Tezlashtirilgan savol-javoblar kitobi


So’rg’ichlilar va tasmasimon chuvalchanglar sinfi



Yüklə 133,33 Kb.
səhifə8/57
tarix20.04.2022
ölçüsü133,33 Kb.
#85678
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   57
Tezlashtirilgan savol-javoblar kitobi
1-dars
So’rg’ichlilar va tasmasimon chuvalchanglar sinfi.
1.So’rg’ichlilarning tana shakli qanday va nima b-n qoplangan?------Bargsimon, qalin tuklar b-n qoplangan.

2.So’rg’ichlilarning voyaga yetgan va lichinkalari qayerda parazitlik qiladi?-----Umurtqalilar va umurtqasizlarda.

3.Jigar qurti qaysi hayvonlarda parazitlik qiladi?------Cho’chqa, qoramol, qo’y, echki, tuya.

4.Jigar qurtini uzunligi va shakli?----- 3-4 sm, bargsimon.

5.Jigar qurtini so’rg’ichlari qayerda joylashgan?-----Tanasining oldingi uchida og’iz va qorin tomonida qorin.

6.So’rg’ichlari yordamida qayerga yopishdi?-----Jigarninjg o’t yo’llariga.

7.Jigar qurtini hazm qilish sistemasi?-----Og’iz teshigi, ikki shohli ichak.

8.Jigar qurti nimalar b-n oziqlanadi?-----O’t suyuqligi va qon.

9.Jigar qurtini rivojlanish siklini ketma-ketligi?-----Voyaga yetgan davr—suvdagi tuxum—kiprikli lichinka—dumli lichinka - chuchuk suv shillig’i—o’simlikka yopishgan sista—qoramol.

10.Jigar qurtining asosiy xo’jayni?----Odam va sutemizuvchi hayvonlar.

11.Jigar qurtining oraliq xo’jayni?------Suv shilligi.

12.Qoramol tasmasimon chuvalchangining voyaga yetgani va lichinkasi qayerda parazitlik qiladi?-----Odamning ingichka ichagida va qoramol muskuli, jigari.

13.Qoramol tasmasimon chuvalchangini uzunligi?-----8-10 m.

14.Gavdasi qanday tuzilgan?------Kichkina bosh, ingichka bo’yin va bo’g’imlarga bo’lingan tana.

15.Boshida nechta so’rg’ich joylashgan?------ 4 ta .

16.Tanasi nechta bo’g’imga bo’lingan?------- 1000 ta

17.Qoramol tasmasimon chuvalchangi oziqni qanday so’rib oladi?----- Tana yuzasi orqali.

18 .Qoramol tasmasimon chuvalchangini har bir tana bo’g’imida qanday jinsiy organlar takrollanadi?----- Bir juft tuxumdon,bitta bachadon,juda ko’p urug’don.

19.Tuxumlari qoramolga qanday yuqadi?----- Yem-xashak, suv orqali.

20.Tuxumidan chiqqan lichinka qon orqali qaysi organga boradi?------Jigar,muskulga.

21.Qoramol tasmasimon chuvalchangini lichinkalari organlarda qanday davrga o’tadi?---Pufakli davriga.

21.Suyuqlik bilan to’lgan pufakcha nima deyiladi?------Finna.

22.Finnasi odamga qanday yuqadi?----- Go’shtni yaxshi pishirmasdan istemol qilsh natijasida.

23.Qoramol tasmasimon chuvalchangining asosiy va oraliq xo’jayni nima hisoblanadi?------Odam va qoramol.

24.Yassi chuvalchanglarning qadimgi ajdodi qaysi hayvonlar hisoblanadi?----- Ichaksiz kiprikli chuvalchanglar.

25. Ichaksiz kiprikli chuvalchanglarni lichinkasi qaysi hayvonni lichinkasiga o’xshash bo’ladi?----Bo’shliqchililar.

25.Kiprikli chuvalchanglardan qaysi chuvalchanglar kelib chiqqan?----- So’rg’ichlilar va tasmasimonlar.

26.Yassi chuvalchanglarni nechta turi bor?------ 12000

27.Yassi chuvalchanglarning tana bo’shlig’i qanday to’qima b-n to’lgan?------ G’ovak biriktiruvchi to’qima.

28.Yassi chuvalchanglarning erkin yashovchi vakili?-----Kipriklilar.

29.Yassi chuvalchanglarning parazit vakillari?------ So’rg’ichlilar va tasmasimonlar.

30.So’rg’ichlilar va tasmasimon chuvalchanglarning parazitlikka moslashish belgilari?------ So’rg’ichlari rivojlanganligi, tanasi qalin kutikula b-n qoplanganligi, juda ko’p tuxum qo’yishi.



Yüklə 133,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə