Tezlashtirilgan savol-javoblar kitobi


Sutemizuvchilar sinfi. Itning tashqi tuzilishi skeleti va muskullari



Yüklə 133,33 Kb.
səhifə46/57
tarix20.04.2022
ölçüsü133,33 Kb.
#85678
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   57
Tezlashtirilgan savol-javoblar kitobi

Sutemizuvchilar sinfi. Itning tashqi tuzilishi skeleti va muskullari.
1.Nima uchun itning tanasi yerdan dast ko’tarilib turadi?---Oyoqlari tanasining ostida joylashganligi uchun.

2.It yurganda nimasiga tayanadi?—Barmoqlari.

3.Itning boshi tanasiga nima orqali birikkan?----Harakancha bo’yin.

4.Itning eshitish organlaridan qaysi biri rivojlangan?----Tashqi qulog’i va quloq suprasi.

5.Itning qulog’ining qaysi qismi harakatchan bo’ladi?—Quloq suprasi.

5.Sutemizuvhcilarning teri nima bilan qoplangan?---Jun.

6.Sutemizuvchilarning jun qoplami necha qavatdan iborat?---2 qavatdan.

7.Sutemizuvchilarning sirti jun qavati qanday tuzilgan?----Uzun va qayishqoq, lekin dag’al qiltiqdan.

8. Sutemizuvchilarning ostki jun qavatiqanday tuzilgan?—Mayin va kalta tukdan.

9 Sutemizuvchilarning qaysi jun qavati orasida havo ko’p bo’ladi?---Mayin jun qavati.

10.Sutemizuvchilarning dag’al qiltiqlar tuklar qanday ahamiyatga ega?---Terini himoya qiladi.

11.Sutemizuvchilarda tuyg’u vazifasini nima bajaradi?----Yirik va uzun qillar.

12.Sutemizuvchilarning teri bezlari qanday vazifani bajaradi?---Tana haroratini doimiy saqlash va qo’shimcha ajratish organi.

13.Sutemizuvchilarning qaysi vakillarida ter bezlari bo’lmaydi?---Itlarda.

14.Itlar tanasini nima hisobiga sovutadi?—Nafas olish hisobiga, issiq kunda og’zini ochib tez-tez nafas oladi.

15.Sutemizuvchilarning barmoqlarining uchida nima joylashgan bo’ladi?---Muguz tirnoqlar yoki tuyoqlar.

16.Sutemizuvchilarning skeleti qanday suyaklardan tashkil topgan?------Bosh, umurtqa pog’onasi, ko’krak qafasi, oldingi va orqa oyoqlari va kamar suyaklaridan.

17.Nima uchun sutemizuvchilarning bosh miya qutisi yirik bo’ladi?---Bosh miyasi kuchli rivojlanganligi uchun

18.Sutemizuvchilarning umurtqa pog’onasi qanday suyaklardan tashkil topgan?-----Bo’yin, ko’krak, bel, dumg’aza va dum.

18.Itning bo’yin umurtqalar soni nechta bo’ladi?—7ta.

19.Sutemizuvchilarning ko’krak umurtqalari nechta suyakdan iborat?----12-15 ta.

20.Itning ko’krak qafasini qaysi suyaklar hosil qiladi?---Ko’krak umurtqalari, to’sh suyagi va qovurg’alar.

21.Itlarning umurtqa pog’onasining qaysi suyaklari o’zaro harakatchan birikkan?----Bel.

22. Itlarda bel umurtqalar soni nechta bo’ladi?—6 ta

23. Sutemizuvchilarda bel umurtqalar soni nechta bo’ladi?---2-9 ta

24.Dumg’aza bo’limidagi nechta umurtqa chanoq suyagi bilan o’qshilib ketgan?----3-4ta

25.Itlarning dum umurtqalari soni nechta bo’lishi mumkin?--- Uchtada o’ntagacha.

26.Sutemizuvchilarining oldingi oyoq kamarini qaysi suyaklar hosil qilada?----Ikki kurak, ko’krak tirgak, ikkita o’mrov suyaklar.

28.itlarning oyoq skeleti qaysi hayvonlarnikiga o’xshash suyakdan tashkil topgan?----Sudralib yuruvchilar.

29.Itlarning qaysi suyaklar rivojlanmagan?---O’mrov.

30.Itlarning orqa oyoq kamarini qaysi suyaklar hosil qiladi?--- 3juft chanoq suyaklar.

31.Itlarning tishlari qanday tuzilgan?---Ponasimon -kurak, konussimon-qoziq, yassi –oziq.

32.Qaysi sutemizuvchi hayvonlarda kurak tishlari birmuncha mayda bo’ladi?------It va yirtqichlarda.

33.It va boshqa yirik yirtqichlarda qaysi tishi kuchli rivojlangan?-----Qoziq va ularning yonida joylashgan yirtqich tishlari.

34.It tishlarining har xil tuzilishi nimaga bog’liq?---Vazifasiga.

35.itlarning tishlari qayerda joylashgan?----Jag’larida.

36.Itlarning bosh qismidagi qaysi muskullari kuchli rivojlangan?----Pastki jag’ni harakatga keltiruvchi.

37.Itlarning qaysi muskullari kuchli rivojlanagan?---Orqa, qo’l va oyoq hamda qo’l vaoyoq kamar muskullari.



Yüklə 133,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə