Tezlashtirilgan savol-javoblar kitobi


Primatlar turkumi. Sutemizuvchilarning ahamiyati



Yüklə 133,33 Kb.
səhifə54/57
tarix20.04.2022
ölçüsü133,33 Kb.
#85678
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57
Tezlashtirilgan savol-javoblar kitobi

Primatlar turkumi. Sutemizuvchilarning ahamiyati.
1.Sutemizuvchi hayvonlar orasida eng yuksak tuzilgan hayvonlar?---Primatlar.

2.Primatlar so’zining ma’nosi?----Birinchilar.

3.Primatlar turkumiga nechta hayvon turi kiradi?—200 ta.

4.Primatlarni barmoqlari qanday tuzilgan?---Barmoqlair uzun, ikkala oyoqlaridagi bosh barmog’i boshqa barmoqlarga qarama-qarshi qo’yilgan.

5.Primatlarda bosh barmog’ining boshqa barmoqlarga niosbatan qarama-qarshi joylashishi qanday ahamiyatga ega?---Shohlarni mahkam ushlashga hamda mayda narsalarni tutib turishga yordam beradi.

6.Primatlarda barmoqlari boshqa hayvonlarniki singari changal emas, balki qanday bo’ladi?---Yassi tirnoqlar bo’ladi.

7.Primatlarning oyoqlari yurishdan tashqari yana qanday vazifalarni bajaradi?---Ozig’ini ushlash, junlarini tozalash va tarash.

8.Primatlar tanasining qaysi qismida junlar bo’lmaydi?---Yuzi va qo’l-kaftida.

9.Nima uchun maymunlar ikki ko’zi bilan birdaniga qaraydi?---Ko’zlari boshining oldingi tomonida joylashganligi tufayli.

10.Maymunlarning ko’zlari boshining oldingi tomonida joylashishi qanday ahamiyatga ega?---Buymlarni hajmini, ungacha bo’lgan masofani va rangini farqlaydi, shohdan-shohga sakrab o’tishda muhim ahamiyatga ega.

11.Maymunlarda tuyg’u vazifasini nima bajaradi?---Barmoqlari, yungsiz kafti va tovoni.

12.Nima uchun primatlarning fe’l-atvori murakka ba xilma-xil bo’ladi?---Bosh miya yarim sharlarida burmalar ko’p bo’ladi.

13.Tropik Afrikada tarqalgan maymun?------O’rgimchak maymun.

14.Qaysi maymunnning burun kataklari keng, dumi uzun bo’ladi?-----O’rgimchak maymun.

15.Qaysi maymun dumlari bilan xuddi oyoqlari singari daraxt shohlarida bemalol osilib turishi mumkin?---O’rgimchak maymun.

16.Nima uchun o’rgimchak maymun deb nom berilgan?---Uzun oyoqlari va qo’llari yordamida daraxtlarga ilashib olganligidan.

17.Afrika va Janubiy Osiyoda tarqalgan maymunlarning burni qandya tuzilgan?---Burun teshigi tor, tog’ay to’siq bilan ikkiga ajralgan, dumi daraxtda osilib yurishda ahamiyatga ega emas.

18.Qaysi maymunlarning dumi kalta yoki butunlay yo’qolib ketgan?----Tor burunli maymunlar.

19.Prim,atlar orasida qaysi maymunlar yirik va yuksak tuzilgan?—Odamsimon maymunlar.

20.Gorilla va shimpanze qayerlarda keng tarqalgan?-----Afrikada.

21.Oragutan qayerlarda keng tarqalgan?-----Kalimatan va Sumatra orolida.

22.Qaysi maymunlarning dumi bo’lmaydi?---Odamsimon maymunlarni.

23.Odamsimon maymunlar qaysi oyoqlariga tayanib harakatlanadi?---Oldingi yoqlari hamda panjasining orqa tomoniga biroz tayangan holda.

24.Primatlar turkumiga mansub hayvonlar?----Yashil martishka, oq peshonali kaputsin, gibbon, orangutan, shimpanze.

25.Odamsimon maymunlar yuz muskullari yordamida qanday ichki kechinmalarni ifodalaydi?—Qo’rquv, hayajon, achiqlanish yoki xursandcilik.

26.O’txo’r sutemizuvchi hayvonlarni tezagi qaysi hayvonlar uchun oziqa hisoblanadi?---Go’ngxo’r qo’ng’izlar, pashshalar, chuvalchanglar, zamburug’lar va bakteriyalar.

27.Qaysi sutemizuvchi hayvonlar o’simliklarni urug’ini tarqalishiga yordam beradi?------Olmaxon, o’rmon kalamushi, dala sichqoni, to’ng’izlar.

28.Tuproqda yashovchi sutemizuvchilar?-----Ko’rsichqon, yumronqoziq.

29.Hasharotxo’r sutemizuvchilar?-----Ko’rshapalak, tipratikan.

30.Qaysi sutemizuvchilar mo’ynasi u-n ovlanadi?----Ondatra va tulki.

31.Yirtqich sutemizuvchilar odamlarga qaysi kasalliklarni tarqatadi?---Gijja.

32.O’zbekiston “Qizil kitobi”ga sutemizuvchilarning nechta turi kiritilgan?-----24 ta.



Yüklə 133,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə