagi.

40.Tuyaqush tuxumini kunduzi qaysi biri bosib yotadi?---Urg’ochisi.

41.Urg’ochi tuyaqush patlari qanday rangda bo’ladi?----Qo’ng’ir –kulrang

42.Erkak tuyaqushning patlari qanday rangda bo’ladi?----Qora,dumi va qanotlari uchida oq patlar bo’ladi.

43.Eng yirik tuyaqushlar va ular tarqalgan joylar?-----Afrikada -Afrika tuyaqushi, Janubiy Amerikada- nandu, Avstraliyada-emu.

44.Tuyaqushlar nima maqsadlarda ko’paytiriladi?------Go’shti va tuxumi u-n.



Yüklə 133,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə