Pardaqanotlilar turkumi.
1.Pardaqanotlilar turkumiga qaysi hasharotlar kiradi?-----Asalar, yaydoqchi, chumoli, qovoqari.
2.Asalarilar oilasi…..bo’ladi?-----10000-50000 ba’zan 100000 ishchi arilar, bitta ona ari, bir nechta erkak arilar.
3.Asalarilar nimalarda boqiladi?-----Yog’ochdan yasalgan maxsus qutilarda.
4. Asalari oilasidagi qaysi individlar ishchi arilarga nisbatan birmuncha yirik bo’ladi?—Ona va erkak ari.
5.Erkak asalarilarda qaysi a’zolari kuchli rivojlangan?-----Mo’ylovlari va ko’zlari.
6.Erkak asalarilarda nimasi bo’lmaydi?-----Nashtari.
7.Ishchi arilar….?-----Voyaga yetmagan urg’ochilar.
8.Asalarilarning ko’zlari qanday tuzilgan?------Boshining yon tomonida ikkita murakkab ko’zlari, ularning orasida uchta oddiy ko’zlar.
9.Asalarilar qaysi rangni sezmaydi?----Qizil.
10. Asalarilar qanday ranglarni ajrata oladi?---Sariq va ko’k ranglarni, ultrabinafsha.
11.Ishchi ari qaysi jag’lari yordamida mumdan kataklar yasaydi va changdonlardan gul changini uzib oladi?---Yuqori jag’.
12.Asalarini xartumchasi nimaning o’zgarishidan hosil bo’lgan?---Pastki lab va pastki jag’.
13.Asalarilarning og’iz organi qanday tipda tuzilgan?------Kemiruvchi-so’ruvchi.
14.Ari chaqqanda terida nimasi uzulib qoladi?---Nashtari.
15.Asalari oilasining qaysi vakillarida og’iz organlari yaxshi rivojlanmaganidan mustaqil oziqlana olmaydi?—Erkak va ona ari.
16.Ishchi arilar qanday vazifalarni bajaradi?------Uyani tozalash,qo’riqlash,ona va erkak arilarni,hamda qurtlarini oziqlantirish, gul chang va nektarni yig’ish.
17.Arilar yig’gan nektar qayerda, nima bilan aralashib katakchalarda asalga aylanadi?---Jig’ildon, so’lak bezlari bilan.
18.Asalarilarda qachon g’ujlanish kuzatiladi?-----Iyun oyida.
19. Oziq mo’l bo’lganda ona ari qanday tuxumlar qo’yadi?---Urug’langan va biroz urug’lanmagan.
20.Asalarilarning urug’lanmagan tuxumlaridan…….rivojlanadi?-----Erkak arilar.
21.Urug’langan tuxumlaridan …..rivojlanadi?-----Ishchi arilar.
22.Asalari zaharidan tibbiyotda nima olinadi?-----Dorivor moddalar.
23.Asalari mumi qayerda ishlatiladi?------Texnikada.
Dostları ilə paylaş: |