Tezlashtirilgan savol-javoblar kitobi


Bir hujayralilar tipi. Soxta oyoqlilar sinfi



Yüklə 133,33 Kb.
səhifə2/57
tarix20.04.2022
ölçüsü133,33 Kb.
#85678
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57
Tezlashtirilgan savol-javoblar kitobi

Bir hujayralilar tipi. Soxta oyoqlilar sinfi.
1.Bir hujayralilar huj-da qanday organoidlari bo’ladi?------ Ayirish, hazm qilish vokuoli, yadro.

2.Eng sodda tuzilgan bir hujayralilar?------- Soxta oyoqlilar.

3.Amyoba qanday suvlarda uchraydi?------ To’kilgan barg va xas-cho’p, ifloslangan suvlarda.

4.Amyoba tanasi kattaligi?------0,2-0,5 mm

5.Amyoba sitoplazmasida qanday organlar uchraydi?------ Yadro, qisqaruvchi vakuol, hazm vakuoli.

6.Amyobaning soxta oyoqlari qanday hosil bo’ladi?------- Sitoplazma oqimi hisobiga.

7.Amyoba nimalar b-n oziqlanadi?----Bakteriyalar, suvo’tlari va organik qoldiqlar.

8.Amyoba oziqqa duch kelganda….?------ Soxta oyoqlar chiqaradi.

9.Amyoba hazm vakuoli qachon hosil bo’ladi?------Sitoplazmadan hazm shirasi ajralishi b-n.

10.Amyoba nima b-n nafas oladi?------Suvda erigan kislorod .

11.Amyobaning oziq moddalarining parchalanishidan nima hosil bo’ladi?------ Energiya va zararli mahsulotlar.

12.Amyobani ta’sirlanishiga qanday modda ta’sr ko’rsatadi?------ Osh tuzi.

13.Amyoba ta’sirlanganda qanday shaklga kiradi?------Sharsimon.

14.Amyoba qanday yo’l b-n ko’payadi?-----Ikkiga bo’linish, jinssiz.

15.Noqulay sharoitda nima hosil qiladi?-------Sista.

16.Soxta oyoqlilarning dengizda yashovchi vakillari?------ Foraminofera va nursimonlar.

17.Nursimonlardan nima maqsadlarda foydalinadi?------Jilvir qog’oz tayyorlash va metallarni silliqlashda.

18.Soxta oyoqlilarning parazit vakili?----Ichburug’ amyobasi.

19.Ichburug’ amyobasi qanday kasallikn keltirib chiqaradi?------ Qonli ichburug’.

20.Qaysi hayvonning shakli doimi o’zgarib turadi?---Amyoba

21.Amyobani hujayra membranasi qanday vazifani bajaradi?---Sitoplazmani tashqi muhitdan ajratib turadi.

22.Amyobani harakatlanishini nimaga o’xshatish mumkin?—Bir tomchi suvning harakatiga.

23.Amyobaning qaysi qismi to’xtovsiz hosil bo’ladi va yo’qolib turadi?---Soxta oyoqlari.

24.Amyobada oziq moddalar nima tas’sirida hazm bo’ladi?---Hazm shirasi .

25. Amyobada hazm bo’lmagan oziq qoldiqlari tashqariga qanday chiqariladi?---Sitoplazma.

26.Amyoba sitoplazmasiga nima orqali tashqi muhitdan suv suzib o’tadi?---Hujayra membranasi.

27.Amyobada suvning ortiqcha qismi va zaharli modddalar qayerga o’tadi?—Qisqaruvchi vakuolga.

28. Amyobaga osh tuzi ta’sir ko’rsatilganda nima kuzatiladi?----Soxta oyoqlarini tortib olib, sharsimon shaklga keladi.

29.Amyobani ko’payishi qanday amalga oshadi?---Yadrolar hajmi ortib, qobig’i yemiriladi. Yadro moddalar hjayrani ikki tomoniga teng taqsimlanadi, tezda hujayraning ikki tomonida bittadan yadro hosil bo’ladi. Amyoba tanasi ham cho’zilib, o’rtasidan ingichkalashadi va ikkiga ajraladi.

30. Ichburug’ amyobasi qayerda parazitlik qiladi?----Odam va sutemizuvchi hayvonlarning ichak devorini yemirib, qonli ichburug’ kasalligini.

31.Amyobani soxta oyoqlari qanday vazifani bajaradi?---Harakatlanish, oziqni qamrab olish.


Yüklə 133,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə